Microsoft Word menejment va marketing asoslari


“Tizimli” yoki zamonaviy menejment mohiyati



Yüklə 0,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/198
tarix04.05.2023
ölçüsü0,86 Mb.
#107296
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   198
vEfcGSklhCfjrkpKkKID2c8tMuxwqssQNYIrFglH

2.5. “Tizimli” yoki zamonaviy menejment mohiyati 
XX asrning 60-80-yillarida g’arbda zamonaviy menejment rivojlana boshlandi. 
g’arb nazariyotchilari boshqaruvning ijtimoiy tizimlar maktabini tashkil qilish 
maqsadida: 
 tizimli yondoshuv asoslarini ishlab chiqishdi; 
 yaxlit tizim bilan uning qismlari munosabatlari masalalarini ko’rib chiqishdi; 
 bir qancha o’zgaruvchi omillarning boshqaruvga ta'sirini o’rganishdi. 
Bu maktab namoyandalari (amerikalik Ch. Barnard, G. Saymon) zamonaviy 
menejmentda quyidagi to’rt yondoshuvni asoslab beradi: 
5-jadval. "Tizimli" yoki zamonaviy menejment 
 
№ Boshqarishga 
yondoshuv turlari 
Izoh 
1. Tizimli yondoshuv 
- Tizim-bu bir-biri bilan o’zaro bog’langan qismlar 
majmuidir. har bir qism yaxlit tizimning o’zgarishiga 
o’z hissasini qo’shadi. Tashkilot-bu yaxlit ochiq 
tizimdir. Uning taqdiri tashqi va ichki muhitga 
bog’liq. Tashkilotni boshqarishga tizimli 
yondoshuvda asosan uning ichki muhitiga (iqtisodiy, 
ilmiy-texnik, ijtimoiy-siyosiy), e'tibor beriladi. 


25
2. Vaziyatli yondoshuv 
- Garchi tizimli yondoshuvda yaxlit tashkilot qanday 
qismlardan tashkil topgan degan savolga javob 
topolsak-da, bu o’rinda qismlarning qaysi biri 
muhim, qaysi biri ikkinchi yoki uchinchi darajali 
degan savol ko’ndalang turmaydi. 
- Yaxlitning qaysi bir qismi o’ta muhim degan 
savolga vaziyatli tahlil javob beradi. Bunda 
tashkilotning ichki tarkibidagi o’zgarishlar tashqi 
muhitning ta'siri bilan bog’lab o’rganiladi. Ammo 
turli darajadagi vaziyat turli darajadagi bilimni talab 
qiladi. 
3. Funktsional yondoshuv - Boshqaruvga tashkiliy mexanizmlarning eng 
oqilona yo’llarini ishlab chiqish imkonini beradi. Shu 
nuqtai nazardan boshqarish quyidagi funktsiyalarni 
bajaradi: 
- rejalashtirish;
- tashkillishtirish; 
- rahbarlik qilish
- muvofiqlashtirish; 
- nazorat qilish va hk. 
4. Miqdorli yondoshuv 
- Bunday yondoshuvda asosan: 
-menejmentning operatsion printsipiga; 
-qaror qabul qilish nazariyasi printsiplariga
-matematik yoki ilmiy menejment kabilarga e'tibor 
qaratiladi. 
Miqdorli yondoshuvdagi boshqarish jarayonida 
nafaqat matematik; statistika, kibernetika
muhandislik fanlari bilan sotsiologiya birga 
ruhshunoslik, tizimlar nazariyasi kabi fanlardan ham 
keng foydalaniladi. 
Zamonaviy menejmentning maqsadi qaror qabul qilish jarayonini elektron 
hisoblash texnikasi hamda eng yangi matematik usul va vositalarni qo’llagan holda 
tadqiq qilishdir. Tizimli menejment qarorlarning oqilonaligini ta'minlashni o’z oldiga 
vazifa qilib qo’yadi. 

Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   198




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin