24
ishchilar bilan hamkorlikdan;
kompaniyadan "birdamlik ruhi" va "mushtaraklik tuyg’usi"ni shakllantirishdan
foydalanish hamda ularni rag’batlantirishga asoslangan tegishli usullarni ishlab
chiqdi.
Amerikalik olim D. Mak-Gregor (1906-1964)
"inson munosabatlari"
maktabining atoqli namoyandalaridan hisoblanadi. U
inson xulq-atvorining ikki
modeli, xodimning o’z mehnatiga ikki xil munosabatda bo’lishi mumkinligini
inobatga olib X (iks) va U (igrik) nazariyasini yaratdi.
X (iks) nazariyasiga ko’ra, namunaviy yollanma ishga - tabiatdan yalqov
bo’lgan kishi, shu sababli u topshirilgan ishdan bo’yin tovlashga urinadi, unda
izzattalablik, mas'uliyat sezish, fahm-farosat etishmaydi. Bunday holatda xodimni
doimo majburlash,
nazorat qilish, jazolash va jarima solish qo’rqitib turish zarur.
Y (igrik) nazariyasi birinchisiga qarama-qarshi: yollanma ishchilar tabiatan
faol, ularga tashabbuskorlik va uddaburonlik, o’z zimmasiga mas'uliyat olish
salohiyati xosdir. Bunday holda menejerning vazifasi kishilar o’z
maqsad va
manfaatlariga g’oyat maqbul tarzda erishadigan shart-sharoitni yaratishdan iborat
bo’lgan. Kompaniyaning siyosati va istiqboli esa xodimlarning xulq-atvoriga
asoslangan holda tashkil etilishi kerak. Bu nazariyaga muvofiq keluuchi ishchini
rag’batlantirish va unga qulay muhit yaratib berishgina kifoya qiladi.
Albatta, har ikkala nazariya ham faqat nazariyadir.
Amaliyotda ular sof
ko’rinishda uchramaydi. Inson murakkab va ziddiyatli mavjudot. U o’zida ham
birinchi, har ikkinchi modellar sifatini mujassamlashtiradi. Boshqarishning yuksak
san'at ekanligi ham ana shu ikki jihatni uyg’unlashtirishdir.
Dostları ilə paylaş: