bo‘lishini ifodalovchi qonun-qoidalarni kashf etish, yaratishdir. Samoviy jismlar harakatini Kepler
etishgan bo‘lsa, al-Farg‘oniy jadvallar shaklida izohlagan. Azimutlar, admuntaratlar, parallellar
radiuslari, ekliptika, sferik falakiyot va sferik trigonometriya jadvallari shular jumlasidandir. O‘sha
berishning yagona usuli mana shu jadvallar edi. Jadvalning fazilati — uning jonli mulohazaga
X. Nazariya va amaliyot. Bunga misol — nilomer. Al-Farg‘oniy Misrning Nil daryosida suv
oqimining hajmi va tezligini o‘lchaydigan asbobni yuksak bilimdonlik bilan ta’mirlaydi. Uning nomi
Ahmad al-Farg’oniyning
fanniy olami
www.ziyouz.com кутубхонаси
8
nilomer deb ataladi, u miqyos an-Nil yoki Miqyosi jadid ham deyiladi.
A.Muhammadjonov: «Yozma manbalarning guvohlik berishicha, agar Nil daryosida sug‘orish
mavsumida suv sathi faqat 12 tirsakkacha ko‘tarilsa, dehqonchilikda hosil mutlaqo bo‘lmay,
mamlakatda ocharchilik boshlangan; 13 tirsakda bug‘doy hosil bermagan; 14da o‘rtacha hosil
yetishtirilgan; 15 tirsakda ekinlar yaxshi hosilga kirgan; 16 tirsakda esa hosil nihoyatda ko‘p bo‘lib,
mamlakatda ma’murchilik boshlangan. Xullas, Nil daryosi oqimidagi mavsumiy o‘zgarishlar va ularning
darajotlari muttasil kuzatilib, oqim sathini belgilash, shubhasiz, Misr dehqonchiligi bilan chambarchas
bog‘liq bo‘lgan».
Dehqonlardan soliq olish mana shu ko‘rsatkichlarga asoslangan.
A.O‘rolov: «Nilomer joylashgan joyda arab tilida toshga o‘yib ishlangan yozuvlar joylashtirilgan.
Unda ushbu nilomerning Ahmad al-Farg‘oniy tomonidan bunyod etilgani ham ko‘rsatilgan bo‘lib,
yozuvlar bizgacha saqlanib qolgan..., nilomer o‘ta nozik did bilan ishlangan me’moriy bezaklarga boy
moddiy san’at asari hamdir. O‘lchagich ustunning nozik o‘lchamlari, ustun boshasi(kapiteli)ning
jimjimadorligi, bezaklari... o‘z davrining yuqori professional saviyasida ishlangan me’moriy yodgorligi
tarzida ham saqlanishi zarur bo‘lgan noyob inshootdir».
Nilomer daryo suvining oqishini o‘lchaydi, degan so‘zning ma’nosi, avvalo, suv hajmining
o‘zgarishi qonuniyatini aniqlash demakdir. Ya’ni u borgan sari ko‘paymoqdami yoki kamaymoqdami,
taqdiri nima bo‘ladi? Dehqonchilikning, binobarin, aholining iqtisodiy taqdirini oldindan bilish
imkoniyatlaridan biridir bu o‘lchash vositasi.
Dostları ilə paylaş: