189
Tovarning texnik darajasi - tovarning
fantexnika taraqqiyoti, standartlar,
texnik shartlar va boshqa texnik talablarga mos kelishi.
Tovarning hayotiy davri - tovarning
yaratilishidan boshlab, unga talab
qolmay bozordan chiqib ketgungacha bo’lgan davr.
Tovar siymosi - tovarning iste'molchilar ongida shakllangan tasavvuri.
Tovar siljitish - tovar haqidagi ma'lumotlarni iste'molchilarga
etkazish va
singdirish, iste'molchilar bilan aloqa o’rnatish faoliyati.
Tovar sifati - tovarni iste'mol qilish va undan foydalanish jarayonida aniq
ehtiyojni qondirish darajasi.
Tovar sotishni rag’batlantirish - turli vositalar, usullar,
tadbirlar yordamida
tovar sotuvchilar va oluvchilarning qiziqishini kuchaytirish.
Tovar taklifi - bozorda mavjud bo’lgan tovarlar majmui.
Tovar tarqatish - ishlab chiqarilgan tovarlarni iste'molchilarga etkazib berish
faoliyati.
Tovar tarqatish kanali - tovarlarni ishlab chiqaruvchilardan iste'molchilarga
bo’lgan makon va zamonda tovar harakatini amalga oshirish va mulk huquqini o’z
zimmasiga oladigan tashkilotlar, korxonalar, shaxslar to’plami;
ishlab chiqarishdan
iste'molgacha to var o’tadigan yo’l.
Tovar tannarxi - tovarni ishlab chiqarish uchun bevosita, to’g’ridan-to’g’ri
qilingan xarajatlar qiymati.
Tovar o’rami -
tovarni solish, joylash, saqlash uchun xizmat qiladigan idish.
Tovar hayotining bosqichlari - tovarning hayotiy davrida unga bo’lgan talab
harakteri va uni sotish darajasi bilan belgilanadigan hamda
ajralib turadigan alohida
paytlar (bosqichlar).
Tovar harakati - tovarlarning ishlab chiqarilgan joydan iste'mol qilinadigan
joygacha jismoniy harakati bo’lib,
ularni joylashtirish, saqlash, jo’natish, tashish,
yuklash, tushirish, zaxiralarini shakllantirish jarayonlaridan iborat.
Dostları ilə paylaş: