Microsoft Word Kasbiy psixologiya Yulchiyeva Z


tavakkal va muammoni engib o‘tishdagi  qat’iylikda



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə87/118
tarix25.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#194998
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   118
tavakkal
va muammoni engib o‘tishdagi 
qat’iylikda
deb ko‘rish mumkin.bunday xususiyatga ega bo‘lgan shaxslar orqaga qaytishdan 
ko‘ra, yangi tajribaga ega bo‘lishni avzal deb bilishadi.
4.
Ichki motivatsiya majburlikdan ko‘ra shaxsda murakkab masalani 
echishda qiziqiqish va qoniqish hissini yuzaga keltiradi. Ijodkor shaxs masalaning 
muddatini, uning keltiruvchi daromadini va talabgorlari haqida o‘ylamaydi. Butin 
e’tibori maslani echishdagi qonikish hisi va stimuli qaratadi. Isaak Nyutondan “Siz 
bunday murakkab masalalarni qanday qilib hal qilagansiz” deb so‘rashganda, u 
shunday javob bergan “Men bu muammo haqida tunu kun o‘ylab yurganman ” 
deb javob bergan. 
5.
Ijodiy muhit shaxsdagi ijodiy g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlashga yordam 
beradi. Hamkasblar bilan ijobiy munosabat va ularni ko‘magi shaxsdagi g‘oyalarni 
kamol topishiga turtki bo‘ladi. Lekin shuni ta’qidlab o‘tish kerakki, ba’zi 
tadqiqotlarda ijtimoiy muhitning shaxsga salbiy ta’siri holati ham kuzatilgan. 
Masalan, amerikalik talabalarga insho yozish topshirig‘i berilgan. Ular yozgan 


183 
inshoni uning kursdoshlari tomonidan tekshirilishi oldindan ogohlantirilgan. 
Boshqa guruhga esa faqatgina insho yozishni aytishagan. Natijalar shuni 
ko‘rsatdiki, ogohlantirilgan guruhning insholari yomon yozilgani ma’lum bo‘lgan. 
Bu holatda biz ijtimoiy muhitning ijodkorlikka salbiy ta’sirini yaqqol ko‘rishimiz 
mumkin. 
Nensi Kantor, Djon Kilstrom fanga akademik intellektdan tashqari ijtimoiy 
intellekt tushunchasini kiritishdi. Ijtimoiy intellekt- bu ma’lum ijtimoiy 
vaziyatlarni tushunib etish va uni engib o‘tish deganidir. S.Epstayn, P.Mayerlar 
ham bu fikrga qo‘shilgan. Nima uchun akademik qobiliyatli shaxslar jamiyatda o‘z 
o‘rnini topishga, oilaviy baxtga erishishga, biror bir yutuqqa erishishda 
muvaffaqiyatsizliklarga duch keladi? S.Epstayn, P.Mayerlarnnig fikricha, ijtimoiy 
intellektning muhim bo‘lagi- bu emotsional intelektdir. YA’ni,o‘z emotsiyasini 
qabul qilish, ifodalash, tushunish va boshqarish qobiliyatidir. Ongli, emotsional 
etuk shaxslar o‘z- o‘zini yaxshi anglagan shaxslar hisoblanishadi. Bunday odamlar 
engib bo‘lmaydigan depressiya, hissiyotlarini boshqara oladigan insonlar 
hisoblanishadi.
Emotsional intellektni E.Torndayk, Golman va boshqa olimlar ham tadqiq 
etgan. Dj. Mayer, P.Solovey, D.Krauzo qobiliyat sirasiga kiruvchi emotsional 
intellektning 4 komponentini tadqiq etuvchi testlarni ishlab chiqishdi. Bular 
quyidagilar: 

Emotsiyani qabul qilish ( inson yuzidan uni aniqlash) 

Emotsiyani tushunish (ularni o‘zgarishini aytib berish) 

Emotsiyani boshqarish (qaysi vaziyatda qaysi bir emotsiyadan 
foydalanishni bila olish) 

Emotsiyani moslashuvchan va ijodkor tafakkurda qo‘llay olish 
Agar shaxs yuqori intellekt koefitsentiga ega bo‘lsa, ammo bosh miyasining biror 
joyidan jarohat olsaunnig emotsional intellekti pasayib ketar ekan. Nevrolog 
Antonio Damasio o‘z tajribasida miya saratoni mavjud Elliot ismli bemorni mosol 
qilib keltirgan. U o‘z bemoridagi o‘smani jarrohlik yo‘li bilan olib tashlagan. U 
bemor sog‘aygandan keyin u bilan bo‘lgan soatlab suhbatda unnig yuzida 


184 
emotsiyaning hech qanday ko‘rinishini payqashmagan. Elliotga turli xil vahshiona 
va turli tabiiy offtlar orqali insonlarda yuz bergan talofatlar aks etgan rasmlarni 
ko‘rsatishgan. Elliot o‘zida hech qanday his yo‘qligini bilgan va uni ifodalay 
olmagan. U endilikda hech nima his eta olmayotganini yaxshi bilgan. Natijada 
Elliot o‘z ishi va oilasini yo‘qotdi. Uning qayta turmishi ham o‘xshamagan. Elliot 
jamiyatda o‘z o‘rnini yo‘qotib muvaffaqiyatsizlikka erishdi.
Lekin ba’zi olimlarning fikricha, emotsional intellekt – intellektdan yiroq 
tushuncha. Lekin shuni ham aytib o‘tish kerakki, emotsional intellekt bizdagi bor 
hohish va qiziqishni aktivlashtiradi. Muammoning ma’nosini kamroq o‘ylashga 
majbur qiladi. Bu jarayon kreativlik uchun muhim hisoblanadi.
Intellektning yuqori bo‘lishi miya yarim sharlariga bog‘liqmi? Bu masalani 
tadqiq etishganda shu narsa ma’lum bo‘ldiki, Bayron, Betxovenlarning miyasining 
og‘irligi normal odamning miyasidan anchagina og‘iriligini aniqlashgan. Miyasi 
og‘ir bo‘lgan shaxslar yuqori intellektga ega bo‘lishadi degan qarashlar ham 
mavjud bo‘lgan. Lekin afsus ba’zi bir olim daxolarning miyasi normal 
insonlarnikidan ancha pastligini ham aniqlashgan. Aksincha ba’zi bir 
jinoyatchilarning miyasining og‘irligi xuddi Bayroninkiday ekanligi aniqlangan. 
Baribir keyinchalik MRT asob bilan miyani tahlil qilishda ishtellekt bilan miyani 
bog‘liqligi ko‘rsatiladi. Intellektning yuqori bo‘lishi nafaqat uning og‘irligiga balki 
miyannig frontal va parietal manglay bo‘lagidagi aktivlik jarayoniga bog‘liqligini 
aniqlashgan.
Eynshteyn bilan bir kanadalikning miyasi tadqiq etilganda ularning og‘iriligi 
o‘rtasida deyarli hech qanday farq yo‘qligini aniqlashgan. Lekin Eynshteyning 
miyasining kuyi qismi kanadalikning miyasidan 15 foizga yuqoriroqligi namoyon 
bo‘lgan. Aynan miyaning quyi qismi matematik va fazoviy ma’lumotlarga javob 
beradi. Aksincha Eynshteyning miyasining faollika javob beruvchi qismlari 
pastroq joylashganinin aniqlashgan. SHuning uchun ham Enshteyn va boshqa 
fiziklarning gapirish va o‘rganishida sekinlikni ko‘rishimiz mumkin bo‘lgan. 
Intellektni o‘lchash tarixida dastlabki qadamni ingliz olimi Frensis Galton 
tomonidan amalga oshirilgan. Galtoninng fikricha xarakter irsiyat yo‘li bilan 


185 
avlodddan-avlodga o‘tar ekan. U bunga bog‘liq ravishda aqliy qobiliyatlarni irsiyat 
yo‘li bilan tushuntirmoqchi bo‘lgan. Galtonning tadqiqotlari unchalik yaxshi 
natijalarni ko‘rsatmadi va erkak kishilarning natijali ayollarninkiga qaraganda 
yuqori chiqanini ko‘rishimiz mukin. Galtonning tadqiqotlari o‘z samarasini 
bermagan bo‘lsa ham biz uni aqliy qobiliyatlarni aniqlagan dastlabki tadqiqotchi 
sifatada tan olamiz. Intellektni teslar yordamida aniqlash yana bir qadamni fransuz 
olimi Alfred Bine tomonidan amalga oshirilgan.
Unga frantsuz maktablarida yaxshi o‘zlantirmayotgan yoki aksincha juda 
yaxshi o‘zlashtirib maxsus ta’lim programmasiga ehtiyoj sezgan bolalarni tadqiq 
etish topshirilgan. Bunning sababi ularning qobiliyatlaridagi farqlar bo‘lishi 
mumkin deb qaralgan. 1904 yil A.Bine o‘z xodimi Tedor Simon bilan birga 
maktabda o‘zlashtirishda ma’lum muammolarga duch keluvchi o‘quvchilarni 
aniqlovchi ob’ektiv testlarni yaratishgan. Bine va Simon aqliy yosh va xronalogik 
yosh degan hodisani o‘rgantishni boshlashgan. Uning aqliy yoshi xronologik 
yoshiga mos kelishi kerak edi. Agar kimda bu mutanosib kemasa, uni maxsus 
ta’lim metodi orqali moslashitirish mumkin deb hisoblagan. Bine va Simon 
Galtondan farqli o‘laroq aqliy qobiliyatni muhitga bog‘liq deb bilgan. 
Binedan so‘ng Stanford universitetining professori Lyuis Terman Bine va 
Simonning intellekt testlari Stanford universitettining talabalariga mos 
kelmayotganini aniqlab, unga ma’lum o‘zgartirish kiritdi. Endilikda unga Stenford- 
Bine testi deb nomladi. Keyinchalik nemis olimi Vilyam SHtern aqliy qobiliyat 
koeffitsenti hisoblangan o‘sha mashhur IQ atamasini fanga kiritdi.
IQ
100
Demak, dastlab angliyalik olim F.Galton individual- aqliy qobiliyatlarni 
tadqiq etgan. Lekin unda buni qanday qilib o‘lchash kerakligini aniqlay olmagan 
bo‘lsa ham. A.Bine esa uning g‘oyasini rivojlantirib, fransuz ta’lim tizimida 
o‘quvchilarning kelajakda o‘zlanshtirira olishini aytib bera olgan. Xuddi Galton 
dek L.Terman aqliy qobiliyatlar irsiyatning mevasi deb bilgan. Ctenford- Bine testi
bu ko‘rinmayotgan qobiliyatni uyg‘otishga yordam beradi deb aytib o‘tgan.


186 
Intellektning rivojlanishi irsiyatsiyatmi yoki ijtimoiy muhitning roli 
kuchlimi? F.Galtonning fikricha, intellekning rivojlanishiga irsiyatninng rolini 
yuqori qo‘ygan. Lekin ijtimoiy muhitnig rolini yuqori qo‘ysak, unda yaxshi ta’lim-
tarbiya olmagan nosog‘lom muhitda o‘sgan bola qobiliyatsiz bola deb hisoblashga 
tg‘ri keladi.
Haqiqatda ham bir tuxumdan tug‘ilgan egizaklarda intellekt koefiitsenti 
deyarli bir xil natijani ko‘rsatgan. Agar bir tuxumdan tug‘ilgan egizaklarni boshqa 
boshqa oilalarda tarbiya qilib ularning intellekt koeffitsenti tekshirilganda, baribir 
natijani bir xiligini ko‘rishimiz mumkin. 
Yana bir tadqiqot asrab olingan bolalarda o‘tkazilgan. Bir muhitda katta 
bo‘lgan bolalarning intellekt koeffitsenti yoshligida bir xil natijani ko‘rsatgan. 
Lekin ular ulg‘aygan sari bu o‘xshashlik kamayib borishini kuzatishgan. Aynan 
aqliy qobiliyatlar yillar o‘tib o‘z o‘xshashligini yo‘qotishini tadqiqotlar isbotlab 
bergan. Bundan tashqari mehribonlik uylardan asrab olingan bolalar o‘gay ota-
onalariga qaraganda o‘zlarining biologik ota-onalariga o‘xshashligi kuzatilgan. 
Irsiyat va ijtimoiy muhitning bir-biriga o‘zaro bog‘liqdir. Matematik qobiliyatga 
ega bo‘lgan bolani maxsus matematikaga yo‘naltirilgan gimnaziyada o‘qitib, yillar 
o‘tib uning itellekti tekshirilganda, yuqori natijalarni ko‘rsatgan. Buning sababi 
ham irsiyat ham ijtimoiy omilda ko‘ramiz (qobiliyat+ta’lim). Demak, genlarimiz 
bizning muhitimizni, muhit esa o‘z navbatida bizning o‘zimizni shakllantirar ekan.
Dj. Mak-Viker Tegerandagi kam ta’minlangan mehribonlik uyi 
tarbiyalanuvchilarini tadqiq etdi. Ko‘pchilik 2 yoshli bolalar mustaqil o‘tira 
olmasligini, 4 yoshli bolalar esa yura olmasligini kuzatgan. Tarbilovchilar 
bolalarning yig‘lashiga, qaysarliklariga umuman e’tibor qaratmas edilar. Natijada 
bunday bolalar “passiv”, tashqi muhit ta’siriga nisbatan hech qanday ehtiyoji yo‘q
qoloq bolalar bo‘lib ulgayishgani aniqlangan. Deprivatsiya sharoiti tug‘ma 
qobiliyatlarni so‘ndirmoqda edi. 
Xant “inson qobiliyatlarini shakllantirishga o‘rgatish” nomli dasturni 
yaratdi. Dastur davomida Xant tarbiyalovchilarni bolalar bilan tovushli o‘yinlar 
orqali ishlashga o‘rgatdi. Tadqiqotda 11 ta bola saralab olingan edi. Ular 1 yosh 11 


187 
oylik davriga kelib 50 tagacha so‘zni talaffuz qila boshlashgani aniqlandi. Natijada 
o‘sha saralab olingan bolalar juda rivojlangan bolalar bo‘lib ulg‘ayishdi.
Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, aqliy qobiliyatlarning 
shakllanitishida ham irsiyatning ham atrof muhitning roli muhim. Insonning 
dastlabki rivojlaninsh bosqichida irsiy omillar etakchiroq bo‘lib ko‘rinadi. Lekin 
yillar davomida ayniqsa aqliy qobiliyatlarning rivolanishiga atrof- muhit o‘z 
ta’sirini ko‘rsatib boradi. Uning keyingi rivojlanishi yoki so‘nib borilishi atrof-
muhitga bog‘liq bo‘lib qoladi.
Aqliy qobiliyatning jinsiy farqlari mavjud bo‘lib, ayollarning xotirasi 
erkaklarnikiga qaraganda kuchli ekanligini ko‘rishimiz mumkin. Erkaklarda esa 
matematik va fazofiy qobiliyatlar yaxshi rivojlanganligi aniqlangan. 
Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, biz intellekt so‘zini talaffuz 
qilishimiz bilan uni testlar orqali o‘lchashni ko‘z oldimizga keltiramiz. Lekin mana 
shu teslar qanchalik haqiqatga yaqin. Biz ularga qay darajada ishonishimiz mukin. 
Bu ko‘rinishdagi testlarning savollari barcha qatlam vakillarining turmush sharitini 
hisobga olmaganligini kuzatishimiz mumkin. Hattoki, Alfred Bine ham o‘zi kashf 
etkan intellekt testlarini tahlili ustida ishlash kerakligini aytib o‘tgan. Sababi, bu 
teslarning natijasi haqiqatdan uzoq bo‘lishini aniqlagan. Bundan tashqari bunday 
testlar intellektning faqat bir tomonini tadqiq etishga qaratilgan. Emotsional va 
amaliy intelekti yuqori rivojlangan shaxslarning natijalari bu testlarda yaxshi natija 
ko‘rsatmayotganligi kuzatishgan. Baribir, hozirgi kunda IQ koeffitsenti o‘z 
ahamiyatini zararcha ham yo‘qotmagan.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin