Microsoft Word menejment va marketing asoslari


Marketing kontseptsiyalari va ularning evolyutsiyasi



Yüklə 0,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə103/198
tarix04.05.2023
ölçüsü0,86 Mb.
#107296
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   198
vEfcGSklhCfjrkpKkKID2c8tMuxwqssQNYIrFglH

12.3. Marketing kontseptsiyalari va ularning evolyutsiyasi 
Marketing kontseptsiyalari tadbirkorlik faoliyati rivojlanishining har xil 
bosqichlarida uning yo’nalishini belgilaydigan qarashlar tizimidan iboratdir. Shu 
bilan birga marketing kontseptsiyasi deganda korxonaning, tashkilotning yoki 
kishining iste'molchilarga mo’ljallangan, integratsiyalangan maqsadli falsafasi 
tushuniladi. 
Marketing evolyutsiyasining birinchi yirik bosqichini XX asrning boshidan 30-
yillarning o’rtasigacha deb hisoblash qabul qilingan. Bunda marketing tashkilotlar, 
korxonalar va shaxslar o’rtasidagi tovar va xizmatlar harakatining nazariyasi yoki 
mahsulotni sotish bo’yicha korxonaning funktsiyasi deb tushunilardi. Shu vaqtda 
ketma-ket ikkita kontseptsiya paydo bo’ldi: ishlab chiqarishni takomillashtirish va 
tovarni takomillashtirish. 
Ishlab chiqarishni takomillashtirish kontseptsiyasi o’z harakatini mahsulot 
ishlab chiqarish samaradorligiga, mahsulot birligining tannarxini pasaytirish 
maqsadida ishlab chiqarish texnologik jarayonlarning optimallashuviga qaratadi. 
Boshqa so’z bilan aytganda, keng tarqalgan va narx jihatidan qulay bo’lgan 
tovarlarga nisbatan marhamatli bo’ladilar. Shunga ko’ra bu kontseptsiya e'tiborining 
asosiy ob'ekti qilib ishlab chiqarishni takomillashtirish va taqsimot tizimining 
samaradorligani tanladi. Maqsadga erishishning etakchi vositalari sifatida ishlab 
chiqarish miqyoslarini kengaytirish va mahsulot tannarxini kamaytirish tavsiya 
etilardi. 


113
Tovarni takomillashtirish kontseptsiyasi mahsulotning iste'molchilik 
xususiyatlarini oshirishga alohida ahamiyat beradi. Bunda asosiy tezis sifatida 
iste'molchilar eng yuqori sifatli, eng yaxshi ekspluatatsion xususiyatlarga ega bo’lgan 
tovarga nisbatan xayrixoh bo’ladilar, degan tushunchani ilgari suradilar. Asosiy 
diqqat e'tibor tovarga qaratiladi, shuning uchun ham marketing harakatlari tovar 
sifatiga, aniqrog’i uning modernizatsiyasiga qaratildi. 
30-yillarning o’rtalaridan 80-yillarning o’rtalarigacha marketing 
rivojlanishining ikkinchi bosqichi davri bo’ldi. Bu davrda e'tibor sotishga, so’ngra esa 
iste'molchiga qaratiladi (tijorat harakatlarini jadallashtirish kontseptsiyasi, 
marketingning umumiy kontseptsiyasi, marketing-miks). 

Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   198




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin