191
Chakana reklama - iste'molchilarga ma'lum xizmat yoki tovarni qachon va
qaerda sotib olish mumkinligi to’g’risidagi mazkur xabar.
Chakana savdo - iste'molchilarning pul daromadlariga ayirboshlash yo’li bilan
tovar sotish va xizmat ko’rsatishdagi oxirgi bo’g’in.
Shakllanayotgan talab - biror narsaga bo’lgan ehtiyoj
konkret darajaga,
talabga aylana borish va talabning rivojlanib borish bosqichi.
Shakllangan talab - ma'lum tovarga ehtiyoj konkret, aniq bo’lib, talabning
o’sib barqaror darajaga etishi.
Shakllanmagan talab - biror narsaga bo’lgan ehtiyoj
hali abstrakt darajada
bo’lib, uni qanday tovar va tovar turi bilan qondirish aniq emas.
Shaxsan tanlab olinadigan tovarlar - tovarning turlari, variantlari ko’p
bo’lib,
har bir xaridor didi, istaklari, tasavvuriga mos keladigan turi,
variantini tanlab,
sotib olishi mumkin.
Shaxsiy iste'mol - alohida kishi, oila shaxsiy ehtiyojini qondirish jarayoni.
Shaxsiy talab - alohida odamlar, oilalar talabi.
Shaxsiy ehtiyoj - alohida kishilar shaxsiy hayoti va
faoliyati uchun kerak
bo’ladigan narsalarga bo’lgan ehtiyoj.
Ekkaunting - biznesning moliyaviy axborotlarni yig’ish, qayta ishlash,
turlarga ajratish, tahlil etish va rasmiylashtirish bilan bog’liq sohasi.
Dostları ilə paylaş: