Microsoft Word Kasbiy psixologiya Yulchiyeva Z


Xayol va uning muxandis xodimlari faoliyatida tutgan o’rni



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/118
tarix25.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#194998
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   118
Xayol va uning muxandis xodimlari faoliyatida tutgan o’rni. 
Xayol yoki 
fantaziya tafakkur kabi yuksak bilish jarayonlari qatoriga kirib, har bir kishida 
o’ziga xos tarzda namoyon bo’ladi. Mehnatning tayyor natijasini xayolga 


55 
keltirmay turib, ishga kirishib bo’lmaydi. Fantaziya yordamida kutilayotgan 
natijani tasavvur qilish inson mehnatining hayvonlar ins- tinktiv faoliyatidan tub 
farqidir. Istalgan mehnat jarayoni zarur tarzda xayolni o’z ichiga qamrab oladi. 
Xayol badiiy, konstruktorlik, ilmiy-adabiy, musiqaviy va, umuman, ijodiy 
faoliyatning zarur tomoni sifatida namoyon bo’ladi. 
Xayol – 
inson ijodiy faoliyatining zarur elementi bo’lib, mehnatning oxirgi 
va oraliq mahsulotlarida o’z ifodasini topadi, shuningdek, muammoli vaziyat, 
noaniq holatlarda xulq-atvorning namoyon bo’lishini ta’minlaydi. Shu bilan 
birga, xayol faol faoliyatni yo’naltiruvchi emas, balki uning o’rnini 
almashtiruvchi timsollar hosil qilish vositasi sifatida yuzaga keladi. 
Xayol tafakkur bilan chambarchas bog’langan. Xayol ham tafakkur singari 
kelajakni oldindan ko’rish imkonini beradi. Tafakkur singari xayol shaxslarning 
ehtiyojlariga asoslanadi. Ehtiyojlarni qondirishning real jarayonidan oldin ularni 
qondirishning soxta, xayoliy jarayoni sodir bo’ladi, ya’ni bu ehtiyojlarning 
qondi- rilishi mumkin bo’lgan vaziyatni jonli, yorqin tasavvur qilish mumkin. 
Xayol o’zining faolligi bilan tavsiflanadi. Ayrim hollarda xayol 
faoliyatning o’rnida, uning sun’iy aralashmasi sifatida namoyon bo’lishi 
mumkin. Mana shunday holatda odam hal qilib bo’lmaydigandek ko’rinadigan 
masalalar, turmushning og’ir sharoit- lari, o’z xatolarining ta’qibi va shu 
kabilardan qochish uchun real tasavvurlardan uzoq bo’lgan fantastika olamiga 
vaqtincha kirib ketadi. 
Fantaziya hayotda gavdalanmaydigan obrazlarni yaratadi, amalga 
oshmaydigan va ko’pincha amalga oshirib bo’lmaydigan ish-harakat dasturlarini 
belgilaydi. Xayolning bunday shakli 
passiv xayol 
deyiladi. Kishi passiv xayolni 
oldindan o’ylab yuzaga keltirishi mumkin. Ataylab yuzaga keltirilgan, iroda bilan 
bog’liq bo’lmagan, lekin hayotda gavdalantirishga qaratilgan xayolning mana 
shunday obrazlari 
shirin xayol 
deb ataladi. Qandaydir quvonchli, yoqimli, 
qiziqarli narsalar haqida shirin xayol surish hamma odamlarga xos. Mana 
shunday shirin xayollarda fantaziya bilan ehtiyoj o’rtasidagi aloqa engil namoyon 
bo’ladi. Ammo insonning xayoliy jarayonlarida shirin xayol kechirish hollari 


56 
ko’proq bo’lsa, bu shaxsning passivligidan dalolat beruvchi nuqson hisoblanadi. 
Agar kishi passiv bo’lsa, u kelajakda yaxshi hayot kechirish uchun kurashmasa
uning hozirgi hayoti esa qiyin, ko’ngilsiz bo’lsa, bunday holda u o’zining ehtiyojlari 
to’la qondiriladigan, istagan narsasini qo’lga kirita oladigan, hozirgi paytda umid 
qila olmaydigan biror mansabni egallaydigan soxta hayotni ko’p xayol qiladi. 
Agar passiv xayolni oldindan o’ylab va o’ylamasdan qilingan turlarga 
bo’lish mumkin bo’lsa, 
aktiv xayolni 
ijodiy va qayta tiklovchi xayol turlariga 
bo’lish mumkin bo’ladi. O’z asosida tasviriga muvofiq keladigan obrazlar 
tizimini yaratuvchi xayol 
qayta tiklovchi xayol 
deb ataladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin