ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
72
O‘SMIRLIK DAVRIDA SHAXSNING SHAKLLANISHI
Jumanazarova Feruza Erkinovna
Toshkent viloyati oqqo‘rg’on tumani
43-maktab amaliyotchi psixologi
https://doi.org/10.5281/zenodo.8002721
Annotatsiya:
ushbu maqolada o‘smirlik davrida shaxsining shakllanishini asosiy bosqichlari,
yo‘l-yo‘riqlari, qiyinchiliklardan
chiqib keta olish, vaziyatlarga tog’ri baho berish haqida
tushuntirilib yoritib o‘tilgan.
Kirish so‘zlar:
dunyoqarash, e’tiqod, printsip, shaxs xususiyatlari, "ideal men", "axloqiy
men", "haqiqiy men", tizim,
atrof-muhit, ijtimoiy, axloqiy ideallar, qiziqish,
qadriyat, individ
faoliyati, iltifotsizlik, loqaydlik, beadablik, tajovuzkorlik, jamoa, ehtiyoj, madaniy, ma’naviy.
O‘smirlik yoshi dunyoqarash, e’tiqod, printsip, o‘zligini anglash,
baholash kabi shaxs
xususiyatlari shakllanadigan davr xisoblanadi. O‘smir ulg’aygan sari unda "ideal men",
"axloqiy men" va "haqiqiy men" singari shaxsga oid tizim, dunyoqarash, e’tiqod va boshqalar
shakllana boradi, undagi o‘zi to‘g’risidagi tasavvurlar ancha aniq va barqaror bo‘lib qoladi.
O‘smir o‘z faoliyatini muayyan printsip, e’tiqod va shaxsiy nuqtai -nazari asosida tashkil qila
boshlaydi. O‘smir shaxsini tarkib topirishda uning atrof-muhitga, ijtimoiy hodisalarga,
kishilarga munosabatini hisobga olish lozim. Psixologlar o‘tkazgan tadqiqotlardan ko‘rinadiki,
o‘smirlarning ko‘pchiligi qat’iyatlilik, kamtarlik, mag’rurlik,
samimiylik, dilkashlik kabi
ma’naviy, ahloqiy tushunchalarni to‘g’ri anglaydilar. Ularning turmush tajribasida fan
asoslarini egallash natijasida barqaror e’tiqodiy va ilmiy dunyoqarash tarkib topadi,
shular
zaminida axloqiy ideallar yuzaga kela boshlaydi. Ma’lumki, o‘smirlik davrida o‘smirning
«men»i qaytadan shakllana boradi. Uning atrofidagilari ayniqsa, o‘z-o‘ziga bo‘lgan
munosabati, qiziqishlari, qadriyatlari yo‘nalishi keskin o‘zgaradi.
To‘g'ri o‘zini-o‘zi baholash dastavval individ faoliyati natijalari ta'sirida shakllanadi. Lekin
hamma gap shundaki bu natijalarni ta'sirini atrofdagilar baholaydilar. Shuning uchun
atrofdagilarning bahosi o‘zini-o‘zi baholashni belgilab beradi. O‘ziga bo‘lgan tuyg'u
boshqalarning unga bildirgan fikri tufayli shakllanadi va mustahkamlanadi. Agar atrofdagilar
ta`lim muassasasi o‘quvchisiga xurmat bilan munosabatda bo‘lishsa u ham o‘zini
xaqiqiy
xurmatga sazovor deb hisoblay boshlaydi. Agar, aksincha ish qilinsa, o‘quvchiga muntazam
iltifotsizlik ko‘rsatilganda, asosiy etibor uning kamchiliklariga qaratilsa, unda uning o‘zi
haqida xurmatga sazovor emas degan xulosa chiqarishdan o‘zga imkoni qolmaydi.
Bunga
nisbatan ham turlicha holat ro‘y berishi mumkin: loqaydlik, beadablik, tajovuzkorlik va
boshqalar.
Bu davr uchun kattalarning xatti-harakatlariga taqlid qilish va o‘zining
mana shu
yarashmagan qiliqlariga tanqidiy baho bera olmaslik, uning katta yoshli kishilarga yaqin
bo‘lishi, yordam berayotgan bir guruh tengdoshlari bilan ortiq darajada bog‘liq bo‘lib qolishi
va shu singari holatlar xarakterlidir. Ikkinchi bosqichda o‘smir endi o‘zining yosh bola
emasligiga shubha qilmaydi va o‘zligini aniq anglay boshlaydi, o‘z shaxsini ulug‘lab, o‘ziga xos
harakatlar qila boshlaydi. O‘smirlarni o‘z shaxslari haqidagi fikrlar ko‘prok
qiziqtiradi, ular
o‘zlarini bilishga, maqsadli rivojlantirishga, tarbiyalashga harakat qiladilar. O‘smirlik
davrlaridagi muloqot tizimlari bolada bir qancha ijtimoiy-psixologik xislatlarni paydo qiladiki,
buning natijasida u faol hayotiy mavqega ega bo‘ladi, jamiyatda o‘z o‘rnini tasavvur qilishga
erishadi. Me`yoriy xulqning marginal jihatlarini o‘zlashtirish o‘smirlik davriga to‘g`ri keladi.