172
oshiriladigan tadbirlarni anglatadi. Ma'lumki, firmalarning bozorda muvaffaqiyat
bilan faoliyat ko’rsatishi uchun faqatgina
sifatli tovarlarni ishlab
chiqarish etarli emas.
Pablik rileyshnz
Brifinglar, press-konferentsiyalar tashkil qilish
Prezentatsiyalar o’tkazish
Xar xil yubileylarni o’tkazish
Ommaviy axborot vositalaridan foydalanish
Ayrim shaxs va tashkilotlarning foydasini ko’zlab mehr va muruvvat tadbirlarini
o’tkazish
Firmalarning reklamaga aloqasi bo’lmagan jurnal va byulletenlarini chop etish
Ko’ngilochar tadbirlar
uyushtirish
Vaqtli matbuotda korxonalarning tijorat faoliyatini yoritish
Raqobatchi korxonalar bilan tanishish
37-chizma. Jamoatchilik bilan bo’ladigan aloqalarning asosiy yo’nalishlari
Balki, bu borada iste'molchilarni shu tovarlarning iste'mol xossalari haqida har
tomonlama xabardor qilib, o’z tovarlarining iste'molchilar ongida aniq mavqeni
egallashiga erishish muhim ahamiyat kasb etadi.
Buning uchun, birinchi navbatda,
korxonalar reklama vositalaridan unumli foydalana bilishlari lozim.
O’zbekiston Respublikasining 1998 yil dekabr oyida qabul qilingan "Reklama
to’g’risida"gi qonunida qayd etilishicha "Reklama - haqiqiy va jismoniy shaxslar yoki
mahsulot haqidagi bevosita yoki bilvosita foyda olish maqsadida tarqatiladigan
maxsus axborotdir". Bu qonunda ko’rsatilganidek, reklama aniq, haqiqiy va
qonunlarga zid bo’lmasligi kerak.
Shuningdek, foydalanilayotgan reklama shakl va
vositalari iste'molchilarga ma'naviy va moddiy zarar keltirmasligi talab etiladi.
Demak, "Reklama to’g’risida"gi qonun reklamani ishlab chiqish va tarqatish
bilan bog’liq bo’lgan munosabatlarning huquqiy asosini yaratib berdi. Uning asosiy
maqsadi tovarlarning sifati, iste'mol xususiyatlari va boshqa tavsiflari haqida noaniq,
haqiqiy bo’lmagan ma'lumotlarni tarqatishning oldini
olish asosida huquqiy va
jismoniy shaxslarning, shuningdek iste'molchilarning haq-huquqlarini himoya
qilishdan iboratdir.
Halqaro savdo palatasi tomonidan 1987 yilda qabul qilingan halqaro reklama
Kodeksida ham har qanday reklama murojaati odob-axloq normalariga mos,
haqqoniy va ishonchli bo’lishi ko’rsatib o’tilgan.
Ko’pincha reklama tovarni sotadi degan uncha to’g’ri bo’lmagan xulosaga
kelinadi. Chunki,
reklama tovarni sotmaydi, balki potentsial xaridorlarni topib,
talabni rag’batlantiradi. Masalan, xaridor magazinga kirib axtargan tovarni topdi,
lekin tovarning sifati, assortimenti yoki bahosi uni qoniqtirmaganligi sababli tovarni
sotib olmasdan magazindan chiqib ketdi. Bu erda xaridorga reklama ta'sir
ko’rsatadimi? - degan savol tug’iladi. Bu savolga ha,
- deb ijobiy javob berish
mumkin. Reklama uchun eng asosiy vazifa - bu potentsial xaridorni tovar
sotilayotgan joyga keltirishdan iboratdir. Xaridorning magazinga kelib, tovar sotib
olmasdan chiqib ketmasligi uchun reklama tovar siljitishning boshqa uslublari bilan
173
birga qo’llanilishi maqsadga muvofiqdir. Eng asosiysi esa tovar sifati va estetik
xususiyatlari bo’yicha xaridor didiga mos bo’lishi kerak.
Shu sababli reklamaning
samaradorligini sotilgan tovarlar hajmi bilan emas, balki potentsial xaridorlarning
necha marta tashrifi va necha marta telefon orqali murojaat qilganligi kabi
ko’rsatkichlar asosida baholash to’g’ri hisoblanadi.
Reklamaning vazifasi - xabar berish, ishontirish va eslatishdan iboratdir.
Shuning o’zi reklamaning tovar sotilishiga ta'sir ko’rsatishidan dalolatdir. Reklamani
ishlab chiqish va tashkil etish korxona butun faoliyatining bir qismi hisoblanadi. Shu
sababli reklama ishlarini tashkil etish ma'lum tartib va qoidaga bo’ysunadi.
Quyidagi 38-chizmada reklamani ishlab chiqish tartibi keltirildi.
Maqsadli auditoriyani aniqlash va tahlil qilish
Reklamaning
maqsadini aniqlash
Reklama byudjetini ishlab chiqish
Reklama tarqatish vositalarini tanlash
Reklama murojaatining g’oyasini aniqlash
Reklama matnini tayyorlash
Dostları ilə paylaş: