Microsoft Word Kasbiy psixologiya Yulchiyeva Z


Ilg’or xorijiy mamlakatlarda kasb tanlashga yo’llash tajribasi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/118
tarix25.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#194998
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   118
 Ilg’or xorijiy mamlakatlarda kasb tanlashga yo’llash tajribasi 
Yoshlarni kasbni mustaqil tanlashga tayyorlash bo’yicha mavjud 
adabiyotlarning o’rganilishi, bu muammo turli mamlakatlarda o’ziga xos milliy 
xususiyatlar va ijtimoiy-iqtisodiy muhitdan kelib chiqib anchagina farq qilishi 
kuzatildi. Iqtisodiy jihatdan rivojlangan mamlakatlardagi, yoshlarni kasb tanlashga 
yo’llash ijtimoiy-iqtisodiy hamda milliy an’ana sifatida davlat tomonidan tartibga 
solinadi. Bu tajribaning qay darajada samarali ekanligini ta’lim sifatida va 
tayyorlanayotgan kadrlarning kompetentsiya darajasida ko’rish mumkin.
AQSh
da kasb tanlashga yo’llashishlari XX asrning boshlarida shakllana 
boshladi. Bu davrda, mamlakatda sanoat ishlab chiqarish tez o’sishi jarayonida 
bo’lganligi sababli, umumiy ta’lim va maxsus malakali kadrlarga bo’lgan talab 
ham ortgan edi. Bu muammoni hal qilish uchun, 1908 yilda Boston shahrida 
F.Parsons tomonidan shahar maktablari o’quvchilari uchun birinchi kasb tanlashga 
yo’llash maslahat byurosi tashkil etiladi. Byuroning faoliyati kasbga yo’naltirishni 
boshlanishi hisoblangan.
Uning vazifasi to’g’ri kasb tanlashda o’quvchilarga maslahat berishdan iborat 
edi. O’quvchilar tavsiyalarni o’tkazilgan so’rovnomalar va test natijalari asosida 
olganlar. Shu bilan birga yoshlarning haqida ma’lumotlar, muayyan kasb 
talablariga mos holda qilingan.
F.Parsonsning shaxs xususiyatlari va ishlab chiqarish omillarini hisobga olish 
zarurligi haqidagi g’oyalar turli ta’lim muassasalarning o’quv dasturlarida ham o’z 
ifodasini topgandi. Kasb tanlashga yo’llash shaxsga o’zining shaxsiy sifatlarini va 
kasb xususiyatlarini o’rganishga yordam berish bo’lib, natija o’quvchi tomonidan 
o’z kasb yo’lini oqilona tanlash bilan yakunlanishidir. Biroq F.Parsonsning g’oyasi 
inson va uning kasbiy faoliyati biroz soddalashtirilgan ko’rinishda aks ettirilgan. 
Bunda mehnat unumdorligi ishchining manfaatlariga bog’liq bo’lgan. So’ngra, 
xuddi shunday byuro Nyu-Yorkda tashkil etilgan. Uning vazifasi kasblar haqida 
yanada batafsil bilishlari uchun o’quvchilar qanday talablarga javob berishlari 
lozimligini o’rganish edi. Byuro maktab o’qituvchilari bilan hamkorlikda 
so’rovnoma va testlardan foydalangan holda ish olib borganlar. Byuroning bu 


88 
tajribalari AQSh, Ispaniya, Shvetsiya, Shveytsariya, Chexiya, Slovakiya va boshqa 
mamlakatlarda keng tarqalib borgan.
Byuro o’z faoliyati davomida quyidagilarga amal qilishni ta’kidlaydi:
- kasb tanlash, turmush o’rtoq tanlashdek ahamiyatga tenglashtirish kerak;
- kasbni tasodifiy holatga umid qilgandan ko’ra, uni tanlash afzaldir;
- kasbni, mutaxassis maslahati bilan va yaxshi o’ylab ko’rib, ishonch xosil qilgan 
holda tanlash kerak;
- yoshlar ko’p sonli kasblar bilan tanishib chiqishi lozim, birinchi uchragan yoki 
“qulay” bo’lgan kasbni tanlashi kerak emas;
- maslaxatchi kasb tanlashda, shaxsning xarakter xususiyatlarini, kasb tanlash 
omillari va kasblar olami bilan yaqindan tanishib chiqqandagina uning ishi yaxshi 
natija beradi.
O’tgan asrning 50-yillarida AQShda A.Maslovning kasbiy rivojlanish 
kontseptsiyasi hisoblangan nazariyasi ishlab chiqilgan, bunda shaxs o’zi mustaqil 
kasb tanlashi kerak bo’lgan, o’quvchi o’z qobiliyati mos kasbni o’zi tanlashi va 
amaliyotda o’zini ko’rsata olish kerak. Bu kontseptsiya S.Axelrod, S.Ginsberg, 
E.Ginsburga va boshqlarning ishlarida yanada rivojlandi va bu ta’lim-tarbiya 
jarayonida o’qituvchilarga va o’quvchilarning individual faolligiga ta’siri 
ahamiyatli bo’lgan.
D.Syuper kontseptsiyasi asosida AQSh maktablarida kasbga yo’naltirishni 
nazorat qilish yoki maslahat xizmati tartibi ishlab chiqilgan. Kasb tanlashga 
yo’llash maslahatchisining tayinlanishi maktab davrida o’quvchi bilan birgalikda 
uning kasbiy faoliyati sohasini tanlash rejasini ishlab chiqish va amalga oshirish 
erishishga yordam berishdir.
AQSh maktablarida kasb tanlashga yo’llash maslahat ishlari o’quvchining 
maktab yillari davomida amalga oshiriladi. Kasb tanlashga yo’llash maslahatlarini 
o’quvchilarni qiziqtiradigan turli savollarga javob bera oladigan va turli 
masalalarda tavsiyalar berish imkoniyatiga ega, yosh psixologiyasini biladigan va 
tegishli tayyorgarlikka ega mutaxassis bergan. Maslahatchi-konsultant 
o’quvchilarni kasblar olami va ularning egallash yo’llarini bilan tanishtiradi. 


89 
Ta’lim jarayonida o’qituvchilar kasb tanlashga yo’llashlarini muvofiqlashtiradilar 
va ota-onalarga farzandlarining qiziqish va qobiliyatlarni rivojlantirishga yordam 
beradilar.
AQShda o’quvchilarni kasb tanlashga yo’llashishlari maktab xizmati bilan 
chegaralanib qolmaydi. Bu mamlakatda yoshlarni kasb tanlashga yo’llash va 
bandligini ta’minlash tizimini yuritadigan davlat tasarrufidagi turli tashkilotlar 
mavjud bo’lib, ularning faoliyati yuqori darajada tavsiflanadi. AQSh 
Konstitutsiyasiga ko’ra, ta’lim masalalari federal hukumatning xizmat doirasi 
kirmaydi.
Har bir shtat ta’lim jarayonini tashkil qilish bilan bog’liq masalalar 
yuzasidan mustaqil qaror qabul qiladi. Har bir shtat o’z o’quv reja va dasturlari 
ega. Barcha shtatlarning davlat boshqaruvi organlari hodimlaridan biri 
maktablardagi kasb tanlashga yo’llashlarini muvofiqlashtirish bilan bog’liq ishlarni 
bajaradi.
AQShda yoshlarini kasb tanlashga yo’llashlarini Mehnat vazirligiga bo’ysunuvchi 
xususiy va davlat aholi bandligi xizmatlari (mehnat birjalari) ham bajaradilar. 
Aholi bandligi xizmatlari yoshlar va kattalar bandligini ta’minlashda test sinovdan 
o’tkazish va maslahatlar berish bilan birga tadbirkorlarning talab va ehtiyojlari 
ko’ra bo’sh ish o’rinlariga nomzodlarni aniqlash bilan ham shug’ullanadilar.
AQShda shuningdek, xususiy agentliklar keng tarqalgan. Ularning 
faoliyatini davlat hukumati nazorat qiladi. Davlat kasb tanlashga yo’llash


90 
xizmatlaridan farqli o’laroq, xususiy agentliklar pullik xizmat ko’rsatadilar. 
Xususiy agentliklar xodimlari sotsiologiya, psixologiya yoki boshqaruv 
yo’nalishlaridan birida diplomga ega bo’lishi kerak.
Kollej va universitetlar o’quvlari uchun ta’lim muassasalar xuzuridagi kasb 
tanlashga yo’llash markazlari tashkil etilgan bo’lib, ular yoshlarni nafaqat kasb 
tanlashga yordam beradilar, balki ularni mehnat faoliyatini yo’lga qo’yishga, butun 
hayoti va mehnat faoliyati davomida mustaqil qaror qabul qilishga ham 
o’rgatadilar.
Yangi kontseptual yondashuvga asoslangan kasb tanlashga yo’llashlari turli 
ta’lim dasturlarida ham o’z ifodasini topgan. Masalan, “maktabdan ishga” dasturi 
(1994 yil) orqali o’quvchilar o’z amaliy tajribalarida turli sohalar haqidagi 
tushunchalarga ega bo’lishadi. O’quvchilar firma yoki biror ishlab chiqarishda, 
mutaxassis nazoratida ishlab ko’rish imkoniga ega. Bundan tadbirkorlar o’zlari 
manfaatdordirlar. Ular jamiyatga kadr tayyorlashni nafaqat faxr hisoblaydilar, 
balki o’z kompaniyasini kengaytirish va takomillashtirish uchun iqtidorli yoshlar 
orasidan zaxiralar tayyorlash uchun ham bu ishda qatnashadilar.
O’quvchilarni kasb tanlashga tayyorlashning yana bir yo’li bor. Maktabning 
so’nggi ikki yili (11-12 sinflar) davomida kollej dasturi bo’yicha akademik o’quv 
mashg’ulotlari o’tkaziladi. O’quvchilarga mutaxassislar tomonidan laboratoriya va 
ishlab chiqarishda turli amaliy vazifalarni bajarishlari uchun individual dasturlar 
ishlab chiqiladi. O’quvchilar tomonidan dasturlarni erkin tanlanishi muayyan 
mutaxassisliklarni, qiziqish, bilimi va ko’nikmalarini hisobga olgan holda tanlash 
imkonini beradi. Bu esa ta’lim jarayonida kasbiy yo’lini o’zi anglagan holda 
tanlash imkonini beradi.
AQSh asosiy ahamiyatni mehnat bozorini rivojlantirish istiqbollarining 
holatiga hamda kasbning shaxsga qo’ygan talabi, ta’lim olish yo’llari va 
imkoniyatlari haqidagi ma’lumotlar bazasiga qaratadi. 


91 
Ma’lumotlar bazasidan foydalanish kasb tanlashga yo’llashlarini sezilarli darajada 
samaradorligini oshirishga olib keladi.
Shunday qilib, AQSh kasb tanlashga yo’llash tizimining ishi maktab 
yoshidagi o’quvchlardan tortib to katta yoshdagi aholi kasbni mustaqil tanlashini 
qo’llab-quvvatlashga 
yo’naltirilgan. 
So’nggi 
yillardagi 
yangi 
axborot 
texnologiyalarni kirib kelishi bilan inson hayotida o’zgarishlar ro’y berdi. Bu esa, 
mamlakatning iqtisodiy o’sishiga hissa qo’shdi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin