Microsoft Word Kasbiy psixologiya Yulchiyeva Z



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/118
tarix25.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#194998
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   118
Лук
 
А

Н
. Память и кибернетика. – М., 1999. – С. 80.


46 
Ma’lumotni yodlash printsipi: 

ma’lumot idrok qilinganidan so’ng 20 soniya ichida takror- lash

ma’lumotni takrorlash, takrorlashni har ikki soatda amalga oshirish; 

mavjud imkoniyat chegarasidan ortiqcha ishlashga harakat qilish; 

ma’lumotni mantiqiy butunlikda takrorlash. 
Kasbga oid muhim ma’lumotni eslab qolish samaradorligini oshirish 
usullari: 
Eslab qolish haqida o’ziga buyruq (ustanovka) berish
. Xodim har safar 
kasbga oid muhim axborotga duch kelganida o’ziga: 
«Buni eslab qolish kerak!», 
deb aytishi zarur. 
Yodlash. 
Katta hajmdagi, eslab qolish qiyin bo’lgan ma’lumotni odam 
«ichida» yoki fikran takrorlashi, uning xotirada aniq saqlanib qolishiga erishishi 
lozim. 
Anglash. 
Har qanday ma’lumot, agar u anglangan bo’lsa, esda yaxshi 
saqlanib qoladi. Eslab qolinadigan ma’lumotdagi ma’noli aloqalarni aniqlashga 
«Nima uchun?» degan savolini qo’yish yordam beradi; 
Qonuniyatlarni izlash. 
Bu raqamli ma’lumotlarni, masalan, avtomashina va 
telefon raqamlarini eslab qolishni osonlash- tiradi. Ushbu usul eslab qolinadigan 
ma’lumotda muayyan qonuniyatni – ma’noli, raqamli va boshqa qonuniyatlarni 
topishga asoslanadi. 
Analogiya, o’xshashliklardan foydalanish. 
Yangi ma’lumotni ma’lum 
ma’lumot bilan qiyoslash doimo uni eslab qolishni osonlashtiradi. Ob’ekt 
nimaga o’xshashini aniqlash kerak. 
Obrazli tasavvur. 
So’zda ifodalangan ma’lumotni tasavvur qilish orqali 
eslab qolish ancha oson. 
Xayolan gapirish
. Qidirilayotgan shaxsning surati, agar xodim uni eslab 
qolayotganda fikran, ichki nutqida «gapirsa», yuzidagi ayrim jihatlarni 
ta’kidlasa, xotirada mustahkamroq va aniqroq saqlanib qoladi. 
Modellashtirish. 
Mantiqiy aloqalar yordamida betartib faktlar yagona 


47 
tizimga birlashtiriladi. Ana shu tizim eslab qolish uchun model bo’lib xizmat 
qiladi. Taxminni ilgari surish yordamida bo’lgan voqea qayta gavdalantirilsa, 
modellashtirilsa, kerakli ma’lumotni yaxshi eslab qolishga yordam beradi. 
Oqibatlarini tasavvur qilish orqali xotirani faollashtirish
. Kerakli 
ma’lumot xotirada saqlanib qolinmasa (yoki, aksincha, saqlab qolinsa) nima 
bo’lishini tasavvur qilish ham yaxshi samara beradi. 
Tartibga keltirish
. Ilgari esda olib qolingan ma’lumotni endi esda olib 
qolish kerak bo’lgan ma’lumot bilan bog’lash ularning xotirada ishonchliroq 
saqlanib qolishiga imkon beradi. 
Unutish orqali eslab qolish. 
Nimanidir unutishni istasak, biz ana shu 
narsaga diqqatimizni jamlaymiz va natijada uni esda olib qolamiz. Xayolan 
yoqtirgan odamingizni dushmaningiz deb tasavvur qilishga harakat qilib 
ko’ring... Tasavvur qildingizmi? Endi esa uni kallangizdan chiqarib tashlashga 
harakat qiling. Siz bu to’g’rida o’ylamaslikka qanchalik ko’p harakat qilsangiz, 
u sizni shunchalik kuchliroq ta’qib etadi. 
Vaziyatni jismonan tiklash. 
Go’yoki «o’sha joyning o’zida bo’lib qolish» 
va u erdagi narsalarni, masalan, kerakli tartibda joylashtirish lozim. Ko’rish 
tasavvurlariga tayanish zarur narsalarni eslashni osonlashtiradi. 
Vaziyatni xayolan esga tushirish
. Har doim ham o’sha sharoitda jismonan 
bo’lish, ahvolni jismonan esga tushirishning imkoni bo’lmaydi, ammo butun 
vaziyatni uning qismlari bo’yicha xayolan tasavvur qilish, esga tushirish orqali 
ma’lumotni ham eslash mumkin. 
Vaziyatlarni saralab tanlash
. U kim? Eslay olmaysiz... Shunda u kishini 
qaerda ko’rgan bo’lishingiz mumkinligini tasavvur qiling: bo’limda, uyingiz 
hovlisida, transportda va hokazo. Vaziyatlarni saralash chog’ida sizni 
qiziqtirayotgan shaxs haqidagi ma’lumotlar ham chiqib keladi. 
Voqealar ketma-ketligini xayolan esga tushirish (uzilgan zanjirni tiklash). 
Xotirada voqealarning butun ketma-ketligini tiklash zanjirdagi yo’qolgan halqani 
topishga yordam beradi. Qidirilayotgan ma’lumot saqlanishi kerak bo’lgan 
ma’lumotlarning xayoliy zanjiridagi barcha halqalarni ketma-ket tekshirib chiqing. 


48 
Zanjirda kemtik topganingizda undan sakrab o’ting, oldinroqqa o’ting, so’ngra 
orqaga qayting. Agar halqa tiklanmasa, xotirangizni uzoq vaqt zo’riqtirmang – 
buning yordam berishi gumon. 
Tanani bo’sh qo’yish
. Relaksatsiya – tanani bo’shashtirish amalda 
hammaga yordam beradi. Masalan, uch daqiqaga tanangizni bo’sh qo’ying va 
hech narsani o’ylamaslikka harakat qiling, kerakli fikr miyaga tez va oson 
keladi. 
Xotira turlari ichida kasbiy xotira eng samarali hisoblanadi, chunki u 
insonning qiziqishlari bilan bog’liq bo’lib, muddatli mashq va iste’dod 
(musiqachi, matematik), diqqat xususiyatlariga bevosita aloqador. Ayrim 
shaxslarda obrazli xotira rivojlangan bo’ladi (insonning tuzilishi, predmetlar, 
ovoz, rang), boshqalarda so’z, raqamlar bilan bog’liq (so’z, fikr, sonlar) xotira 
ustuvor hisoblanadi. Inson hamma taassurotlarni eslab qola olmaydi. Axborotni 
ham turli ma’no, shaklda saqlash mumkin. 
Yana alohida 
obrazli ko’rish xotirasi ham mavjud bo’lib (eydetizm), 
inson 
ko’rgan narsalarini 
(tezkor xotirada) 
ko’rish maydonidan chetda, hatto mayda 
tafsilotlari bilan uzoq saqlay oladi. Xotiraning ma’lum turi rivojlanishida shaxs 
xususiyat- larining bevosita ahamiyati katta. 
Faylasuf, yurist, advokatlarda 
mantiqiy xotira kuchli 
bo’ladi. San’atkor, 
sportchilarda 
harakat xotirasi, 
musiqachilarda 
eshitish xotirasi, 
degustatorlarda 
ta’m bilish, mazani sezish xotirasi, kimyogarlarda 
hid xotirasi, 
ko’rlarda 
sezish 
xotirasi 
rivojlangan bo’ladi. 
Masalan, 
hisobchilarda son, sanalarni, kadrlar bilan 
ishlovchilarda ismlarni, rassomlarda ranglarni ajratib farqlash, ilg’ash xotirasi 
yaxshi rivojlangan bo’ladi. 
Xotira qonuniyatidan samarali foydalanish uchun eslab qolish va esga 
tushirish jarayonida tabiiy assotsiatsiyalardan foydalanishni, shuningdek, 
xotiraning ishini engillashtiruvchi sun’iy assotsiativ aloqalar o’rnatishni 
o’rganish zarur. 


49 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin