Microsoft Word KichikBiznes doc


Kichik biznesning keyingi vazifasi



Yüklə 3,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə99/103
tarix20.11.2023
ölçüsü3,98 Mb.
#164060
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   103
m0ZCTpKdRYGUgbGiaNWp

Kichik biznesning keyingi vazifasi,
kengaytirilgan takror ishlab 
chiqarishni yuqori mobilligini va bozor iqtisodiyotini (egiluvchanligini 
ta’minlash funksiyasi. Iqtisodiyotning Globallashuvi jarayonida jahon bozor-
ida raqobat yanada kuchayadi. 'Bunday sharoitda aynan kichik va o’rta biznes 
yirik ishlab chiqaruvchilarga nisbatan kapital mablag’ sarfini kam talab qi-
lishi, ixchamligi, zarur tamoyilga tez moslasha olishi tufayli o’zi ishlab 


113 
chiqarayotgan mahsulotlar turlarini tez o’zgartira olish, ishlab chiqarish 
quvvatlarini jadal modernizasiya qilish imkoniyatiga ega. Shu tariqa kichik 
biznes bozor kon’yunkturasining o’zgaruvchan talablariga hamda vaqti-vaqti 
bilan sodir bo’ladigan iqtisodiy inqirozlarga tezroq moslasha oladi. 
Hozirgi zamon bozor iqtisodiyoti sharoitida kichik biznesni asosiy 
afzalligi - bu paydo bo’ladigan extiyojni "ushlab olish" va mavjud bo’lgan 
resurslar va imkoniyatlarni jamlab, bu o’zgarishlarga javob berish qobiliya-
tidir. 
Bunday qobiliyat kichik biznes xususiyatlaridan kelib chiqadi:
ko’p 
sonli personal va boshqarish uchun murakkab bilimni talab qilinmaydi; 
aksionerlar oldida moliyaviy majburiyatlarning yo’qligi; o’zining bozor 
strategiyasini qayta qurish yengilligi va o’z mahsulotining narxini boshqarish 
mumkinligi. Undan tashqari kichik ishlab chiqarish iqtisodiy tejamlirokdir.
Kichik biznesning yettinchi vazifasi
tadbirkorlik muhitini va kayfi-
yatini shakllantirish vazifasidir. Yirik biznesga qaraganda kichik biznes 
subyekti sifatida faoliyatni bohlash aholi uchun engilroq hisoblanadi, chunki 
u katta xajmdagi kapitalni talab qilmaydi. Kichik biznesni yirik biznes bilan 
solishtirganda kapital qurilish muddati kamrok, kichik biznes subyektining 
faoliyat boshlashi uchun katta xajmdagi boshlang’ich kapital talab qilin-
maydi. Mablag’larning aylanishi kichik biznesda 2-2,5 barobar tezroq, bu 
yuqori foyda normasini ta’minlashga yordam beradi. Kichik korxonalar o’z 
kapitalini, jixozlarini va ishlab chiqarish maydonchalarini samarali ishlata-
dilar va katta hajmdagi zaxiralarni to’plamaydilar.

Yüklə 3,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin