112
Bu shuni anglatadiki, tadbirkor nafaqat boyishga qaratilgan individual
vazifalarni, balki yashirin tabiatga ega bo’lgan, ijtimoiy xarakterdagi
funksiyalarni ham bajaradi.
Kichik biznes ishsizlik muammosini hal qilishda juda muhim rol
uynaydi.
Masalan AKSh da o’tgan asrning 80- yillarda yangi ish joy-
larining 80 foizi kichik firmalar tomonidan yaratilgan. 100 mln.dan
ko’proq; amerikaliklar kichik biznes orkali yashash uchun mablag’ top-
ganlar. Davlat esa ulardan soliq, undirish orqali byudjetni to’ldirgan.
Etakchi olimlar va xalqaro forum va tashkilotlar ekspertlari, o’sayotgan
ishsizlikni bartaraf etishning
yagona usuli-yangi korxonalar va ish joy-
larini barpo etish degan xulosaga kelishgan.
Shuni alohida ta’kidlab o’tish
kerakki, kichik biznes aholining ijtimoiy zaif qatlamlarining (ayollar, in-
validpar, qochoqlar va boshqalar) mexnatidan foydalanadi, ular yirik korxon-
alarda ish topa olmaydilar. Bundan tashqari kichik firmalar amaliy o’qitish,
yosh kadrlarni tayyorlashning o’ziga xos "poligoni" hisoblanadi.
Prezident
I.A, Karimov "bir so’z bilan aytganda - kichik biznes va
xususiy tadbirkorlik bu
gungi kunda aholi bandligini taminlaydigan va un-
ing asosiy daromad manbai bo’lgan muhim bo’g’inga aylanmoqda",deb
ta’kidlaydi.
Respublikamiz qishloq xo’jaligida kichik biznesni rivojlantirish bo-
rasida ulkan imkoniyatlar mavjud: mevaning atigi 15 foizi, sabzovotning 10
foizi, poliz maxsulotlarining 5 foizi, uzumning 23 foizi, terining 26 foizi,
junning 25 foizi, sutning 5 foizi qishloqlarda qayta ishlanmoqda .
Kichik biznes moddiy resurslardan foydalanishni ham ta’minlaydi, ya’ni xom
ashyoning mahalliy manbalari va yirik ishlab chiqarish chiqindilaridan keng
foydalanadi.
AKSh Milliy Ilmiy Fondining ma’lumotlari bo’yicha ITTKIga sar-
flangan har bir dollarga 100 kishigagacha ega bo’lgan firmalar 100-1000 ki-
shigagacha xodimlarga ega bo’lgan firmalarga nisbatan to’rt marta, 1000 ki-
shidan ko’prok; ishchiga ega bo’lgan firmalarga nisbatan esa 24 marta ko’p
ixtiro qiladilar .
Ularda yangiliklarni ishlab chiqarishga joriy qilish sur’ati yirik firmalarga
nisbatan 30 foizga yuqori va o’zining ixtirosi bilan kichik firmalarga jahon
bozoriga chiqish uchun 2,2 yil kerak bo’lsa, yirik kompaniyalarga 3,05 yil
kerak bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: