51
O’zlashtirayotgan narsamizni bizni qiziqtirayotgan, biz uchun manfaat
keltiradigan narsalar bilan bog’lash – muvaffaqiyatli eslab qolishning asosiy
shartlaridan biridir. Muvaffaqiyatli eslab qolishda muayyan axborotni idrok
etishga tayyorgarlik va yaxshi eslab qolish maqsadini qo’yish katta aha- miyatga
ega. Bular eslab qolish jarayoniga katta ta’sir ko’rsatishi bilan birga, uning
natijalarini oldindan ko’rish imkonini beradi va xotirada tiklashni osonlashtiradi.
Bir vaqtning o’zida yuzaga keladigan tasavvurlar eslash jarayonida bir-
birini yodga tushiradi. Xotiraning ushbu qonuniyatidan foydalanish uchun eslab
qolish va esga tushirish jarayonida tabiiy assotsiatsiyalardan foydalanish,
shuningdek, muxandisxodimlarining kasbiy faoliyatida xotiraning ishini
engillashtiruvchi sun’iy assotsiativ aloqalar o’rnatishni o’rganishimiz zarur.
Xotirani shakllantirish usullari:
–
bilishga bo’lgan qiziqishlar doirasini, xotirada saqlash maqsadlarini
shakllantirish;
–
mantiqiy eslash usullarini o’rganish;
–
javobgarlik hissini kuchaytirish: bilim olishga, o’rganishga, qunt qilishga,
o’zini tarbiyalashga e’tibor berish;
–
o’tilgan mashg’ulotlardagi materiallarni tizimli ravishda qayta takrorlash,
xotirani mustahkamlovchi mashqlarni bajarish.
Shu ma’noda muxandisfaoliyatida kasbiy xotira
–
tezkor, uzoq muddatli, so’z mantiqli shaklda, raqam, son, ism, familiya,
qiyofalarni tez tanib eslab qolish, qayta tiklash (keyin- chalik farqlay olish)da
namoyon bo’ladi
7
.
Dostları ilə paylaş: