Microsoft Word Kasbiy psixologiya Yulchiyeva Z


Natijalarni qayta ishlash



Yüklə 1,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə86/101
tarix31.05.2022
ölçüsü1,2 Mb.
#60226
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   101
2 5208751846268607301

Natijalarni qayta ishlash 
Tekshiruvchilarni javoblarini deshifrator bilan solishtirib, kommunikativ va 
tashkilotchilik qobiliyatlarga to‘g‘ri kelganini hisoblab chiqing. Kommunikativ 
(Kk)va tashkilotchilik (Kt) qobiliyatlarini baholash koeffitsentini quyidagi 
formula orqali hisoblab chiqing. 
(Kk)q to‘g‘ri kelgan javoblarning soni X 0,05
(Kt)q to‘g‘ri kelgan javoblarning soni X 0,05 
Masalan: tekshiruvchini kommunikativ qobiliyatlari deshifrator bilan 
to‘g‘ri kelgan javoblar soni 18, tashkilotchilik qobiliyatlari esa deshifrator bilan 
to‘g‘ri kelgan javoblar soni 15. 
Demak, kommunikativ qobiliyatni baholash
koeffitsenti quyidagi teng (Kk)q 18x 0,05 q0,90 tashkilotchilik qobiliyatlarini 
baholash koeffitsenti (Kt)q 15x0,05q0.75 Shu metodika orqali olingan 
ko‘rsatkichlar 0-1 o‘zgarishi mumkin. 1-ga yaqin ko‘rsatkichlar kommunikativ 
yoki tashkilotchilik qobiliyatlarini yuqori darajasini bildiradi.
0-ga 
yaqin 
ko‘rsatgichlar past darajasini bildiradi. Ko‘rsatgichlarni sifatli baholash uchun 
olingan koeffitsentlarni baholash bilan solishtirib chiqish kerak.
Kommunikativ va tashkilotchilik qobiliyatlarni baholash shkalasi 
Kk 
Kt 
Baho
Qobiliyatning 
ifodalanish darajasi 
0,10 - 0,45 
0,46 - 0,55 
0,56 - 0,65 
0,66 - 0,75 
0,76 - 1,00 
0,20 - 0,55 
0,56 - 0,65 
0,66 - 0,70 
0,71 - 0,80 
0,81 - 1,00 





Past 
O‘rtadan past 
O‘rtadan yuqori 
Juda yuqori 
Natijalarni tahlil qilishda parametrlarni ko‘zda tutish kerak: 
1-baho olgan tekshiriluvchilar kommunikativ va tashkilotchilik
qobiliyatlari past darajasi bilan ta’riflanadi.
2-baho olgan tekshiriluvchilar kommunikativ va tashkilotchilik 
qobiliyatlari o‘rtadan past ta’riflanadi. Ular muloqotga intilashmaydi, ya’ni 


217 
guruhda (jamoada) o‘zlarini erkin tuta olmaydi, vaqtni yolg‘iz o‘tkazishni afzal 
ko‘radi, o‘zlarini tanishuvlarini chegaralab qo‘yadi, odamlar bilan muloqot 
o‘rnatishga va auditoriya oldida gapirishga qiynaladi, o‘z fikrini himoya qila 
olmaydi, ko‘p ishlarda mustaqil qaror qabul qilishda o‘zlarini chetga tortishni 
afzal ko‘radi.
3-baho olgan tekshiriluvchilar kommunikativ va tashkilotchilik 
qobiliyatlari o‘rta darajalik deb hisoblanadi. Ular odamlar bilan muloqot 
o‘rnatishga intiladi, o‘zlarini tanishuvlarini chegaralamaydi, o‘z fikrini himoya qila 
oladi, ishlarini rejalaydi, lekin qobiliyatlarini yuqori turg‘unlik bilan ta’riflab 
rivojlantirish uchun katta va jiddiy tarbiyaviy ishlar olib borish kerak.
4 -baho olgan tekshiriluvchilar kommunikativ va tashkilotchilik qobiliyatlari 
yuqori darajalik deb hisoblanadi. Ular yangi vaziyatlarda o‘zini yo‘qotmaydi, 
do‘stlarni tez topadi, tanishuvlar darajasini har doim kengaytirishga intilishadi
jamoat ishlari bilan shug‘ullanadi, yaqinlari va do‘stlariga yordam beradi, jamoat 
tadbirlarini tashkil qilishga qatnashadi, og‘ir vaziyatda mustaqil qarorlar qabul qila 
oladi.
5 -baho olgan tekshiriluvchilar kommunikativ va tashkilotchilik qobiliyatlari 
juda ham yuqori darajali deb hisoblanadi. Ular muloqot va tashkiliy faoliyatga 
katta ehtiyoj his etishadi, shunga faol intilishadi, og‘ir vaziyatlarda tez yo‘l topa 
olishadi. Yangi jamoada o‘zini erkin tutishadi, tashabbuskor, muhim ishda yoki 
murakkab vaziyatda mustaqil qaror qabul qilishni afzal ko‘radi, o‘z fikrini himoya 
qila olishadi, do‘stlari ularning fikrlari bilan ish tutishadi.

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin