Microsoft Word Kasbiy psixologiya Yulchiyeva Z



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/118
tarix25.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#194998
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   118
Germaniya
da kasb tanlashga yo’llash ishlarini tashkil etilishi. XX asrning 
30-yillarida yoshlarni ta’lim va kasbiy sohalarga yo’naltirish xizmatlarini taqdim 
etuvchi turli idora va agentliklar tashkil topgan. Ularning ish faoliyati, kasb 
tanlashga yo’llash Markaziy boshqaruv xuzurida tashkil etilgan aholi bandligi va 
ishsizlikni sug’urtalash institutining bo’limi tomonidan muvofiqlashtiriladi. Kasb 
tanlashga yo’llash xizmati xodimlari maktab bilan yaqindan hamkorlikda ish olib 


94 
boradilar. Kasb tanlashga yo’llash maqsadida tashkilotlar va ota-onalar bilan 
hamkorlikda so’rovnomalar, test, konsultatsiyalar amalga oshiriladi.
O’quvchilar, oilasi haqida umumiy ma’lumot, shaxsiy qiziqishlari, 
qobiliyatlari, kasbiy qiziqishlari va qaysi kasbda faoliyat olib bormoqchiligi 
haqidagi “ish daftari”ni to’ldiradi. O’tkazilgan psixologik diagnostika testlar va 
shifokorlar, psixologlar, o’qituvchilar bilan olib borilgan suxbatlarni hisobga olib, 
konsultant o’quvchining qobiliyatlari haqida xulosa qiladi. Ish daftaridagi 
qo’shimcha ma’lumotlar va test sinov natijalari kasbiy konsultatsiya uchun asos 
bo’lib xizmat qiladi.
Hozirgi paytda, kasb tanlashga yo’llash tizimi umumiy kasbiy ta’lim 
korxonadagi samarali mehnatga asoslangan holda tashkil etilmoqda. Mehnat 
faoliyati davomida professional bilim va shaxsiy ko’nikmalarini oshirish, uzluksiz 
ta’lim tizimining asosiy maqsadidir.
Uzluksiz ta’lim tizimi ham o’quvchilarni kasbga moslashish jarayonini 
engillashtiradi ham mehnat bozori talabiga mos ta’lim bilan ta’minlaydi.
Frantsiya
da o’quvchilarni kasb tanlashga yo’llash rasman uchta model 
asosida tashkil etiladi. Birinchi model XX asrning 20-yillarida ishlab chiqilgan. 
Kasb tanlashga yo’llash ishlari maktabning yakunlanish arafasida tashkil etilib, 
bunda o’quvchilar ish beruvchilarni qidirish bilan tashkil etilgan. Bundan asosiy 
maqsad, salomatligi uchun zararli bo’lishi mumkin tibbiy qarshiliklarni aniqlash 
bo’lib, yoshlarning individual xususiyatlari va ularga ish beruvchilar tomonidan 
taklif etilayotgan kasb xususiyatlari orasidagi moslikni aniqlash.
Ikkinchi model XX asrning 60-yillarida ustuvor bo’lib, uning asosini 
ta’limiy yo’naltirish. Kasb tanlashga yo’llash ishlari maktab tomonidan olib 
borilgan, yagona umumiy ta’lim jarayonini o’z ichiga oladi.
Eng keng tarqalgan model esa uchinchisi hisoblanib, uning asosiy mohiyati 
o’quvchining maktabga qabul qilinganidan boshlab to uning jamiyatga barqaror 
moslashishgacha bo’lgan davrigacha pedagogik jamoa tomonidan ularni nazorat 
qilib, yo’naltirilib boriladi.


95 
Frantsiyada, ta’limga va kasb tanlashga yo’llash ishlari alohida olib boriladi. 
Ta’limga yo’naltirishning asosiy vazifasi o’quvchilarning qobiliyatlariga mos 
ta’lim yo’nalishini tanlashda yordam berish. Kasb tanlashga yo’llashishlari esa 
o’quvchilar amalga oshirishning real imkoniyatlarini hisobga olgan holda kasbiy 
rejalarni ishlab chiqishga bo’lgan qobiliyatlari va imkoniyatlarini aniqlashga 
qaratiladi va shunday kasblar olami haqida ma’lumot berishdan iborat bo’ladi. 
Kasb tanlashga yo’llash ishlari o’qituvchilar, psixologlar va kasb tanlashga 
yo’llash xizmati maslahatchilari bilan birgalikda olib boriladi. Bu jarayon 
o’quvchilarni kasbga yo’naltiruvchi barcha ishtirokchilarning hamkorligi bevosita 
uzviylik tamoyillari asosida olib boriladi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin