162
N
m
Тalab
Т
m
32-chizma. Talab va taklif modeli
Bu erda:
Nm – tovarning muvozanat narxi;
Tm – muvozanat narxga mos keladigan tovar.
Erkin raqobat mavjud bo’lgan bozorning o’ziga xos-xususiyatlari shundan
iboratki, taklif etilgan mahsulotning ma'lum darajasida bozor o’z-o’zidan
muvozanatga harakat qiladi. Masalan, ishlab chiqaruvchi o’z tovarini muvozanat
narxdan (Nm) baland narxda taklif etdi deyaylik. Unda xaridorlar
bunday bahoni juda
yuqori deb biladi va natijada ma'lum bir miqdordagi tovar xaridorini topa olmaydi.
Bunday holatda taklif talabdan yuqori bo’ladi. Natijada, bozor bu tovar bilan
to’yinadi, oqibatda tovar egasi tovar narxini pasaytirishga majbur bo’ladi. Sotuvchi
tovarga yangi narx belgilaganda talab oshadi va bu holda narx talab egri chizig’i
bo’yicha yuqoriga ko’tariladi. Bu jarayon to talab va taklif
muvozanatigacha davom
etadi. Albatta, narx shakllanishining bu modeli sof raqobatga asoslangan bozorlar
uchun ishlab chiqilgan bo’lib, bu modelda ko’pgina omillar hisobga olinmaydi. Shu
sababli ham bu model narx shakllanishida umumiy orientir bo’lib xizmat qiladi.
Narx marketing kompleksining asosiy elementlaridan biri hisoblanib,
korxonaning marketing siyosatini ishlab chiqishda keng qo’llaniladi. Agar bu erda
tovar
siyosatini, tovarni sotish va siljitish faoliyatini rejalashtirish, tovar harakati
kanallarining yangisini topish uzoq vaqt talab qilsa,
narxni esa tashqi va ichki
omillarning o’zgarishi bilanoq tezda o’zgartirish mumkin bo’ladi.
Marketingda narxning asosiy rol o’ynashining sabablaridan yana biri shundan
iboratki, u korxonaning iqtisodiy ko’rsatkichlariga to’g’ridan to’g’ri ta'sir ko’rsatadi.
Masalan, foyda (F) quyidagicha aniqlanadi.
F = (N . V) - S,
Bu erda:
N – tovar narxi;
V – sotilgan mahsulot hajmi;
S – jami xarajatlar.
Foydadan tashqari narx
tovarning sotilish hajmiga, moliyaviy
ko’rsatkichlariga, bozor ulushiga katta ta'sir ko’rsatadi. Ko’p hollarda, korxona
Sotib olingan
163
tovarni eng yuqori narxda sotib, darhol foyda olishni ko’zlamasdan, egiluvchan narx
siyosatini yuritishi kerak.
Raqobatchilar o’z faoliyatlarida ham narxga katta e'tibor beradilar. Tovar
bozorda narx asosida va narxsiz ham raqobat qila olishi mumkin.
Narx raqobati deganda tovarning narxini o’zgartirish yo’li bilan raqobat
kurashiga borish tushuniladi. Bunda, ko’pchilik hollarda narxni pasaytirishga harakat
qilinadi. Albatta, narxni pasaytirayotgan firma yoki korxona raqobatchiga nisbatan
kam xarajatlarga ega bo’lishi kerak. Korxona "narx urushi"ni e'lon
qilishdan oldin
o’zining va raqobatchining iqtisodiy barqarorligini obdon o’rganishi talab etiladi. Aks
holda "narx urushi"ni e'lon qilib, mag’lubiyatga ham uchrash mumkin. Agar,
raqobatchilar bir xil sharoitda bo’lsalar, u holda "narx urushi" o’z ahamiyatini
yo’qotadi.
Dostları ilə paylaş: