113
chiqarayotgan mahsulotlar turlarini tez o’zgartira olish, ishlab chiqarish
quvvatlarini jadal modernizasiya qilish imkoniyatiga ega.
Shu tariqa kichik
biznes bozor kon’yunkturasining o’zgaruvchan talablariga hamda vaqti-vaqti
bilan sodir bo’ladigan iqtisodiy inqirozlarga tezroq moslasha oladi.
Hozirgi zamon bozor iqtisodiyoti sharoitida kichik biznesni asosiy
afzalligi - bu paydo bo’ladigan extiyojni "ushlab olish" va mavjud bo’lgan
resurslar
va imkoniyatlarni jamlab, bu o’zgarishlarga javob berish qobiliya-
tidir.
Bunday qobiliyat kichik biznes xususiyatlaridan kelib chiqadi:
ko’p
sonli personal va boshqarish uchun murakkab
bilimni talab qilinmaydi;
aksionerlar oldida moliyaviy majburiyatlarning yo’qligi; o’zining bozor
strategiyasini qayta qurish yengilligi va o’z mahsulotining narxini boshqarish
mumkinligi. Undan tashqari kichik ishlab chiqarish iqtisodiy tejamlirokdir.
Kichik biznesning yettinchi vazifasi
tadbirkorlik muhitini va kayfi-
yatini shakllantirish vazifasidir. Yirik biznesga
qaraganda kichik biznes
subyekti sifatida faoliyatni bohlash aholi uchun engilroq hisoblanadi, chunki
u katta xajmdagi kapitalni talab qilmaydi. Kichik biznesni yirik biznes bilan
solishtirganda kapital qurilish muddati kamrok,
kichik biznes subyektining
faoliyat boshlashi uchun katta xajmdagi boshlang’ich kapital talab qilin-
maydi. Mablag’larning aylanishi kichik biznesda 2-2,5
barobar tezroq, bu
yuqori foyda normasini ta’minlashga yordam beradi. Kichik korxonalar o’z
kapitalini, jixozlarini va ishlab chiqarish maydonchalarini samarali ishlata-
dilar va katta hajmdagi zaxiralarni to’plamaydilar.
Dostları ilə paylaş: