Microsoft Word Kasbiy psixologiya Yulchiyeva Z


Xotirani rivojlantirish qonuniyatlari



Yüklə 1,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/101
tarix31.05.2022
ölçüsü1,2 Mb.
#60226
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   101
2 5208751846268607301

Xotirani rivojlantirish qonuniyatlari 
№ 
Nomlanishi Tavsifi 
1. 
Assotsiatsiya qonuni 
(Arastu) 
Notanish narsani eslab qolish uchun uni 
birorta tanish narsa bilan bog’lash zarur. 
2. 
Mustahkamlash qonuni 
(A. R. Luriya)
10 daqiqa insonga 
biror 
narsani 
xotirasida 
mustahkamlash uchun 
etarli 
hisoblanadi. 
3. 
Esdan chiqarish qonuni 
(G. Ebbingauz)
Har qanday material yodlanganidan so’ng, 1–
2 soat ichida xotirada 40% qoladi. Keyinroq 
esdan chiqish tezligi kamayadi, 6 sutkada 
axborotning 20% saqlanib 
qoladi. 
4. 
B. V. Zeygarnik qonuni 
Mashg’ulotni eng qiziq joyida tugallash, 
yodlanayotgan materialni eng qiziq joyida 
to’xtatish qayta yodlash jarayonigacha mate- 
rialning to’liq saqlanib qolishini ta’- 
minlaydi. 
5. 
Yosh qonuniyati 
Xotira 18–25 yoshgacha yaxshilanib boradi, 
45 yoshda bir xillik saqlanib qoladi, 45 
yoshdan sustlasha boradi. 
6. 
«Boshidan 
oxirigacha» 
qonuni 
Yodlanayotgan materialning boshi va oxiri- 
dagi axborot, 
o’rtasidagiga 
qaraganda 
yaxshi saqlanadi. 
Ko’pgina mnemotexnik tizimlar ushbu qonuniyatlarning amal qilishiga 
asoslanadi. Eslab qolishning quyidagi asosiy usullari mavjud: mantiqiy, ma’noli, 
mexanik va mnemotexnik. 
Mantiqiy eslab qolish – eslab qolishning asosiy usuli. Ushbu usuldan 
qanchalik samarali foydalanish aqliy imkoniyatlarga, ma’noli va mantiqiy 


50 
aloqalar o’rnatishga bog’liq. Mantiqiy eslab qolishga asos bo’ladigan ma’noli 
aloqalar tasodifiy yuzaga kela- digan aloqalarga qaraganda ancha mustahkamligi 
bilan ajralib turadi. Mantiqiy eslab qolishning muhim usullaridan biri, avvalo, 
manbani guruhlarga ajratish, ya’ni ma’nosi bo’yicha guruhlashtirishdan iborat. 
Mexanik usul – ma’nosini tushunmay quruq yodlanadigan usul. Uning 
asosini esda olib qolinadigan ma’lumotlarni oddiy takrorlash, ma’nosini 
anglamasdan turib ko’p martalab idrok etish
tashkil etadi. Mexanik xotira ancha yuqori turdagi xotiralarning eng oddiy 
asosidir, usiz ma’lumotlarni eslab qola olmaymiz. 
Mnemotexnika eng qiziqarli va mashq qilib rivojlantirsa bo’ladigan usul. U 
asosan ma’nosiz axborotni bilvosita eslab qolishga xizmat qiladi. Uning 
yordamida ma’noli axborotni eslab qolishning ratsional usulini ancha 
kuchaytirish va ma’nosiz mate- rialni mexanik eslab qolish samaradorligini 
benihoya oshirish mumkin. 
Kasbiy xotirani rivojlantirishning asosiy qonuniyatlarini yodda tutish zarur. 
Shuningdek, axborot inson hayoti va faoliyati uchun qanchalik muhim 
bo’lsa, shunchalik mustahkam esda qoladi va oson yodga tushadi. Shuning 
uchun ham qandaydir axborotni yod olayotganda doimo uni o’zingiz, masalan, 
kasbiy faoliyatda maqsadga erishish- ingiz uchun muhimligini ta’kidlab 
turishingiz zarur. 
Axborot inson faoliyatiga qanchalik aloqador bo’lsa, shunchalik 
mustahkam yodlanadi (eslab qolinadi). Xotirani rivojlantirish uchun biron 
bilimni, qonuniyatni oddiygina yodlash emas, balki uni amaliy faoliyatda iloji 
boricha kengroq qo’llash muhimdir. 
Axborot qanchalik chuqur anglansa, u xotirada shunchalik yaxshi saqlanib 
qoladi. Ushbu qonuniyatdan foydalanish eslab qolish jarayonini fikrlash 
jarayoniga eng ko’p darajada yaqinlashtirishni bildiradi. Anglangan holda eslab 
qolish ob’ektlarning eng muhim jihatlarini va munosabatlarini ifodalovchi 
mantiqiy aloqalarga asoslanadi. 
Qiziqish uyg’otuvchi yoki manfaat keltiruvchi axborot oson eslab qolinadi. 


51 
O’zlashtirayotgan narsamizni bizni qiziqtirayotgan, biz uchun manfaat 
keltiradigan narsalar bilan bog’lash – muvaffaqiyatli eslab qolishning asosiy 
shartlaridan biridir. Muvaffaqiyatli eslab qolishda muayyan axborotni idrok 
etishga tayyorgarlik va yaxshi eslab qolish maqsadini qo’yish katta aha- miyatga 
ega. Bular eslab qolish jarayoniga katta ta’sir ko’rsatishi bilan birga, uning 
natijalarini oldindan ko’rish imkonini beradi va xotirada tiklashni osonlashtiradi. 
Bir vaqtning o’zida yuzaga keladigan tasavvurlar eslash jarayonida bir-
birini yodga tushiradi. Xotiraning ushbu qonuniyatidan foydalanish uchun eslab 
qolish va esga tushirish jarayonida tabiiy assotsiatsiyalardan foydalanish, 
shuningdek, muxandisxodimlarining kasbiy faoliyatida xotiraning ishini 
engillashtiruvchi sun’iy assotsiativ aloqalar o’rnatishni o’rganishimiz zarur. 
Xotirani shakllantirish usullari: 
– 
bilishga bo’lgan qiziqishlar doirasini, xotirada saqlash maqsadlarini 
shakllantirish; 
– 
mantiqiy eslash usullarini o’rganish; 
– 
javobgarlik hissini kuchaytirish: bilim olishga, o’rganishga, qunt qilishga, 
o’zini tarbiyalashga e’tibor berish; 
– 
o’tilgan mashg’ulotlardagi materiallarni tizimli ravishda qayta takrorlash, 
xotirani mustahkamlovchi mashqlarni bajarish. 
Shu ma’noda muxandisfaoliyatida kasbiy xotira 
– 
tezkor, uzoq muddatli, so’z mantiqli shaklda, raqam, son, ism, familiya, 
qiyofalarni tez tanib eslab qolish, qayta tiklash (keyin- chalik farqlay olish)da 
namoyon bo’ladi
7


Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin