Microsoft Word KichikBiznes doc


 Ishlab chiqarishda sarf etiladigan resurslar manbaiga ko’ra



Yüklə 3,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/103
tarix20.11.2023
ölçüsü3,98 Mb.
#164060
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   103
m0ZCTpKdRYGUgbGiaNWp

2. Ishlab chiqarishda sarf etiladigan resurslar manbaiga ko’ra: 
- ichki xarajatlar; - tashqi xarajatlar. 
3. Mahsulot ishlab chiqarish hajmining o’zgarishiga nisbatai: 
- doimiy xarajatlar; - o’zgaruvchan xarajatlar. 
4. Mahsulot tannarxiga olib borilishi usuli bo’yicha: 
- bevosita xarajatlar; - bilvosita xarajatlar. 
5. Korxonaning umumiy ishlab chiqarish, moliyaviy va boshqa 
faoliyati natijasida yuzaga keladigan:
- mahsulot tannarxiga kiritiladigan 
xarajatlar; - davr xarajatlari; - moliyaviy faoliyat xarajatlari; - favqulodda 
zararlar. 


56 
Ishlab chiqarish xarajatlari bevosita ishlab chiqarish jarayoni 
amalga oshirish bilan bog’liq quyidagi xarajatlardan tashkil topadi: 
- bevosita moddiy material xarajatlari; - bevosita mehnatga haq to’lash xa-
rajatlari; - ishlab chiqarishga taalluqli ustama xarajatlar. 
Bevosita mahsulot noishlab chiqarish jarayoni bilan bog’liq 
bo’lmagan xarajat turlari nishlab chiqarish xarajatlari deb yuritiladi. 
Uning tarkibiga:
- mahsulotni sotish bilan bog’liq xarajatlar; - boshqaruv 
xarajatlari; - boshqa operasion xarajatlar va zararlar; 
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarida ishlab chiqarish xa-
rajatlarining tahlili bir necha usullar orqali amalga oshiriladi. Shulardan, biz 
bu yerda, solishtirish va iqtisodiy indeks usullari yordamida amalga oshirish 
usulini keltirdik. 
Hisobot yilidagi xarajatlar so’mmasini bazis yilidagi xarajatlar 
so’mmasiga solishtirib, uning umumiy o’zgarishi mutlaq va nisbiy 
ko’rsatkichlar bo’yicha aniqlanadi. Buning uchun ishlab chiqarish xarajatlari 
indeksidan foydalanamiz: 
Bunda, q
1
- hisobot yilida ishlab chiqarilgan mahsulot har bir turining mi-
qdori; 
bazis yilida ishlab chiqarilgan mahsulot har bir turining miqdori; 
hisobot yilida ishlab chiqarilgan bir birlik mahsulot tannarxi; 
bazis yilida ishlab chiqarilgan bir birlik mahsulot tannarxi; 
1
1
z
q
- hisobot yilida ishlab chiqarilgan tayyor mahsulot uchun sarf bo’lgan
ishlab chiqarish xarajatlari so’mmasi; 
0
0
z
q
- bazis yilida ishlab chiqarilgan mahsulot uchun sarf bo’lgan xarajatlari 
so’mmasi. 
Ushbu formuladan ko’rinib turibdiki, ishlab chiqarish xarajatlari hajmining 
o’zgarishi bevosita quyidagi ikki omil hisobiga yuzaga keladi: 
1.Ishlab chiqarilgan mahsulot miqdorining o’zgarishi hisobiga 
)
(
0
1
q
q


2.Mahsulot bir birligi tannarxining o’zgarishi hisobiga 
)
(
0
1
z
z


Ushbu omillarning ishlab chiqarish xarajatlari hajmining o’zgarishiga 
ta’sirini aniqlash uchun quyidagi ikki umumiy indeksdan foydalanish zarur: 
1.Mahsulot fizik miqdori umumiy indeksi: 
Ushbu indeks ishlab chiqarish xarajatlari hajmining mahsulotlar fizik 
miqdorining o’zgarishi hisobiga yuzaga kelgan nisbiy o’zgarishini ifoda-
laydi,yani necha koeffisiyentga (foizga) oshgan yoki kamayganligini 
ko’rsatadi.Surati bilan maxraji orasidagi farq shu omil hisobiga paydo 


57 
bo’lgan mutlaq o’zgarishini ,yani necha so’mga oshgan yoki kamaygan 
hajmini ifodalaydi. 
2.Mahsulot tannarxining umumiy indeksi: 
Ushbu indeks ishlab chiqarish xarajatlari hajmining mahsulotlar bir birligi 
tannarxining o’zgarishi hisobiga sodir bo’lgan nisbiy o’zgarishini,yani necha 
koeffisiyentga (foizga) oshgan yoki kamayganligini ifodalaydi.Surati bilan 
maxraji orasidagi farq shu omil hisobiga yuzaga kelgan mutlaq o’zgarishini 
,yani necha so’mga oshgan yoki kamaygan hajmini ifodalaydi
 
Mahsulotlar fizik miqdori indeksi bilan mahsulotlar tannarxi umumiy indeksi 
ko’paytmalarining yig’indisi ishlab chiqarish xarajatlari umumiy indeksiga 
teng kelishi shart: 
Tenglik aniqlangandan keyin omillar tasiriga baho berilib. ishlab chiqarish 
xarajatlari hajmini kamaytirish imkoniyatlari ko’rsatilib,xulosa qilinishi 
kerak. 

Yüklə 3,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin