139
12-MAVZU. IQTISODIY O‘SISH: UMUMIY TAVSIFI, NEOKEYNSCHA
VA NEOKLASSIK MODELLARI
Reja:
12.1.
Iqtisodiy o‘sish tushunchasi, omillari va tiplari.
12.2.
Iqtisodiy o‘sishning E.Domar va R.Xarrod modellari.
12.3.
R.Solouning neoklassik modeli asoslari.
12.4.
R.Solou modelida kapitalning chiqib ketishi, aholi soni o‘sishing
barqaror muvozanati va iqtisodiy o‘sishga ta’siri.
12.5.
Texnologik taraqqiyotning iqtisodiy o‘sishga ta’siri. Felpsning «oltin
qoidasi».
12.6.
Iqtisodiy o‘sishning J.Mid va A. Lyuis modellari.
Tayanch tushunchalar:
Iqtisodiy o‘sish tushunchasi, ahamiyati. Iqtisodiy
o‘sishning o‘lchanishi. Ekstensiv va intensiv iqtisodiy o‘sish. Iqtisodiy o‘sishning
taklif, talab va taqsimot omillari. Ishlab chiqarishning moddiy-ashyoviy omillari.
Mehnat unumdorligini oshiruvchi omillar. Iqtisodiy o‘sish modellarining mohiyati
va ahamiyati. Iqtisodiy o‘sishning neokeynscha modellarining o‘ziga xos
xususiyatlari, kapital chegaraviy unumdorligining doimiyligi, ishlab chiqarish
omillarining substitut emasligi. Y.Domar modeli. Investitsiyalar - talab omili.
Akselerator prinsipi. Investitsiyalar-taklif omili. Talab tenglamasi. Taklif
tenglamasi. Kapital unumdorligi. Multiplikator. Talab va taklif muvozanati
tenglamasi. R.Xarrod modeli.
Neoklassiklar tomonidan iqtisodiy o‘sishning keynscha nazariyasi tanqidi.
Kapitalning chegaraviy unumdorligi va ishlab chiqarish omillari nisbatining
o‘zgarishi. Robert Solou modeli, modelda yalpi taklif funksiyasi. Mehnat va kapital
hajmlari hamda unumdorligi. R.Solou modelida texnik taraqqiyot va kapital bilan
qurollanganlikning barqaror darajasi. Jamg‘arish normasi va E.Felpsning "oltin
qoida"si. Texnik taraqqiyotni rag‘batlantirish. A.Lyuisning iqtisodiy o‘sish modeli.
12.1. Iqtisodiy o‘sish tushunchasi, omillari va tiplari.
Iqtisodiy o‘sish to‘liq bandlilik sharoitiga mos keluvchi potensial ishlab chiqa-
rish darajasini uzoq muddatli ko‘payishi tendensiyasini anglatadi.
Iqtisodiy o‘sish yalpi taklifning o‘sishini yoki boshqacha aytganimizda, haqiqiy
va potensial YaIM hajmining oshishini bildiradi. Iqtisodiy o‘sish muammosini
o‘rganish natijasida real ishlab chiqarish tizimi duch keluvchi - cheklangan
resurslardan samarali foydalanish muammosiga echim topiladi.
Demak, iqtisodiy o‘sish omillari va ular samaradorligini o‘rganish hamda tahlil
qilish jamiyat oldidagi eng dolzarb muammolardan biridir.
140
Iqtisodiy o‘sish nafaqat mamlakat real daromadlarining o‘sishi, shuningdek,
jon boshiga to‘g‘ri keladigan real daromadlarning o‘sishini ham anglatadi. Shu
sababli ham iqtisodiy o‘sish ikki xil usul bilan o‘lchanadi.
Birinchi usulda iqtisodiy o‘sish real YaIM ni o‘tgan davrga nisbatan o‘zgarishi
sifatida aniqlanadi va mamlakatning umumiqtisodiy imkoniyatlari dinamkasini
aniqlash uchun ishlatiladi.
Bunda joriy yildagi real YaIM (Y
t
) hajmining bazis yildagiga (Y
t-1
) (asosan
oldingi yilga) nisbatan foiz ko‘rinishidagi o‘sishi aniqlanadi:
∆𝑌 =
Y
Y
× 100
Ikkinchi usulda iqtisodiy o‘sish aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan real YaIM
ning o‘tgan davrga nisbatan o‘zgarishi sifatida aniqlanadi.
Iqtisodiy o‘sish nazariyasi va modellarida YaIM o‘rniga SIM, YaMD, SMD
ko‘rsatkichlaridan ham foydalanilishi mumkin. Iqtisodiy nazariyada iqtisodiy o‘sish
daromadlarni qanday nisbatlarda iste’mol va investitsiyalarga bo‘linishiga bog‘liq
deb qaraladi.
Iste’mol hajmi dinamikasi iqtisodiyotning provard maqsadini va yashash
darajasi oshishini bildirsa, investitsiyalar hajmining o‘zgarishi
resurs imkoniyatlarining o‘sishi va texnik yangiliklarning moddiylashishini
anglatadi. Iste’mol va investitsiya o‘rtasida etarlicha muqobillik mavjud, chunki,
joriy iste’mol miqdorining oshishi investitsiyalarning daromaddagi ulushini
pasaytirish iqtisodiy o‘sish imkoniyatlarini qisqartiradi.
Iqtisodiy o‘sish real kattaliklarda, qiyosiy baholarda o‘lchanadi.
Har bir mamlakat iqtisodiy o‘sishga intiladi, chunki iqtisodiy o‘sish,
birinchidan, milliy mahsulot hajmi va daromadning ko‘payishiga, ikkinchidan,
resurslardan samarali foydalanishga, uchinchidan, yangiyangi ehtiyojlar va
imkoniyatlarning paydo bo‘lishiga, to‘rtinchidan, xalqaro bozorlarda mamlakat
obro‘sining oshishiga olib keladi.
Real ishlab chiqarish hajmlarining uzoq muddatli o‘sishi sur’atlarini,
ko‘lamlarini, samaradorligi va sifati oshishini belgilovchi hodisa va jarayonlar
iqtisodiy o‘sish omillari deyiladi.
Iqtisodiy o‘sish omillari ikki guruhga ajratiladi.
Birinchi guruh omillari ihtisodiy o‘sishni fizik (ashyoviy) jihatdan ta’minlaydi.
Bu guruhga ishlab chiqarish omillari kiritiladi:
•
tabiiy resurslar soni va sifati;
•
mehnat resurslari soni va sifati;
•
asosiy kapital hajmi;
141
•
texnologiyalar va ishlab chiqarishni tashkil etish;
•
jamiyatda tadbirkorlik malakalarining rivojlanishi darajasi.
Agar iqtisodiyotning qisqa muddatli holati ko‘proq yalpi talab bilan belgilansa,
uzoq davrga iqtisodiyotning rivojlanishi ko‘proq ishlab chiqarish imkoniyatlari bilan
belgilanadi. Shu sababli iqtisodiy o‘sishni modellashtirishda diqqat markazida real
sektor turadi.
Ikkinchi guruhga omillari jamiyatdagi iqtisodiy o‘sish potensialini yuzaga
chiqarish imkonini beruvchi omillar – talab va taqsimot omillari bilvosita omillar)
kiritiladi:
•
bozorning monopollashuvi darajasini pasayishi;
•
iqtisodiyotdagi soliq muhiti;
•
kredit-bank tizimi samaradorligi;
•
iste’mol, investitsiya va davlat xarajatlarining o‘sishi;
•
eksport hajmining o‘sishi;
•
iqtisodiyotda ishlab chiqarish resurslarini qayta taqsimlash imkoniyatlari;
•
daromadlarni taqsimlashning shakllangan tizimi.
Agar o‘sish qo‘shimcha resurslarni jalb etish hisobiga ta’minlansa va
jamiyatdagi resurslardan foydalanishning shakllangan o‘rtacha samaradorligi
darajasini oshirmasa ekstensiv iqtisodiy deb ataladi.
Ekstensiv iqtisodiy o‘sish yangii korxonalar, yo‘llar, elektrostansiyalar qurish ,
yangi erlarni o‘zlashtirish, mehnat va tabiiy resurslarni qo‘shimcha jalb etish kabilar
hisobiga ta’minlanadi. Ammo bu resurslarning cheklanganligi rivojlanishning
ma’lum bir bosqichida ekstensiv iqtisodiy o‘sish imkoniyatlarini kamaytiradi va uni
ziddiyatli qilib qo‘yadi.
YaIMning o‘sishi iqtisodiyotda band bo‘lganlar sonidan yuqori sur’atga ega
bo‘lsa intensiv ihtisodiy o‘sish ro‘y beradi.
“Iqtisodiy o‘sishning intensiv tipi ishlab chiqarish samaradorligining oshishiga
bog‘liq. U foydalanilayotgan resurs birligiga to‘g‘ri keladigan mahsulot ishlab
chiqarishni ko‘paytirishni, ishlab chiqarishning texnik xususiyatlarini yaxshilashni
ko‘zda tutadi. Bunday jaryonlar namoyon bo‘ladi:
•
fan va texnika yutuqlaridan foydalanish va ishlab chiqarishni yangilashda;
•
xodimlar malakasini oshirishda;
142
•
ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatini oshirish, assortimentini
yangilashda”
64.
Iqtisodiy o‘sishning bu ikki tipi sof holda ro‘y bermaydi. Iqtisodiy o‘sish uni
ta’minlashdagi intensiv yoki intensiv omillarning ulushi darajasiga qarab ko‘proq
ekstensiv, yoki ko‘proq intensiv bo‘lishi mumkin.
Iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishini takomillashtirib borish, chuqur qayta
ishlangan, tayyor, qo‘shilgan qiymat hissasi yuqori bo‘lgan mahsulot ishlab
chiqaruvchi tarmoqlarni jadal rivojlantirish va ularning YAIM hamda mamlakat
eksportidagi ulushini ko‘paytirish muhim ahamiyatga ega.
12.2. Iqtisodiy o‘sishning E.Domar va R.Xarrod modellari
Iqtisodiy o‘sish moldellari yalpi ishlab chiqarishning uzoq muddatli ko‘payishi
taklif omillariga tayangan holda tahlil etish imkonini beradi.
Boshqa iqtisodiy modellar singari iqtisodiy o‘sish modellari ham real
jarayonlarni abstrakt va soddalashgan ko‘rinishda, shartli tarzda grafiklarda va
tenglamalarda aks ettiradi.
Iqtisodiy o‘sishning keynscha va neokllasik modellari mavjud. Keynscha
modellarning mohiyati quyidagicha:
1)
ularning barchasi Keynsning yalpi talb to‘g‘risididagi bosh g‘oyasiga
tayanadi. Ya’ni ularni tuzishda mualliflar iqtisodiyotni uzoq muddatli mutanosib
rivojlanishining hal qiluvchi sharti yalpi talabni oshirish deb qarashgan;
2)
iqtisodiy o‘sishning asosiy omili investitsiyalar hisoblanadi, boshqa ishlab
chiqarish omillari e’tiborga olinmaydi;
Keynscha iqtisodiy o‘sish modelidan soddarog‘i 40-yillarda E. Domar
tomonidan taklif etilgan model hisoblanadi.
Keyns o‘z tahlilida investitsiyalarnig yalpi talabga ta’sirini qrgangani o‘oldaa,
yalpi taklifga ta’sirini ko‘rib chiqmaydi. Undan farqli tarzda Domar modelida
mehnat bozorida ortiqcha taklif mavjud, bu baholarn barqaror xolatida ushlab turadi,
nvestitsion lag «0» ga teng, kapital quyilmalarni ng chegaraviy unumdorligi doimiy
deb olinadi.
E.Domar investitsiyalarni ham talab ham taklif omili deb qaraydi. Ya’ni
investitsiyalar nafaqat multiplikativ ta’sir ko‘rsatib yalpi talabni oshiradi, balki
ishlab chiqarish quvvatlarini yuzaga keltirib, ishlab chiqarishni rivojlantiradi,
64
Макроэкономика. Теория и российская практика: учебник / Думная Н.Н., Грязнова А.Г. под ред. —
Москва : КноРус, 2016., 187-188 с.с
143
tovarldar taklifini oshiradi . Shunday ekan, yalpi talabning o‘sishi yalpi taklifning
o‘sishiga teng bo‘lishi uchun investitsiyalar qanday o‘sishi kerak degan savol paydo
bo‘ladi. Bu savolga javob topish uchun Domar uch tenglamani o‘z ichiga olgan
tenglamalar sistemasini tuzdi:
1)
taklif tenglamasi;
2)
talab tenglamasi;
3)
talab va taklif tengligini ifodalovchi tenglama.
1.
Taklif tenglamasida investitsiyalar ishlab chiqarish omillarining qanchaga
qo‘shimcha o‘sishini ko‘rsatadi . Agar berilgan sharoitda investitsiyalar I o‘ssa,
yalpi ishlab chiqarish ΔK α miqdorga o‘sadi:
ΔYs= ΔK α
, ΔK investitsiyalar hisobiga ta’minlanganligi uchun tengikni:
ΔYs= I α
deb yozish mumkin. , bunda,α – kapital quyilmalar
(investitsiyalar)ning chegaraviy unumdorligi. Agar bir yilda yalpi ishlab chiqarishni
1 mlrd. so‘mga oshirish uchun 4 mlrd so‘m investitsiya talab etilsa α =0,25 bo‘ladi.
α=ΔYs / I
bir so‘mlik investitsiya hisobiga yaratilgan yangi mahsulot miqdorini
ko‘rsatadi.
2.
Talab tenglamasi quyidagi ko‘rinishga ega:
ΔYd= Δ I (1/ μ) ,
bu yerda 1/ μ – xarajatlar multiplikatori, μ– jamg‘arishga
chegaralangan moyillik.
Bu tenglama milliy daromad
ΔYd,
yoki yalpi talab qo‘shimcha
investitsiyalarning multiplikativ ko‘payishiga teng miqdorda o‘sishini ko‘rsatadi.
Ishlab chiqarish to‘plangan jami kapital bilan ta’minlanishi, milliy daromad
esa qo‘shimcha investitsiyalarning multiplikativ ta’siri ostida ko‘payishi sababli
taklif tenglamasida jami investitsiyalar, talab tenglamasida esa qo‘shimcha
investitsiyalargina ko‘rib chiqilaadi.
3.
Daromadlar va ishlab chiqarish quvvatlarining qo‘shimcha o‘sish sur’atlari
tengligi tenglamasi:
𝚫𝐈
𝟏
𝛍
= 𝐈 𝛂
Bu tenglamani echib quyidagi natijani olamiz:
𝜟𝑰
𝑰
= 𝝁 𝜶
(ΔI/I)
– investitsiyalarning yillik o‘sish sur’ati bo‘lib, ishlab chiqarish
quvvatlarini oshirish yordamida to‘liq bandlilikni ta’minlab turish uchun
(μ α)
miqdorga teng bo‘lishi kerak. Bundan xulosa shuki investitsiyalarning
mutanosib o‘sish sur’atijamg‘arishga chegaralangan moyillik va investitsiyalarning
unumdorligi (kapital qaytimi) darajalarining hosilasi ekan.
144
Agar μ = 0,2 α=0,4 bo‘lsa Δ I / I
= 0,2* 0,.4 =0,08 yoki 8 %
Demakinvestitsiyalarning o‘sish sur’ati 8% bo‘lishi talab etiladi.
E.Domar moddelidan kelib chiqadigan umumiy xulosa shuki iqtisodiy o‘sishni
ta’minlash uchun investitsiyalar hajmini oshirish, bu uchun esa jamg‘arish normasi
hamda fan texnika taraqqiyoti orqali kapitalning samaradorligini oshirish zarur.
Agar E.Domar o‘z modelida investitsiyalarni ekzogen tarzda berilgan miqdor
ded olgan bo‘lsa R.F. Xarrodning 1939-yilda ishlab chiqilgan iqtisodiy o‘sish
modeliga akselerator prinsipi va tadbirkorlarning kutishiga asoslangan endogen
funksiyasi ham kiritildi. Akselerator prinsipiga ko‘ra nafaqat investitsiyalar ishlab
chiqarishning o‘sishini keltirib chiqaradi, balki ishlab chiqarish va
daromadlarningning o‘sgan hajmi ham investitsiya jarayonlarining jadallashishiga
olib keladi. R.Xarrod o‘z modeliga uch tenglamani kiritadi:
1)
kafolatlangan o‘sish sur’ati tenglamasi;
2)
haqiqiy o‘sish sur’ati tenglamasi;
3)
tabiiy o‘sish sur’ati tenglamasi.
R Xarrod modelida haqiqiy o‘sish sur’ati ishchi kuchining o‘sish sur’ati va
kapital unumdorligining o‘sish sur’ati bilan belgilanadi.
𝐆𝐫 ∗ 𝐜 = 𝐬
Bu yerda: Gr - YaIMning haqiqiy qo‘shimcha o‘sish sur’ati; ΔY/ Y; c- ishlab
chiqarishning kapital talabchanligi koeffitsenti, I / ΔY ; s– Milliy daromaddagi
jamg‘arish hajmi yoki jamg‘arishga
o‘rtacha moyillik, S / Y;
Tadbirkorlar dinamik muvozanat ta’minlangan o‘sish sur’ati bo‘lgan
kafolatlangan (prognoz qilingan) o‘sish sur’atiga asoslanib o‘z investitsiya rejalarini
tuzadilar. Kafolatlangan o‘sish sur’ati jamg‘arishga o‘rtacha moyillik darajasini
akseleratorga nisbati sifatida aniqlanadi:
Gw = s / cr ,
bu yerda:
Gw – kafolatlangan o‘sish sur’ati
cr – talab etiladigan kapitaltalabchanlik koeffitsenti (qtgan yillardagi
shakllangan darajasi);
Bu ko‘rsatkichlar doimiy bo‘lganligi sababli kafolatlangan o‘sish sur’atlari ham
doimiy bo‘ladi.
Agar haqiqiy o‘sish sur’ati kafolatlangan o‘sish sur’atiga mos kelsa
iqtisodiyotda barqaror uzluksiz o‘sish ta’minlanadi. Amaliyotda bunga doimo
erishib bo‘lmasligi tufayli qisqa muddatli davriy tebranishlar ro‘y beradi.
Xarrod modelida resurslardan to‘liq foydalangan sharoitda ta’minlanishi
mumkin bo‘lgan maksimal o‘sish sur’ati tabiiy o‘sish sur’ati deb nomlandi.
Gn*cr = yoki ≠ s
145
Iqtisodiyotning barqaror dinamik muvozanati to‘liq bandlilik sharoitida
kafolatlangan va tabiiy o‘sish sur’atlari o‘zaro teng bo‘lganda ta’minlanadi.Ammo
bunday tenglikka davlatning faol aralashuvi orqaligina erishiladi.
12.3. R.Solouning neoklassik modeli asoslari.
Iqtisodiy o‘sishning dastlabki neoklassik modellari 1950-1960 yillarda, ya’ni
dinamik muvozanat muammosiga e’tibor susaygan va birinchi planga nafaqat
foydalanilmagan quvvatlar hisobiga, balki shu bilan birga yangi texnikani joriy
qilish, unumdorlikni oshirish va ishlab chiqarishni tashkil qilishni yaxshilash
hisobiga potensial mumkin bo‘lgan o‘sish sur’atlariga erishish muammosi chiqqan
davrda paydo bo‘ldi.
Shu sababli iqtisodiy o‘sish muammosining nafaqat nazariy asoslari, balki uni
tahlil qilishning uslublari ham o‘zgardi. Bu davrda rivojlangan davlatlar
iqtisodiyotida yirik firmalarning roli keskin o‘sdi. Bu firmalar
o‘z investitsiyalarini strategik rejalashtirish uchun, iqtisodiy o‘sishning
neokeynscha modellariga tayangan holda, mikrodarajada o‘sishning dinamik
modellarini tuza boshlashdi. Ta’kidlangan modellarni tuzishda firmalar chiziqli
dasturlash uslublaridan va V.Leontevning ishlab chiqarish funksiyasidan
foydalanishdi.
Yirik firmalarning mustaqil iqtisodiy siyosat yuritishga va iqtisodiy o‘sishga
erishishga intilishlari neoklassik yo‘nalish vakillarini iqtisodiy o‘sishning
neokeynscha modellariga muqobil bo‘lgan o‘sish modellarini yaratishga faol
kirishishga undadi.
Bu yo‘nalish vakillari (amerikalik iqtisodchi R. Solou va ingliz iqtisodchisi
J.Mid hamda boshqalar), bozor raqobati sharoitida yirik firmalarga o‘z resurslaridan
potensial o‘sishga erishish maqsadi to‘laroq foydalanish imkonini berish uchun,
iqtisodiyotga davlat aralashuvini qat’iy cheklash lozim degan fikrni olg‘a surishdi.
Ular yaratgan modellarning metodologik asoslari bo‘lib, shuningdek, mehnat,
kapital va erni ijtimoiy mahsulotni yaratishning mustaqil omillari deb qarovchi
ishlab chiqaish omillarining klassik nazariyasi xizmat qildi.
Neoklassik modellarning navbatdagi metodologik asosi bo‘lib chekli
(chegaralangan) unumdorlik nazariyasi hisoblanadi. Ushbu nazariyaga ko‘ra ishlab
chiqarish omillari egalari oladigan daromad, bu omillarning chekli mahsulotlari
(omillarning qo‘shimcha birligi hisobiga yaratilgan qo‘shimcha mahsulot) bilan
belgilanadi.
Noklassik maktab nazariyotchilari iqtisodiy o‘sishning neokeynscha
nazariyalarini uch jihat bo‘yicha tanqid qildilar:
146
-
birinchidan, ular e’tiborni faqat iqtisodiy o‘sishning bir omiligakapital
jamg‘arishga (investitsiyalarnining qo‘shimcha o‘sishiga) qaratishdi. Boshqa
omillar(ayniqsa texnologik taraqqiyot bilan bog‘liq bo‘lgan holatlar, ya’ni ishchi
kuchining ma’lumot darajasi va malakasining o‘sishi, ishlab chiqarishni tashkil
etishning yaxshilanishi hamda boshqalar) ular e’tiboridan chetda qoldi.
Neoklassiklar bo‘sh turgan ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish uchun yangi
ishchi kuchini jalb qilish hisobiga ham ishlab chiqarishning qo‘shimcha o‘sishini
ta’minlash mumkin deb hisobladilar;
-
ikkinchidan, neokeynschilar ishlab chiqarishning kapital talabchanligi
koeffitsenti - s (s= I / ΔY)ni o‘zgarmas deb qaradilar. Neoklassik modellar esa ikki
ishlab chiqarish omilini (kapital va mehnatni) hisobga olgan holda va ularning
o‘zaro bir-birini almashtirishini (substitut ekanligini) ko‘zda tutib bu koeffitsent
o‘zgarishi mumkinligini nazarda tutadilar. Bundan esa, ishlab chiqarishning berilgan
texnik qurollanishi darajasida, belgilangan ishlab chiqarish hajmiga resurslarning
turli kombinatsiyalarini qo‘llab erishish mumkin degan xulosa chiqadi;
-
uchinchidan, neokeynschilar bozor mexanizmining muvozanatni avtomatik
tiklash qobiliyatini etarlicha baholamadilar.
Neokeynschilardan farqli ravishda, neoklassiklar faqatgina raqobatga asoslangan
bozor tizimigina iqtisodiy o‘sishning balanslashganligini ta’minlashi mumkin deb
hisobladilar. Ular iqtisodiy o‘sishning balanslashganligini ta’minlash raqobat
mexanizmidan tashqari barqaror pul tizimiga ham bog‘liq, raqobat mexanizmi va
barqaror pul tizimi bozor muvozanatini avtomatik tiklaydi deb hisoblashdilar. Shu
sababli ular, davlatning iqtisodiyotga aralashuviga barqarorlikni buzuvchi omil
sifatida qarab, inflatsion davlat xarajatlariga qarshi chiqdilar.
Neoklassik modellar barcha iqtisodiy jarayonlarning aniq holatini qamrash
xususiyatiga egadir.
Birinchi neoklassik model R. Solou tomonidan 1956 yilda ”Iqtisodiy o‘sish
nazariyasiga hissa” asarida tasvirlab berildi va so‘ngra 1957 yilda “Texnologik
taraqqiyot va agregativ ishlab chiqarish funksiyasi” nomli asarida rivojlantirildi.
R.Solou modeli mutanosib iqtisodiy o‘sishning zarur sharti yalpi talab va yalpi
taklifning tengligi hisoblanadi.
Modelda yalpi taklif Kobb-Duglasning ishlab chiqarish funksiya bilan
ifodalangan
65
. Bu funksiya bir tomondan ishlab chiqarish hajmi va ikiinchi
65
N. Gregory Mankiw. Macroeconomics. 8 th edition. Harvard University. (NY.: Worth Publishers, 2013): 207
147
tomondan foydalanilayotgan omillar hamda ularning o‘zaro kombinatsiyalari
o‘rtasidagi funksional bog‘liqlikni aks ettiradi, ya’ni:
Y= f(L,K,N
), modelda yuqori texnik rivojlanish bosqichida erning kichik
ahamiyatga egaligi tufayli ishlab chiqarish faqat mehnat resurslari va kapitalga
bog‘liq deb olingan.
Y= f(L,K), funksiyaning kengaytirilgan ko‘rinishi quyidagicha:
Y= (ΔY/ Δ L) L + (ΔY/ ΔK)K , bu yerda: ΔY/ Δ L- mehnatning chekli
mahsuloti (MPL); ΔY/ ΔK- kapitalning chekli mahsuloti (MPK).
Solou modeliga ko‘ra yalpi ishlab chiqarish hajmi mehnat unumdorligini -bitta
ishchiga to‘g‘ri keladigan mahsulot ishlab chiqarish hajmini (y=Y/L) o‘stirish
hisobiga ta’minlanishi mumkin.
Ayni paytda mehnat unumdorligi kapital bilan qurollanganlik darajasining (k=
K/L) funksiyasi, ya’ni
y
=
f
(
k
)
Bu yerda
f
(
k
)=
F
(
k
,
l
)
Kapital (fond) bilan qurollanganlik darajasining o‘sishi esa jamg‘arish
normasiga bog‘liq.
Modelda yalpi talab investitsion va iste’mol xarajatlari bilan belgilanadi deb
olinadi.
y = c + i
Davlat xarajatlari va sof eksport ko‘rsatkichlari ham iste’mol va
investitsiyalar tarkibiga kiritib yuboriladi.
12.1.-rasm. Bitta ishchiga to‘g‘ri keladigan ishlab chiqarish (y) va talab
(c+i)
66
.
Daromad, shakllangan jamg‘arish normasiga ko‘ra, iste’mol va jamg‘arishga
bo‘linishini hisobga olib iste’mol funksiyasini quyidagi ko‘rinishda yozishimiz
mumkin:
c=(1-s)y
Bu yerda s-jamg‘arish normasi.
66
N. Gregory Mankiw. Macroeconomics. 8 th edition. Harvard University. (NY.: Worth Publishers, 2013): 209
148
Bundan y=
c + i=
(1-s)y
+ i, o‘z navbatida i=
sy kelib chiqadi. Boshqacha
aytganda muvozanat holatida investitsiyalar jamg‘armalarga teng va daromadga
proporsionaldir.
Talab va taklifning tengligi shartini quyidagicha yozish mumkin:
f(k)=c+i f(k)=
i/
s Ishlab chiqarish funksiyasi tovarlar bozorida
taklifni, kapital jamg‘arish esa ishlab chiqarilgan mahsulotga talabni belgilaydi.
Ishlab chiqarish hajmi dinamikasi kapital (kapital bilan qurollanganlik) hajmiga
bog‘liq. Kapital hajmi esa uning chiqib ketishi va investitsiyalar ta’sirida o‘zgaradi.
Investitsiyalar kapital zahirasini orttiradi, chiqib ketish (amortizatsiya) esa uni
kamaytiradi.
Investitsiyalar fond bilan qurollanganlik va jamg‘arish normasiga bog‘liq. Bu
iqtisodiyotda talab va taklif tengligi shartidan kelibchiqadi:
i=
sf(k). Jamg‘arish
normasi (s) k ning har qanday miqdorida mahsulotning investitsiya va iste’molga
bo‘linishini belgilaydi:
y = f(k), i= sf(k), c=(1-s)f(k)
12.4. R.Solou modelida kapitalning chiqib ketishi aholi soni o‘sishing
barqaror muvozanat va iqtisodiy o‘sishga ta’siri.
Amortizatsiya quyidagicha hisobga olinadi: agar yiliga eskirish hisobiga
kapitalning qayd etilgan d qismi chiqib ketadi deb hisoblasak (chiqib ketish
normasi), chiqib ketish miqdori kapital hajmiga proporsional bo‘ladi va dk ga teng
bo‘ladi. Grafikda bu aloqadorlik koordinata boshidan d burchak koeffitsenti bilan
chiquvchi to‘g‘ri chiziq bilan aks ettiriladi.(12.2-rasm).
12.2.-rasm. Investitsiyalar va kapitalning chiqib ketishining iqtisodiy
muvozanatga tasiri
67
67
N. Gregory Mankiw. Macroeconomics. 8 th edition. Harvard University. (NY.: Worth Publishers, 2013): 211
149
Investitsiyalar va chiqib ketishning kapital zahirasi dinamikasiga ta’sirini Δk=I-
d, yoki investitsiyalar va jamg‘armalar tengligidan foydalanib Δk=s·f(k)-dk
kщrinishida yozish mumkin. Kapital zahirasi(k) investitsiyalar hajmi kapitalning
chiqib ketishi hajmiga teng bo‘lguniga qadar, ya’ni s·f(k)=dk shart bajarilguniga
qadar oshib boraveradi.
Shundan so‘ng bitta ish bilan band xodimga to‘g‘ri keladigan kapital zahirasi (fond
bilan qurollanganlik) o‘zgarmaydi (Δk=0).
Investitsiyalar hajmi kapitalning chiqib ketishi hajmiga teng bo‘lgan
sharoitdagi kapital zahirasi darajasi fond bilan qurollanganlikning muvozanatli
(barqaror) darajasi deyiladi va k* deb belgilanadi. k* ga erishilganda iqtisodiyot
uzoq muddatli muvozanat holatida bo‘ladi.
Muvozanat barqaror bo‘lishiga sabab k ning dastlabki miqdori qandayligidan
qat’iy nazar iqtisodiyot muvozanat holatiga, ya’ni k* ga intiladi. Agar k ning
boshlang‘ich miqdori k* dan kam bo‘lsa, yalpi investitsiyalar (sf(k)) chiqib ketish
miqdori (dk) dan ko‘p bo‘ladi va kapital zahirasi sof investitsiyalar miqdoriga
ko‘payib boradi. Aksincha k
2
> k* bo‘lsa, investitsiyalar amortizatsiyadan
kamligini anglatadi. Bu holda kapital zahirasi muvozanatli darajaga qadar kamayib
boradi (15.2.rasm).
Jamg‘arish normasi fond bilan qurollanganlikning barqarorr darajasiga ta’sir
ko‘rsatadi. Jamg‘arish normasining s
1
holatdan
s
2
holatga siljishi investitsiyalar
egri chizig‘ini yuqoriga s
1
f(k) holatdan s
2
f(k) holatga qadar siljishini keltirib
chiqaradi
(12-3-rasm).
12.3.-rasm. Jamg‘arish normasiningning iqtisodiy muvozanatga ta’siri
68
Boshlang‘ich holatda iqtisodiyot kapitalning barqaror zahirasi k*
1
ga ega
bo‘lib, investitsiyalar amortizatsiyaga teng edi. Jamg‘arish normasi oshganidan
68
N. Gregory Mankiw. Macroeconomics. 8 th edition. Harvard University. (NY.: Worth Publishers, 2013): 214
150
so‘ng investitsiyalar (I’
1
- I
1)
miqdorga o‘sdi, kapital zahirasi (k*
1
) va amortizatsiya
(dk
1
) esa o‘zgarmasdan qoldi. Bunday sharoitda investitsiyalar kapitalning chiqib
ketishi (amortizatsiya)dan ortiqlik qiladi va kapital zahirasining yangi muvozanat
darajasi (k*
2
) ga qadar o‘sishini keltirib chiqaradi. k*
2
esa fond bilan qurollanganlik
va mehnat unumdorligining yuqoriroq darajalari bilan xarakterlanadi.
Solou modeli jamg‘arish normasi kapital bilan qurollanganlikning barqaror
darajasiga erishishning o‘ta muhim omili ekanligini ko‘rsatadi.
Jamg‘arish normasining o‘sishi investitsiyalar hajmining oshishini keltirib
chiqaradi. Bu esa asosiy kapital miqdorining ortishiga, o‘z navbatida kapital bilan
qurollanganlik darajasining (k) ko‘tarilishi orqali
, pirovard natijaga, ya’ni ishlab chiqarish hajmining (Y) ko‘payishiga olib keladi.
Shunday qilib, jamg‘arish normasining oshishi barqaror muvozanat sharoitida
yuqoriroq ishlab chiqarish va kapital zahirasi darajasiga erishish imkonini beradi.
Ammo jamg‘arish normasining ortishi qisqa muddatdli davrda, iqtisodiyot yangi
barqaror muvozanat nuqtasiga yetgunga qadar , iqtisodiy o‘sishni jadallashishiga
olib keladi.
Jamg‘arish jarayoni ham, jamg‘arish normasining oshishi ham barqaror
muvozanat holatida aholi jon boshiga ishlab chiqarish hajmining uzluksiz o‘sishi
mexanizmini tushuntirish uchun yetarli emas. Ular muvozanatning bir holatidan
ikkinchi holatiga o‘tilishini ko‘rsatadi xolos.
Solou modelini keyingi rivojlantirilishida navbat bilan ikki shart olib
tashlanadi: aholi soni va uning ish bilan band qismi sonining o‘zgarmasligi hamda
texnologik taraqqiyotning mavjud emasligi.
Aholi doimiy (
n
) sur’at bilan o‘sadi deb tasavvur qilamiz. Ishchilar sonining
ko‘payishi boshqa teng sharoitlarda mehnatning kapital bilan qurollanishi
darajasining qisqarishiga olib kelishi mumkin. Natijada, bir ishchiga to‘g‘ri
keladigan kapital zahirasi o‘zgarishini ko‘rsatuvchi tenglama quyidagi ko‘rinishga
ega bo‘ladi:
Δk=I-dk-nk yoki Δk=I-(d+n)k
Mehnatning kapital bilan qurolanganligi pasayishi tufayli uni oldingi darajada
saqlab turish uchun investitsiyalarning kapital chiqib ketishini qoplaydigan hajmi
zarur. Kapital jamg‘arish normasi yuqori bo‘lmasa kapitalning chiqib ketishi, aholi
sonining o‘sishi tufayli kapital bilan qurollanganlik darajasi o‘zgarmasdan qolishi
yoki pasayib ketishi mumkin.
151
12.4.-rasm. Aholi soni o‘sishining iqtisodiy muvozanatga
ta’siri
69
Matematik jihatdan o‘zgarmas kapital bilan qurolanganlik sharoitidagi
iqtisodiyotda barqaror muvozanat sharti quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi:
Δk=sf(k)-(d+n)k=0 yoki sf(k)=(d+n)k
Tenglamadagi (d+n)k investitsiyalarning kritik kattaligini xarakterlaydi. Ya’ni
bir ishchiga to‘g‘ri keladigan kapitalni doimiy o‘zgarmas darajada saqlab turadigan
hajmini ifodalaydi.
Aholi o‘sishining hisobga olgan holda R. Solou modelini grafik jihatdan
ifodalash uchun mehnatning kapital bilan qurollanganligi barqaror darajasini (k*)
deb belgilaymiz. Aniqlaganimizdek, agar bir ishchiga to‘g‘ri keladigan kapital
(k=const) bo‘lsa iqtisodiyot muvozanat holatida bo‘ladi. Agar k1amaldagi investitsiyalar ularning kritik kattaligidan yuqori va (k
1
) k* ga qadar
o‘sadi. Agar k
2
>k*, unda investitsiyalar ularning kritik darajasidan past va (k
2)
k*
ga qadar pasayadi.
Model iqtisodiyot barqaror holatda bo‘lishi uchun investitsiyalar sf(k) kapital
chiqib ketishi va aholining o‘sishi (d+n)k oqibatlarini qoplashi kerakligini
ko‘rsatadi. B holda kapital bilan qurollanganlik (k) va mehnat unumdorligi (y)
o‘zgarmas qoladi. Lekin aholi o‘sishida kapitalning doimiyligi rapital ham aholiga
mos sur’atda o‘sishi kerakligini anglatadi: ya’ni:
𝜟𝒀
𝒀
=
𝜟𝑳
𝑳
=
𝜟𝜥
𝑲
= 𝒏
Bundan quyidagi xulosa kelib chiqadi: aholining o‘sishi – iqtisoiyotning
barqarorlik holati sharoiidagi uzluksiz iqtisodiy o‘sishning sabablaridan biri.
Biroq agar aholining o‘sishi investitsiyaning oshishi bilan birga bormasa, unda
bu bir ishchiga tug‘ri keladigan kapital zahirasining kamayishiga olib
keladi.Aholining n dan n
1
ga o‘sishi (d+n)k chizig‘ini yuqoriga (d+n
1
)k holatiga
siljitadi. Bu esa kapital bilan qurollanganlikni k* dan k1* gacha qisqartiradi.
69
N. Gregory Mankiw. Macroeconomics. 8 th edition. Harvard University. (NY.: Worth Publishers, 2013): 226
152
Shunday qilib, R.Solou modeli aholi o‘sishining yuqori sur’atlarga ega bo‘lgan
davlatlarda kapital bilan qurollanganlik past – demakki, daromadlar ham past
bo‘lishini tushuntirib beradi.
R.Soluning fikriga ko‘ra , barqaror muvozanat sharoitida kapital, mehnat va
milliy daromad darajasi bir xil, aholi soni o‘sishiga teng sur’atda o‘sib boradi.
Aholi sonining tez o‘sishi iqtisodiyotning o‘sish sur’atlari jadallashishiga ta’sir
etadi, ammo barqaror muvozanat holatida aholi jon boshiga mahsulot ishlab
chiqarish kamayadi.
O‘z navbatida, jamg‘arish normasining oshirilishi aholi jon boshiga to‘g‘ri
keladigan daromad miqdorini oshiradi va kapital bilan qurollanganlik koeffitsentini
ko‘tarilishiga olib keladi, lekin barqaror holatdagi o‘sish sur’atiga ta’sir
ko‘rsatmaydi. Shu sababli barqaror holatdagi iqtisodiy o‘sishning yagona sharti
texnologik taraqqiyotning o‘sish sur’ati hisoblanadi.
12.5. Texnologik taraqqiyotning iqtisodiy o‘sishga ta’siri. Felpsning «oltin
qoidasi».
Iqtisodiy o‘sishning investitsiyalar va bandlar sonining oshishidan keyingi
uchinchi manbasi bo‘lib, texnologik taraqqiyot hisoblanadi. Neoklassik nazariyada
texnik (texnologik) taraqqiyot deganda ishlab chiqarishning mashinalashtirilishi
emas, balki, ishlab chiqarishdagi sifat o‘zgarishlari (ishchilarning ma’lumot
darajalari va malakalarining o‘sishi, ishlab chiqarishni tashkil qilishning
yaxshilanishi, ishlab chiqarish ko‘lamining kengayishi) tushuniladi.
Modelga texnologik taraqqiyotning kiritilishi ishlab chiqarish funksiyasini
o‘zgartirib, u quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi:
𝑌 = 𝑓(𝐾, 𝐿 × 𝐸)
Bu yerda(E)- mehnat birligi samaradorligi (ishchi kuchining salomatligi,
ma’lumoti va malakasiga bog‘liq):
(L×E) - doimiy samaradorlik E ga ega shartli mehnat birliklari soni.
E qanchalik katta bo‘lsa, mavjud ishchilar soni bilan shuncha ko‘p mahsulot
ishlab chiqarilishi mumkin.
70
Texnologik taraqqiyot mehnat samaradorligi(E) ning doimiy surat (g) bilan
o‘sishga olib keladi. Shuning uchun g =2% bo‘lganda, mehnatning har bir birligidan
qaytim yiliga 2% ga oshadi, bu esa ishlab chiqarish hajmining ishchi kuchi yiliga
2% o‘sgandagi kabi o‘sishiga olib keladi. Texnik taraqqyotning bunday shakli
70
N. Gregory Mankiw. Macroeconomics. 8 th edition. Harvard University. (NY.: Worth Publishers, 2013): 236
153
mehnatni tejaydi deyiladi, (g)– esa mehnatning tejaydigan texnologik taraqqiyotning
surati.
Endi texnologik taraqqiyot holatidagi kapital bilan qurollanganlikning barqaror
darajasini aniqlash mumkin. Agar bandlarning soni (L) (n) sur’at bilan oshayotgan
bo‘lsa, samaradorlik (E) esa (g)sur’at bilan o‘sayotgan bo‘lsa, unda (LE) (n+g)
sur’at bilan oshib boradi.
Doimiy samaradorlikka ega bir mehnat birligiga to‘g‘ri keladigan kapital
k
1
=[K/(LE)] ni tashkil etadi. Doimiy samaradorlik bilan mehnat birligiga to‘g‘ri
keladigan ishlab chiqarish hajmi esa y=Y/(LE)ni tashkil etadi. Bunda barqaror
muvozanatlilik holatiga quyidagi shartda erishiladi:
𝒔𝒇(𝒌) = (𝒅 + 𝒏 + 𝒈)𝒌
Tenglama kapital bilan qurollanganlikning, o‘zgarmas samaradorlikka ega
bo‘lgan mehnat birligiga to‘g‘ri keladigan kapital va ishlab chiqarishning
doimiyligini ta’minlaydigan, faqatgina bitta darajasi (k*) mavjud ekanligini
ko‘rsatadi. Bu barqaror holat iqtisodiyotning uzoq muddatli muvozanatini
ifodalaydi.(12.5.-rasm).
12.5.-rasm Texnologik taraqqiyotning barqaror muvozanatga ta’siri
71
(k
1
*) ning barqaror (qat’iy) holatida texnologik taraqqiyot mavjud bo‘lgan
sharoitda kapital hajmi (K) va ishlab chiqarish (Y) (n+g) sur’at bilan o‘sadi. Bir
ishchi hisobiga to‘g‘ri keladagan kapital bilan qurollanganlik (K/ L) va ishlab
chiqarish (Y/L) (g)- sur’at bilan o‘sib boradi. Bu R.Solou modelida texnologik
taraqqiyot-turmush darajasi uzluksiz o‘sishining yagona sharti ekanligini ko‘rsatadi.
71
N. Gregory Mankiw. Macroeconomics. 8 th edition. Harvard University. (NY.: Worth Publishers, 2013): 238
154
Shunday qilib, R.Solou modeli iqtisodiy o‘sishning 3 manbaiinvestitsiyalar,
ishchi kuchi soni va texnologik taraqqiyot o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlikni yoritish
imkonini beradi.
Davlat iqtisodiy o‘sishga jamg‘arma me’yori va texnologik taraqqiyotni
jadallashtirish orqali ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Jamg‘arma me’yori qanday bo‘lishi kerak? Aniqlaganimizdek muvozanatli
iqtisodiy o‘sish jamg‘armaning turli me’yorlari bilan muvofiqlashadi. Shuning
uchun maksimal iste’mol darajasi bilan iqtisodiy o‘sishni ta’minlaydigan me’yor
optimal bo‘ladi. Bunday me’yor “Oltin qoida” ga muvofiq keladi. Jamg‘armaning
bu me’yoriga mos keladigan kapial bilan qurollanganlik darajasini (k**) bilan
iste’molni esa – (C**) bilan belgilaymiz. Oldin biz ishlab chiqariladigan mahsulot
iste’mol va investitsiyalarga sarflanadi deb belgilagan edik:
Y=C+I
bundan C=Y-I kelib chiqadi.
Berilgan parametrlarning o‘rniga ular barqaror holatidagi ifodasini qo‘ysak,
quyidagiga ega bo‘lamiz:
C*=f(k*)-dk*,
bu yerda C*- barqaror o‘sish holatidagi iste’mol.
Iste’mol hajmi maksimal bo‘ladigan kapital bilan qurollanganlikning barqaror
darajasi “Oltin qoida”ga muvofiq keladi.
72
12.6.-rasm. Felpsning «oltin qoidasi» bo‘yicha iste’molning barqaror
darajasi
73
72
N. Gregory Mankiw. Macroeconomics. 8 th edition. Harvard University. (NY.: Worth Publishers, 2013): 217
73
N. Gregory Mankiw. Macroeconomics. 8 th edition. Harvard University. (NY.: Worth Publishers, 2013): 218
Y*
dk*
C**
k**
k
dk*
f(k*)
155
“Oltin qoida” darajasiga mos keladigan kapital bilan qurollanganlik holatida
f(k*) ishlab chiqarish funksiyasi va dk* chizig‘i bir xil og‘maga ega va ist’mol
maksimal darajaga erishadi.
k** kapital bilan qurollanganlik darajasida kapital zahirasining bir birlikka
oshishi ishlab chiqarish o‘sishini keltirib chiqaradi (kapitalning chegaraviy
mahsulotiga teng keladigan) va kapitalning d kattalikka chiqib ktishini oshiradi.
Shunday qilib, “Oltin qoida”ga mos keladigan k** kapital bilan qurollanganlik
darajasida MPK=d shart bajariladi. Aholi o‘sishi va texnologik taraqqiyotni hisobga
olgan holda esa MPK=d+n+g shart bajariladi.
Agar iqtisodiyot “Oltin qoida” bo‘yicha ega bo‘lishi mumkin bo‘lgan kapital
zahirasidan ortiqcha kapital zahirasi bilan rivojlanayotgan bo‘lsa, unda bu holatda
jamg‘arma me’yorini pasaytirishga yo‘naltrilgan siyosatni amalga oshirish zarur.
Jamg‘arma me’yorining kamayishi iste’molning oshishi va unga muvofiq ravishda
investitsiyalarning pasayishiga olib keladi, demak kapital zahirasining barqaror
darajasining pasayishiga ham olib keladi.
Agar iqtisodiyot barqarorlik holatida “Oltin qoida” dagidan kam kapital bilan
qurollanganlik bilan rivojlanayotgan bo‘lsa, unda jamg‘arma me’yorini oshirish
zarur. Bu investitsiyalarni oshirib iste’molni pasaytiradi, lekin kapitalning
jamg‘arilib borishi bo‘yicha qandaydir vaqtdan boshlab yana o‘sa boshlaydi.
Natijada iqtisodiyot yana yangi muvozanat holatiga erishadi ammo oltin qoidaga
muvofiq bo‘lgan holda, bunda iste’mol dastlabkiga nisbatan yuqoriroq darajaga ega
bo‘ladi.
R.Solou modeli texnologik taraqqiyotni farovonlikni barqaror oshiruvchi va
o‘sishning optimal variantini topishga imkon yaratuvchi yagona asos sifatida
ko‘rsatadi. Biroq u texnologik taraqqiyotni tashqi (ekzogen) omil sifatida ko‘rib
chiqadi, demakki uni tushuntirmaydi. Ayrim olimlarning fikricha, texnologik
taraqqiyotning determinantlari bugungi kunda etarlicha aniq emas. Biroq davlat
siyosati turli xil instrumentlardan shu jumladan ilmiy tadqiqot va loyiha –
konstruktorlik ishlaridan foydalanib texnologik taraqqiyotni rag‘batlantirishi
mumkin. Masalan, patent qonunchiligini mukammallashtirib, ayrim rivojlangan
mamlakatlar (AQSh,Yaponiya, Germaniya) uzoq muddat davomida yangi
mahsulotni ishlab chiqarish huquqiga monopoliyani berishdi. Soliq to‘g‘risidagi
qonunlar ko‘pgina mamlakatlarda ilmiy tadqiqot tashkilotlariga bir qancha
imtiyozlar beradi. Maxsus tashkil etilgan milliy ilmiy fondlar fundamental ilmiy
tadqiqotlarga subsidiyalar beradi. Hozirgi kunda mablag‘larni inson kapitaliga
yo‘naltirish ham muhim masalalardan biri bo‘lib kelmoqda, texnologik taraqqiyotda
u asosiy rolni o‘ynaydi.
156
12.6. Iqtisodiy o‘sishning J.Mid va A. Lyuis modellari.
J.Midning iqtisodiy o‘sish modeli ham
neoklassik asoslarga ega. U iqtisodiy
o‘sishni chekli unumdorlik qonuni qo‘llaniladigan marjinalistik yondoshuvlar bilan
tushuntiradi. O‘z konsepsiyasini J. Mid “Iqtisodiy o‘sishning neoklassik nazariyasi”
(1961 y.) kitobida bayon etdi. Kobb- Duglas funksiyasining zamonaviylashtirilgan
variantidan foydalanib, J Mid barqaror dinamik muvozanat imkoniyati tenglamasini
keltirib chiqardi.
𝒀 = 𝜶𝒌 + 𝜷𝑳 + 𝒓
bu yerda:
Y-milliy daromadning o‘rtacha yillik o‘sish surati:
k- kapitalning o‘rtacha yillik o‘sish sur’ati;
L- mehnatning o‘rtacha yillik o‘sish sur’ati;
α- milliy daromadda kapitalning ulushi;
β- milliy daromadda mehnatning ulushi;
r- texnologik taraqqiyot sur’ati.
Tenglama, milliy daromadning o‘sish sur’ati milliy daromadda ega bo‘lgan
ulushi bo‘yicha mehnat va kapital o‘sish sur’atlarining yig‘indisiga texnologik
taraqqiyot sur’ati qo‘shilishidan paydo bo‘lgan miqdorga teng bo‘lishini ko‘rsatadi.
Mehnat va texnologik taraqqiyot o‘sish sur’atlarini doimiy deb taxmin qilib J. Mid
quyidagi xulosaga keldi; iqtisodiy o‘sishning barqaror sur’ati kapital o‘sishning
barqaror sur’atlari va uning milliy daromad o‘sish sur’atlari bilan tengligi sharoitida
erishiladi. Agar kapitalning o‘sish sur’atlari milliy daromadning o‘sish sur’atlaridan
oshsa, unda bu jamg‘arish sur’atlarining o‘z-o‘zidan pasayishiga olib keladi.
Bunday bog‘liqlik J.Midning jamg‘arishning milliy daromaddagi ulushi
doimiy deb shart kiritganligining natijasidir. Shu sababli kapital jamg‘arishning
(investitsiyalarning) yuqoriroq sur’atlarini moliyalashtirish uchun zarur bo‘lgan
jamg‘armalarning qo‘shimcha o‘sishi birichisidan orqada qoladi va unga salbiy
ta’sir ko‘rsatadi. Agar kapitalning o‘sish sur’ati milliy daromadning o‘sish
sur’atidan orqada qolsa teskari holat ro‘y beradi.
Mehnat unumdorligi o‘sish sur’atlarining dinamik muvozanatga ta’sirini ko‘rib
chiqib J. Mid agar ular kapital jamg‘arish sur’atidan oshsa unda chekli mehnat
unumdorligining pasayishi natijasida mehnatning kapital bilan almashtirilishi hosil
bo‘ladi degan xulosaga keldi. Ishlab chiqarish jarayonida ularning yangi nisbati esa
mehnatning ham, kapitalning ham to‘liq bandligini ta’minlaydi. Shu bilan birga J.
Mid real holatda mehnatning va kapital jamg‘arilishining o‘sish sur’atlari o‘rtasida
muvofiqlikka amal qilish zarurligiga e’tibor qaratgan. Aks holda, agar mehnatning
157
o‘sishi shunga muvofiq kapital oshishi bilan birga bormasa ishlab chiqarishning
o‘sishi ro‘y bermaydi, chunki ishchi kuchining o‘sishi ortiqcha bo‘lib ishsizlik
vujudga keladi. Agar kapital mehnat unumdoligini o‘sish sur’atlaridan tezroq o‘ssa,
unda ortiqcha ishlab chiqarish quvvatlari hosil bo‘ladi. Biroq bu holda ham dinamik
muvozanatga erishish usullari mavjud. J. Mid bozorlarning neoklassik nazariyasiga
asoslanib ularni ko‘rsatadi.
Bunda, mehnat bozorida ishsizlikning vujudga kelishi raqobatni kuchaytiradi,
bu esa o‘z navbatida ish haqi stavkalarining pasayishiga va kapitalning
foydaliligining o‘sishiga olib keladi. Natijada jamg‘arish sur’atlari oshadi va ishchi
kuchining o‘sish sur’atlari bilan tenglashadi. J. Mid modelida davlat pul-kredit
siyosatidan foydalangan holda faqatgina bilvosita barqarorlashtiruvchi rolini
bajarishi kerak. Faqat shugina daromadlar va jamg‘armalarni qayta taqsimlashning,
resurslarning zarur bandligi va barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlaydigan, samarali
mexanizmini yaratish imkonini beradi.
A. Lyuis o‘z modelida ishchi kuchi zahirasi (rezerv) ni iqtisodiy o‘sishning
asosi sifatida ko‘rib chiqadi. Shuning uchun uning fikricha, bu model “aholi zichligi
yuqori, kapital taqchil, tabiiy resurslar esa cheklangan” davlatlar uchun qo‘l keladi.
Bunday mamlakatlarga A. Lyuis Hindiston, Pokiston, Misr va boshqalarni kiritadi.
A. Lyuis o‘z konsepsiyasida erkin bozor g‘oyasiga asoslanganligi tufayli, tahlil
markaziga tadbirkor shaxsini qo‘yadi. U bozorda mavjud ishlab chiqarish
omillaridan, ya’ni mehnat, yer va kapitaldan foydalanish xususida qarorlar qabul
qiladi, Model iqtisodiyotning ikki sektori: agrar va sanoat sektorlarini hisobga olgan
holda quriladi:. Agrar sektorda mehnat resurslarining taklifi cheklanmagan, mehnat
unumdoligi juda past, chekli mahsulot esa nolga teng deb taxmin qilinadi. Bu esa
qishloq xo‘jaligidan ishchi kuchining “olinishi” ishlab chiqarish qisqarishiga olib
kelmasligini anglatadi. Qishloq xo‘jaligida ishchilarning ish haqi yashash minimumi
darajasida bo‘lgani sababli, bu ishchi kuchidan sanoatda foydalanish hech qanday
muammo tug‘dirmaydi. Bu sektordagi mehnat unumdoligi agrar sektordagidan
ancha yuqori.
Shunday qilib, A. Lyuis modelining vazifasi mehnat resurslarining bir qismini
qishloq xo‘jaligidan sanoatga qayta taqsimlash va bu bilan iqtisodiy o‘sish
sur’atining tezlanishiga erishish hisoblanadi. Bu jarayonda asosiy mexanizm bo‘lib
tarmoqlararo bozor xizmat qiladi.
Sanoat ishlab chiqarish mashtablarini kengaytirib, o‘z ishchilarining
daromadlari o‘sishini ta’minlaydi, bu esa ichki talabni oshishiga ko‘maklashadi.
Bunda tadbirkorlar o‘sib borayotgan daromadlarni ishlab chiqarishni kengaytirishga
158
yo‘naltiradilar. Bu daromadlar keyinchalik iqtisodiy o‘sishga dinamik ta’sir
ko‘rsatadi.
Iqtisodiy o‘sishning o‘zini A. Lyuis ikki turga ajratadi: sanoatda uning manbai
bo‘lib qo‘shimcha ishchi kuchidan foydalanish hisoblanadi (ekstensiv tur), qishloq
xo‘jaligida esa- chekli mehnat unumdorligining oshishi (intensiv tur). Iqtisodiy
o‘sishning bu ikki turi investitsiyalashning ikki turli xil funksiyalariga muvofiq
keladi. Sanoatda gap asosan kapitalni kengaytirish ustida boradi. Shuning uchun
investitsiyalarning berilgan funksiyasi yakuniy sanoat mahsulotiga talabga bog‘liq
bo‘ladi. Uning o‘sishi daromadlar oshishi va investitsiyalar kengayishini
rag‘batlantiradi. Qishloq xo‘jaligida, aksincha, investsiyalar daromadlarning
qisqarishiga bog‘liq holda kengayadi: ish haqiga xarajatlarning ko‘payishi
fermerlarni qo‘l mehnatini mashina mehnati bilan almashtirishga majbur qiladi.
O‘z modelini rivojlanayotgan mamlakatlar uchun ishlab chiqib A. Lyuis uni
industrial bosqichni o‘tgan g‘arbiy mamlakatlar uchun to‘g‘ri kelmaydi, deb
hisoblagan. Boshqa mualliflar esa, aksincha, uni rivojlangan iqtisodiyot sharoitlari
uchun maqbul deb hisoblashadi. Sh.
Kindlberger o‘z tahlilida ko‘rsatganidek iqtisodiy o‘sishning mehnat va kapital bilan
bog‘liqligining eng yaxshi namunasi bo‘lib GFR, Italiya, Shveysariya, va
Niderlandiya hisoblanadi. Buyuk Britaniya , Belgiya, Shvetsiya, Norvegiya va
Daniya kabi mamlakatlar ham A. Lyuis modelini teskari bog‘liqlikda bo‘lsada,
tasdiqlashdi: bu mamlakatlarda iqtisodiy o‘sishning past sur’atlari mehnat resurslari
va ishlab chiqarish quvvatlaridan cheklangan holda foydalanish bilan bog‘liq edi.
Yana bir guruhni sezilarli ishchi kuchi ortiqchaligini boshidan kechirgan
mamlakatlar tashkil etadi (Ispaniya, Portugaliya, Gretsiya, Yugoslaviya, Turkiya).
Ularning iqtisodiy o‘sishi ham Sh. Kindlberger fikricha A. Lyuis modeliga to‘g‘ri
keladi. Bu mamlakatlar nafaqat o‘z sanoatini balki boshqa yevropa davlatlari
sanoatini ham ishchi kuchi bilan ta’minlar edi va butun qit’a uchun o‘ziga xos
mehnat zahirasi fondi vazifasini bajargan edi.
Agar barcha modellarni umumlashtirgan holda o‘rganadigan bo‘lsak, bugungi
kunda ayni bir modelning iqtisodiyotda to‘liq qo‘llanilayotganligini ko‘rishning iloji
yo‘q deb o‘ylaymiz. Keynschilar bu borada iqtisodiy o‘sishni modellashtirishda
asosiy e’tiborni investitsiya va davlat boshqaruviga qaratsa, neoklassiklar davlat
boshqaruvini inkor etgan holda barcha ishlab chiqarish omillarining samadorlik
jihatlarini ustuvor deb hisoblashadi.
Bizning fikrimizcha biror davlat o‘z iqtisodiyotini barqaror rivojlantirish
yo‘lida ayni bir iqtisodiy o‘sish modelini tanlamasdan, o‘z mamlakat tabiiy, ijtimoiy
hamda iqtisodiy salohiyatidan kelib chiqqan holda, aholining urf-odatlari, an’analari
159
va mentalitetidan kelib chiqqan holda o‘z iqtisodiy o‘sish modelini ishlab chiqishi
lozimdir. Shundan so‘ng bu mamlakat iqtisodiyoti turli xil tashqi ta’sirlarga
sezuvchanlik darajasi kamayadi va jahon iqtisodiyoti bo‘ylab sodir bo‘layotgan
inqirozlarga qarshi chidamlilik darajasi yetarlicha yuqori bo‘ladi. Bunga yaqqol
misol sifatida mamlakatimiz Birinchi Prezidenti tomonidan ishlab chiqilgan
rivojlanishning “O‘zbek modeli” ni keltirishimiz mumkin.
Qisqacha xulosalar
Iqtisodiy o‘sish to‘liq bandlilik sharoitiga mos keluvchi potensial ishlab
chiqarish potensial YaIM hajmining uzoq muddatli ko‘payishi tendensiyasini
anglatadi. U o‘sish ishlab chiqarish natijalari va omillarida ro‘y beradigan miqdor va
sifat o‘zgarishlarini xarakterlaydi.
Iqtisodiy o‘sish real YaIM ning, yoki aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan real
YaIM ni o‘sish sur’ati bilan o‘lchanadi.
Iqtisodiy o‘sish taklif, talab va taqsimot omillari bilan belgilanadi.
Iqtisodiy o‘sishni belgilovchi talab omillariga tabiiy resurslar soni va sifati,
mehnat resurslari soni va sifati, kapital, texnologiya va boshqalar kiradi.
Bulardan foydalanish usuliga ko‘ra iqtisodiy o‘sish ekstensiv va intensiv
turlarga bo‘linadi. Ishlab chiqarish resurslar miqdorini o‘zgartirmagan holda o‘ssa,
intensiv omillar hisobiga amalga oshgan hisoblanadi.
Iqtisodiy o‘sish modellari deganda iqtisodiy o‘sishni tahlil qilishda
foydalaniladigan, ularning manbalarini aniqlash va qonuniyatlarini ochib berishga
xizmat qiluvchi modellar tushuniladi.
Keynschilar (Xarrod, Domar) modellarida iqtisodiy o‘sishning asosiy omil
investitsiyalar deb qaraladi. Jamg‘arish normasini ko‘tarish orqali investitsiyalarni
ko‘paytirish va ularning samaradorligini oshirish ihtisodiy o‘sish shartlari deb
qaraladi.
Klassik modellarda iqtisodiy o‘sish ishlab chiqarishning barcha omillariga
bog‘liq, mehnat va kapital o‘zaro almashiniladi deb qaraladi. Shunga ko‘ra
kapitalning ma’lum darajasida mehnatning kapital bilan qurollanganlik darajasi, o‘z
navbatida ishlab chiqarish hajmi ham turlicha bo‘ladi.
Neoklassik nazariyasi vakili Robert Solou (1924 yilda tug‘ilgan) o‘z modelida
jamg‘armalar, mehnat resurslari o‘sishi va ilmiy-texnik taraqqiyotning aholi
turmush darajasi va uning dinamikasiga ta’sir qilish mexanizmini aniqladi. Ushbu
model iqtisodiy o‘sishning muvozanatli traektoriyalarini tadqiq qilishga
mo‘ljallangan bo‘lib, differensial tenglamalar tizimi shaklida namoyon bo‘ladi.
Mazkur model o‘sayotgan asosiy kapitalning jon boshiga mahsulotlar ishlab
160
chiqarish hajmini oshirishga olib kelishi mexanizmini ko‘rsatadi. R. Solouning
asosiy xulosasi shuki, uzoq muddatda iqtisodiy o‘sish sur’atlari kapital qo‘yilmalar
oshishiga emas, balki texnologik rivojlanish omiliga bog‘liq bo‘ladi. SHunday ekan,
uningcha doimiy texnik rivojlanish va resurslardan samarali foydalanish iqtisodiy
o‘sishning asosiy omillari hisoblanadi.
Dj. Mid modeli ham neoklassik asoslarga ega bo‘lib, iqtisodiy o‘sishni
marjinalistik yondashuvlar orqali tushuntiradi. O‘z konsepsiyasini Dj. Mid
“Iqtisodiy o‘sishning neoklassik nazariyasi” (1961 y.) nomli kitobida ifodalagan.
Dj. Mid modelida davlat faqatgina pul-kredit siyosatidan foydalanilgan holda
barqarorlashtiradigan vazifani bajaradi. Faqatgina shu resurslarning zarur bandligi
va barqaror iqtisodiy o‘sishning ta’minlaydigan daromad va jamg‘armalarning qayta
taqsimlash mexanizmini yaratishga imkon beradi.
Nazorat va muhokama uchun savollar
1.
Iqtisodiy o‘sish tushunchasi va uni o‘lchash usullarini izohlab bering.
2.
Iqtisodiy o‘sish omillarini ishlab chiqarish, talab va taklif omillariga qaysi
tamoyillarga asoslanib bo‘linadi?
3.
Ekstensiv va intensiv iqtisodiy o‘sishning farqlari nimada, sof intensiv
o‘sishga erishish mumkinmi?
4.
Domar modelida investitsiyalar tahlili Keyns tahliliga nisbatan qanday farq
qiladi?
5.
Domar modelining asosiy o‘zgaruvchilariga tavsif bering va uning
mohiyatini tushuntiring?
6.
Iqtisodiy o‘sishningneoklassik modellari neokeynscha modellardan qaysi
jihatlariga ko‘ra farq qiladi?
7.
R. Solouning iqtisodiy o‘sish modeli qanday nazariy asoslarga ega?
8.
Barqaror dinamik muvozanat deganda iqtisodiyotning qanday holati
tushuniladi?
9.
Soluning iqtisodiy o‘sish modelida jamg‘arish normasining iqtisodiy
o‘sishga ta’siri qanday izohlangan?
10.
Kapitalning chiqib ketishini iqtisodiy o‘sishga ta’sirini tushuntirib bering?
11.
Aholi sonining o‘sishi kapital bilan qurollanganlik darajasiga va ishlab
chiqarish hajmiga qay yo‘sinda ta’sir ko‘rsatadi?
12.
.Solou modelidagi texnologik taraqqiyotning mohiyatini izohlang.
13.
Felpsning “oltin qoidasi” mohiyatinit tushuntirib bering.
161
14.
J.Mid o‘z modelida mehnat unumdorligi va kapital jdamg‘arishining o‘sishi
sur’atlari o‘rtasidagi bog‘liqlik qanday ifodalangan?
15.
A.Lyuis modeliga ko‘ra iqtisodiy o‘sishni ta’minlash shartlari nimalardan
iborat?
Dostları ilə paylaş: |