Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:

Microsoft Word maruza matni docx



Yüklə 0,49 Mb.
Pdf görüntüsü
tarix18.09.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#144909
1-ma\'ruza

 
 
 
 


1-MA’RUZA: JavaScript dasturlash tili va uning imkoniyatlari 
Reja: 
1. JavaScript dasturlash tilida ishlash.
2. JavaScript dasturlash tilining imkoniyatlari va boshqa dasturlash tillari 
bilan bogʻliqligi.
1. JavaScript haqida ma'lumot. 
JavaScript o'zi nima?
Bu dastur 1995-yili dekabrda Live Script nomi bilan atala 
boshlangan edi. JavaScripning rasmiy nomi esa Ecmas script bo'lar edi. Tez orada 
JavaScriptga o'zgartirildi. JavaScript bu webni geperma tilini sahifalarini klent tomonidan 
ko'rish senariyalarini boshqarish tilidir. JavaScript tilini mashhur qilgan narsa bu klent 
tomonidan dasturlashdir. JavaScript asosiy vazifasi konteynerlar atributlarining 
qiymatlarini ko'rsatuvchi muhiti hossalarini HTML sarlavxalarini ko'rish jarayonida 
foydalanuvchi tomonidan o'zgartirish imkoniyatlaridan bepul, boshqacha aytganda ularni 
dinamik sarlavxalarini qo'shish mumkin. Yana shuni aytish kerak: sarlavxalarini qayta 
yuklab bo'lmaydi. JavaScript dasturlar yaratish uchun hech qanday qo'shma vositalar kerak 
bo'lmaydi. 
JavaScript yordamida brauzerd ishni boshqarish mumkin. JavaScript dakumentdagi 
ma'lumotlar bilan bog'lanish imkoniyatini beradi. JavaScript foydalanuvchi bilan aloqa 
qilishga hatto imkon beradi. JavaScript hodisalarini qayta ishlovchi sifatida ixtiyoriy yangi 
oldindan berilgan funksiyalarda foydalanish inkonini ham beradi. JavaScript bo'yicha 
o'quv qo'llanmalarda JavaScriptni qo'llashning bayonini odatda SCRIPT kontentlaridan 
boshlanadi. 
JavaScript brauzer tomonidan bajariladi. JavaScripning funksioni qo'llanishining 4 
xil usuli mavjud. 1-usuli gepermatnli o'tish, 2-usuli xodisalarni qayta ishlash, 3-usuli 
o'rniga qo'yish, 4-qo'yish usuli hisoblanadi. JavaScript ixtiyoriy matematik hisoblarni 
bajarish imkoniyatlarini beradi. Bundan tashqari bu tilda vaqt va sanalarining qiymatlari 
bilan ishlovchi yuqori darajada rivojlangan vositalar mavjuddir. 
JavaScript nima?
Bu savolga har xil javob berish mumkin. Bu dasturlash tili, to'g'rirog'i veb dasturlash 
tili, undan ham to'g'rirog'i klient(brauzer) tomonda ishlaydigan dasturlash tili, ya'ni bu veb 
dasturlash tili ishlashi uchun hech qanday server (Apache, ngnix) kerak emas, oddiy 
brauzerda(Javascript'da yozilgan kodlar) ishlayveradi. 
Bu til nima uchun kerak?
Bu dasturlash tili orqali serverga so'rov jo'natmasdan, so'rovlarni(javascript 
kodlarini), ya'ni yozilgan kodlar natijasini, brauzerni ishga tushirgan holda olishingiz 
mumkin. Asosan interaktiv (dinamik) saytlar tuzish uchun kerak. 
Yuqoridagi fikr nima degani?
Har xil turdagi veb dasturlash tillari mavjud, misol uchun, 
PHP
, ASP, 
JAVA
. Bu 
dasturlash tillari serverga murojaat qilgan holda ishlaydi. Misol uchun, siz arifmetik 
qo'shish amalini bajarmoqdasiz, yig'indini olish uchun, siz yozgan kod, veb serverga 
jo'natiladi, server bu kodni qayta ishlaydi va natijani sizga jo'natadi. Shu tariqa siz natijani 
olasiz, brauzer ham serverdan javob(natija) kelguncha aylanib yotadi. Bundan ko'rinib 
turibdiki, saytning(veb sahifaning) ishlash tezligi server sozlamalariga, servergacha 
bo'lgan masofaga, aloqa kabellariga va boshqa narsalarga bog'liq bo'lib qoladi. 


JavaScript'da yozilgan kodlar esa, hech qanday serverga murojaatni amalga oshirmaydi, 
shu sababli bu dasturlash tili kodlari brauzerni qayta yuklamasdan ishlayveradi. 
JavaScript veb dasturlash tilini qachon o'rgangan ma'qul?
Bu dasturlash tilini 
HTML

CSS
kabilarni o'rganib olgandan keyin boshlagan 
yaxshi. Shunda o'rganish ham oson bo'ladi. Ko'pchilik darhol PHP veb dasturlash tilini 
o'rganishni boshlab yuborishadi, keyin qiynalib qolishadi, fikrimizcha dasturlash tilidan 
dastlab Javascript'ni o'rgangan yaxshi va yengil. 
JavaScript kodlari orqali nimalarni qilib bo'lmaydi?

grafika bilan ishlay olmaydi, ya'ni o'zi grafik ob'yektlar hosil qila olmaydi; 

fayllar bilan ishlay olmaydi; 

ma'lumotlar bazasi bilan ishlay olmaydi; 

tarmoq texnologiyalari bilan ishlay olmaydi, va boshqa murakkab ishlarni 
qilishga qiynaladi yoki qilaolmaydi. 
Bu til kodlari ishlash tezligi qanday?
Agar sodda kodlar bo'lsa, albatta tez ishlaydi, lekin kodlar murakkab bo'lsa boshqa veb 
dasturlash tillariga(PHP, ASP)qaraganda sekinroq ishlaydi. Chunki yozilgan kodni qayta 
ishlashga yordam beradigan server yo'q, agar kodda xatoliklar bo'lsa, bu xatoliklarni 
brauzerni o'zi analiz qilishi lozim. 
JavaScript kodlari qayerga yoziladi, ya'ni u uchun IDE(muhit) mavjudmi? 
HTML kodlari qayerga yozilsa, javascript kodlari ham o'sha yerda yozilishi mumkin, 
o'rganish uchun eng yaxshi muhit, mani fikrimcha, 
Notepad++
. Undan tashqari quyidagi 
IDE'larda ham yozish mumkin: 

PHPStorm 

NetBeans 

Zend Studio 

PHPDesigner 
JavaScript kodlari ishlashi uchun nimalar kerak?
Umuman olganda brauzer bo'lsa bo'ldi, lekin brauzerning Javascript kodlarini o'qishi 
va ishga tushirishiga ruhsat beradigan funksiyasi yoqilgan bo'lishi kerak(
qanday yoqish 
qilish kerakligi haqida
). 
JavaScript dasturlash tili bilan, JAVA dasturlash tili bitta narsami? 
Yo'q, bu ikki til boshqa boshqa dasturlash tillari hisoblanadi. Ko'pchilik shu ikki 
tilni bitta deb o'ylashadi. JAVA kodlari JVM orqali ishlaydi. Bu til haqida to'liq 
ma'lumotni 
quyidagi
maqoladan o'qishingiz mumkin.
JavaScript tilini o'rganish uchun o'zbekcha darslarni qayerdan topsa bo'ladi? 
Agar sabr bilan kuzatib borsangiz, man, bu tilni, shu sayt(akmx.uz) orqali o'rgatib 
boraman.
2. JavaScript dasturlash tilining imkoniyatlari va boshqa dasturlash tillari bilan 
bogʻliqligi.
Javascript
– bu Webni gipermatnli sahifalarini klient tomonida ko‘rish 
senariyalarini boshqarish tili hisoblanadi. Yanada aniqroq aytadigan bo‘lsa, 
Javascript
– 
bu nafaqat klient tomonidagi dasturlash tili. Live ware 
Javascript 
tilining avlodi bo‘lib, 
Netscape serveri tomonida ishlovchi vosita. Ammo 
Javascript 
tilini mashhur qilgan narsa 
bu klient tomonida dasturlashdir. 


Javascript
ning asosiy vazifasi – 
HTML-konteynerlar
atributlarining qiymatlarini va 
ko‘rsatuvchi muhitining 
hossalirini
HTML-sarlavxalarni ko‘rish jarayonida foydalanuvchi 
tomonidan o‘zgartirish imkoniyatlari hamda ularni dinamik sarlavhalar qilish (DHTML). 
Amalda buni, quydagicha ifodalash mumkin, sarlavxaning fonini rangini yoki xujjatdagi 
rasmni o‘zgartirish, yangi oyna ochish yoki ogohlantirish oynasini chiqarish. 

JavaScript
” nomi Netscape kompaniyasining hususiy maxsuloti hisoblanadi. 
Microsoft tomonidan amalga oshirilgan til rasman 
Jscript
deb nomlanadi
. Jscript 
versiyalari 
Javascript
ning mos versiyalari bilan mos keladi.
Javascript
– ECMA (European Computer Manufacturers Association – Evropa 
Kompyuter Ishlab Chiqaruvchilar Assotsiyatsiyasi) tomonidan standartlashtirilgan. Mos 
standartlar quydagicha nomlanadi ECMA-262 va ISO-16262. Bugungi kunda 
Javascript
ning hamma versiyalari ham ECMA standartlariga mos kelavermaydi.
Javascriptning asosiy hususiyatlari.
Javascript
– bu Internet uchun katta bo‘lmagan 
klient va server ilovalarni yaratishga mo‘ljallangan nisbatan oddiy ob’ektga yo‘naltirilgan 
til. 
Javascript
tilida tuzilgan dasturlar HTML-xujjatning ichiga joylashtirilib ular bilan 
birga uzatiladi. Ko‘rish dasturlari (
brauzerlar
– 
browser
ingliz so‘zidan) Netscape 
Navigator va Microsoft Internet Explorer xujjat matniga joylashtirilgan dasturlarni 
(
Scriptkod
) uzatishadi va bojarishadi. 
Shunday qilib, 
Javascript
– interpritatorli dasturlash tili xisoblanadi. 
Javascript
da 
tuzilgan dasturlarga foydalanuvchi tomonidan kiritilayotgan ma’lumotlarni tekshirayotgan 
yoki xujjatni ochganda yoki yopganda biror bir amallarni bagaruvchi dasturlar misol 
bo‘lishi mumkin. 
JavaScript da yaratilgan dasturlarga misol sifatida foydalanuvchi tomonidan 
kiritilgan ma’lumotlarn tekshiruvchi, dokumentni ochish yoki yopish vaqtida qandaydir 
amallarni bajaruvchi dasturlarni keltirish mumkin. Bunday dasturlar foydalanuvchi 
tomonidan berilgan ko‘rsatmalarga – sichqoncha tugmachasini bosilishiga, ma’lumotlarni 
ekran orqali kiritishiga yoki sichqonchani sahifa bo‘ylab siljitilishiga ko‘ra ish bajaradi. 
Bundan tashqari JavaScript dagi dasturlar brauzerning o‘zini va dokumentning 
atributlarini ham boshqarishi mumkin. 
JavaScript dasturlash tili sintaktik jihatdan Java dasturlash tiliga, ob’ektli 
modellashni istisno qilgan holda, o‘hshab ketsada, lekin ma’lumotlarni statik tiplari va 
qat’iy tiplashtirish kabi hususiyatlarga ega bo‘lmaydi. JavaScript da Java dasturlash tilidan 
farq qilib, sinf (klass) tushunchasi bu tilning asosiy sintaktik qurilmasi hisoblanmaydi. 
Bunday asos sifatida foydalanilayotgan tizim tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan, 
oldindan aniqlangan ma’lumot tiplari: sonli, mantiqiy va satrli; mustaqil ham bo‘lishi, 
ob’ektning metodi (JavaScripda metod tushunchasi funktsiya/qism-dastur ning o‘zi) 
sifatida ham ishlatilishi mumkin bo‘lgan funktsiyalar; katta sondagi o‘z hossalariga va 
metodlariga ega bo‘lgan oldindan aniqlangan ob’ektlardan iborat ob’ektli model va yana 
dastur ichida foydalanuvchi tomonidan yangi ob’ektlarni berish qoidalari hisoblanadi. 
JavaScript da dasturlar yaratish uchun hech qanday qo‘shimcha vositalar kerak 
bulmaydi – faqatgina tegishli versiyadagi JavaScript qo‘llanishi mumkin bo‘lgan brauzer 
va DHTML-dokumentlarni yaratishga imkon beruvchi matn muharriri kerak bo‘ladi. 
JavaScript dagi dastur bevosita HTML –dokumentlarni ichiga joylashtirilganligi uchun 
dastur natijasini dokumentni brauzer yordamida ko‘rish orqali tekshirish mumkin va 
kerakli holda o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin. 


JavaScript dasturlash tilining imkoniyatlari.
Uning yordamida HTML –
dokumentlarning ko‘rinishi va tuzilishini dinamik ravishda boshqarish mumkin. Ekranda 
tasvirlanayotgan dokumentga brauzer tomonidan yuklangan dokumentning sintaktik tahlil 
qilish jarayonida istalgan HTML-kodlarni joylashtirish mumkin. “Dokument” ob’ekti 
yordamida foydalanuvchining oldingi bajargan amallari yoki boshqa bir faktorlarga ko‘ra 
yangi dokumentlarni avtomatik hosil qilish mumkin. 
JavaScript yordamida brauzer ishini boshqarish mumkin. Masalan, Window ob’ekti 
suzib yuruvchi oynalarni ekranga chiqarish, brauzerning yangi oynalarini yaratish, ochish 
va yopish, oynalarning yugurdagi va o‘lchamlarining rejimlarini o‘rnatish va hokazolar 
imkoniyatini beruvchi metodlarga ega. 
JavaScript dokumentdagi ma’lumotlar bilan bog‘lanish imkoniyatini beradi. 
Document ob’ekti va undagi mavjud ob’ektlar dasturlarga HTML-dokumentlarning 
qismlarini o‘qish va bazida ular bilan bog‘lanish imkoniyatini beradi. Matnning o‘zini 
o‘qish mumkin emas, lekin masalan berilgan dokumentdagi gipermatnli o‘tishlar 
ro‘yhatini olish mumkin. Hozirgi vaqtda Form ob’ekti va undagi mavjud bo‘lishi mumkin 
bo‘lgan ob’ektlar: Button, Checkbox, Hidden, Password, Radio, Reset, Select, Submit, 
Text va Textarealar dokumentdagi ma’lumotlar bilan bo‘g‘lanish uchun keng imkoniyatlar 
beradi. 
JavaScript foydalanuvchi bilan aloqa qilishga imkon beradi. Bu tilning eng muhim 
hususiyati unda amalga oshirilgan hodisalarni qayta ishlashni aniqlsh imkoniyati – ma’lum 
bir hodisaning (odatda foydalanuvchi tomonidan bajarilgan amal) ro‘y berish vaqtida 
bajariladigan dastur kodining ixtiyoriy qismi hisoblanadi. JavaScript hodisalarni qayta 
ishlovchi sifatida ixtiyoriy yangi oldindan berilgan funktsiyalardan foydalanish 
imkoniyatini beradi. Masalan, foydalanuvchi sichqoncha ko‘rsatkichini gipermatnli 
o‘tishlar ustiga keltirsa, holatlar satrida mahsus habarni chiqaruvchi yoki ma’lum bir 
amalni bajarishni tasdiqlashni so‘rovchi dialogli oynani ekranga chiqaruvchi yoki 
foydalanuvchi tomonidan kiritilgan qiymatlarni tekshiruvchi va hatolik yuz bergan holda 
kerakli ko‘rsatmalarni berib, to‘g‘ri qiymatni kiritishni so‘rovchi dasturlarni yaratish 
mumkin. 
JavaScript ixtiyoriy matematik hisoblashlarni bajarish imkoniyatini beradi. Bundan 
tashqari bu tilda vaqt va sanalarning qiymatlari bilan ishlovchi yuqori darajada rivojlangan 
vositalar mavjud. JavaScript CGI-dasturlarga va Perl dasturlash tiliga va to‘ldiruvchi 
sifatida ayrim hollarda Java tiliga muqobil til sifatida yaratilgan. 
Har bir boshlovchi dasturchining asosiy savoli: “Dasturlar qanday tuziladi va 
bajariladi?”. Bu savolga iloji boricha soddaroq, lekin 
JavaScript
-kodlarini 
qo‘llanilishining barcha usullarini unutmagan holda javob berishga harakat qilamiz. 
Birinchidan, 
JavaScript 
- kodlari brauzer tomonidan bajariladi. Unda mahsus 
JavaScript 
interpritatori mavjud. Unga ko‘ra programmaning bajarilishi interpretator 
tomonidan boshqaruvni qachon va qay tarzda olishiga bog‘liq bo‘ladi. Bu esa, o‘z 
navbatida kodning funktsiyaviy qo‘llanilishiga bo‘g‘liq bo‘ladi. Umuman olganda 
JavaScript
ning funktsional qo‘llanishining 4 hil usulini ajratib ko‘rsatish mumkin: 
1.
gipermatnli o‘tish (URL sxemasi);
2.
hodisalarni qayta ishlash (handler);
3.
o‘rniga qo‘yish(entity)
4.
qo‘yish (
SCRIPT 
konteyneri).


JavaScript
ni qo‘llashning bayoni odatda SCRIPT konteyneridan boshlanadi. Lekin 
dasturlash nuqtai nazaridan bu unchalik ham to‘g‘ri emas, chunki bunday tartib asosiy 
savol: “
JavaScript 
- kodi boshqaruvni qanday oladi?” ga javob bermaydi. Ya’ni 
JavaScript
da yozilgan va HTML-dokumentning ichiga joylashtirilgan dastur qanday tarzda 
chaqiriladi va bajariladi. 
HTML-sahifa muallifining kasbi va uning dasturlash asoslaridan habardarligining 
darajasiga qarab 
JavaScript
ni o‘zlashtirishga kirishishni bir necha xil variantlari mavjud. 
Agar siz klassik tillar (C, Fortran, C++, Java va h.) bo‘yicha dasturlovchi bo‘lsangiz, u 
holda dokument matni ichida dasturlashdan boshlagan ma’qul, agar siz Windows 
sistemasida dasturlashga o‘rgangan bo‘lsangiz, u holda hodisalarni qayta ishlashni 
dasturlashdan boshlaganingiz ma’qul, agar siz faqat HTML bo‘yichagina tajribaga ega 
bo‘lsangiz yoki anchadan beri dasturlash bilan shug‘ullanmayotgan bo‘lsangiz, u holda 
gipermatnli o‘tishlarni dasturlashdan boshlaganingiz ma’qul. 
URL-sxemali JavaScript.
URL sxemasi (Uniform Resource Locator)- bu Web-
texhologiyalarning asosiy elementlaridan biri. Web dagi har bir informatsion resurs 
o‘zining o‘ziga hos URLiga ega bo‘ladi. URL A konteynerining HREF atributida, IMG 
konteynerining SRC atributida, FORM konteynerining ACTION atributida va h.larda 
ko‘rsatiladi. Barcha URL lar resursga ruhsatning protokoliga bog‘liq bo‘lgan ruxsat 
sxemalariga bo‘linadi, masalan, FTP-arxiviga kirish uchun ftp sxemasi, Gopher-arxiviga 
kirish uchun gopher sxemasi, elektron maktublarni jo‘natish uchun smtp sxemasi 
qo‘llaniladi. Sxemaning tipi URLning birinchi komponentasiga ko‘ra aniqlanadi: 
http://directory/page.html
. Bu holatda URL http bilan boshlanayapti - mana shu kirish 
sxemasini aniqlashdir (sxema http). 
Gipermatnli sistemalar uchun dasturlash tillarining asosiy vazifasi gipermatnli 
o‘tishlarni dasturlashdir. Bu shuni bildiradiki, u yoki bu gipermatnli o‘tishlarni tanlashda 
gipermatnli o‘tishni amalga oshiruvchi dastur chaqiriladi. Web-texnologiyalarida standart 
dastur sifatida sahifani yuklash dasturi hisoblanadi. HTTP protokoli bo‘yicha standart 
o‘tishni 
JavaScript
da dasturlangan o‘tishdan farq qilish uchun yaratuvchilar yangi URL 
sxemasi – 
JavaScript
ni kiritishdi: 
... 
 
Bu holatda "JavaScript_kod" matni birinchi holatda gipermatnli o‘tishni tanlanganda 
chaqiriladigan va ikkinchi holatda rasmni yuklashda chaqiriladigan JavaScript da 
yaratilgan dasturiy-qayta ishlovchilarni bildiradi. 
Masalan, Внимание!!! gipermatnli o‘tishga keltirilgan holda ogohlantiruvchi 
oynani chiqarish mumkin: 
 Внимание!!! 
Formadagi submit tipidagi tugmachani bosish orqali shu formadagi matnli 
maydonni to‘ldirish mumkin: 


ACTION="JavaScript: 
window.document.f.i.VALUE=' 
Click 
tugmani 
bosing‘;void(0);" 
 
 
 
URLda murakkab dasturlar va funktsiya chaqirilishlarini joylashtirish mumkin. 
Faqatgina shuni yodda tutish kerakki, JavaScript sxemasi hamma brauzerlarda ham 
ishlamaydi, faqatgina Netscape Navigator va Internet Explorer larning to‘rtinchi 
versiyalaridan boshlab ishlaydi. 
Shunday qilib gipermatnli o‘tishlarni dasturlashda interpretator boshqaruvni 
foydalanuvchi sichqoncha tugmasini gipermatnli o‘tishga “bosgandan” keyingina oladi. 
Nazorat uchun savollar. 
1.
JavaScript qanday til? 
2.
JavaScriptda qanday ishlarni bajarish mumkin? 
3.
JavaScriptni kim va qachon yaratilgan? 




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin