Microsoft Word KichikBiznes doc



Yüklə 3,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/103
tarix20.11.2023
ölçüsü3,98 Mb.
#164060
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   103
m0ZCTpKdRYGUgbGiaNWp

 
7.2.1-jadval
Mahsulot tannarxining bevosita va bilvosita xarajatlari tarkibi 
Xarajat moddalari 
Mahsulot tannarxiga olib 
borilishi jihatidan 
bevosita 
Bilvosita 
 (ustama) 
Xomashyo va asosiy materiallar (qayta kirim 
qilingan chiqitlardan tashqari) 

Sotib olingan butlovchi qismlar va yarim 
fabrikatlar 

Ishlab chiqarish xarakteridagi ish va xiz-
matlar 

Texnologik maqsadlar uchun ishlatilgan 
yoqilg’i energiya 

Ishlab chiqarishga tegishli mehnatga haq 
to’lash xarajatlari 

Ishlab 
chiqarishga 
tegishli 
ijtimoiy 
sug’urtaga ajratmalar 

Moddiy 
qiymatliklar 
kamomadi 
va 
mahsulotlarning 
buzilishidan 
ko’rilgan 
zararlar 

Asosiy vositalar amortizasiyasi 

Ishlab chiqarishga oid boshqa xarajatlar 

Mahsulot tannarxi bir turdagi mahsulotni bevosita va bilvosita ishlab 
chiqarish xarajatlarini shu mahsulot miqdoriga bo’lish orqali topiladi: 


59 
 
MT = MX+IX+ST+A+BIX / M 
 
Bu yerda: 
MT - mahsulot tannarxi, so’m / dona, so’m / kg va boshqa; 
MX - ishlab chiqarishning moddiy xarajatlari, so’m; 
IX - ishlab chiqarish xususiyatidagi mehnatga haq to’lash xarajatlari, 
so’m; 
ST - ishlab chiqarishga tegishli bo’lgan ijtimoiy sug’urta to’lovlari, 
so’m; 
A - asosiy vositalar amortizasiyasi, so’m; 
BIX - boshqa ishlab chiqarish xarajatlari, so’m; 
M - mahsulot miqdori, sentner, dona, kg, tonna va hakozo. 
Korxonada rejadagi (biznes-rejada belgilangan) va haqiqiy (hisobot
haqiqatda erishilgan) tannarx hisoblab borilishi mumkin. Bu rejalashtirilgan 
ishlab chiqarish xarajatlarini haqiqatda erishilgan daraja bilan solishtirish, or-
tiqcha moddiy va mehnat resurslari sarflariga yo’l qo’yilgan yoki tejamga er-
ishilganini aniqlash va kelgusida tegishli xulosalar chiqarishga imkon beradi. 
Rejadagi tannarx korxonaning mavjud texnik, texnologik va kadrlar 
salohiyati doirasida mahsulot ishlab chiqarishga sarflanishi ehtimoli bo’lgan 
xarajatlarning kutilayotgan maksimal darajasini aks ettiradi. Rejadagi tannarx 
moddiy resurslarni sarflash me’yorlari asosida hisoblanadi. 
Haqiqiy tannarx korxonaning mahsulot ishlab chiqarish jarayonini 
haqiqatda sarflangan bevosita ishlab chiqarish xarajatlarini tashkil etadi. 
Haqiqiy tannarx rejadagi tannarxdan farq qilishi mumkin. Agar u rejadagi 
tannarxdan yuqori bo’lsa, ishlab chiqarish samardorligining pasayishidan past 
bo’lsa, kapital, mehnat va moddiy resurslardan oqilona foydalanish natijala-
rini aks yettiradi. Mahsulot tannarxini hisoblashda faqat shu mahsulotni ish-
lab chiqarish bilan bog’liq xarajatlar hisobga olinadi. Mahsulotni sotish va 
ishlab chiqarishni boshqarish bilan bog’liq umumkorxona xarajatlari 
mahsulot tannarxiga kiritilmay davr xarajatlariga hisobiga kiritiladi. 
Mahsulot tannarxini aniqlashda hisoblash obektlarini bilish muhimdir. 
Unga qilingan xarajatlarni alohida hisobga olish mumkin bo’lmaganligidan, 
umumiy ishlab chiqarish xarajatlarini hisoblash obektlari to’g’ri taqsimlash 
muhimdir. 

Yüklə 3,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin