Microsoft Word menejment va marketing asoslari


Marketing axboroti manbalari



Yüklə 0,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə119/198
tarix04.05.2023
ölçüsü0,86 Mb.
#107296
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   198
vEfcGSklhCfjrkpKkKID2c8tMuxwqssQNYIrFglH

13.3. Marketing axboroti manbalari 
Birlamchi marketing axboroti, odatda, maxsus tadqiqotlarning mahsuli 
hisoblanadi. Ikkilamchi axborotni olganda esa massivning asosiy qismini firmalar 
haqidagi ma'lumotlar tashkil qiladi. Ular birinchi navbatda quyidagi vazifalarni 
echish uchun kerak: 
 eng raqobatbardosh tovarni yoki xizmatni aniqlash; 
 raqobatchi firmalar, ularning strategiyalarini aniqlash; 
 neytral firmalarni aniqlash; 
 optimal strategiyani ishlab chiqish.
 Ikkilamchi axborotning doimiy manbalari quyidagilar: 
 statistika idoralarining axborot materiallari; 
 davlat boshqaruvi organlarining axborot materiallari; 
 savdo palatalari, assotsiatsiya, birlashmalarning axborotlari; 
 xalqaro tashkilotlar, banklarning nashrlari; 
 maxsus kitob va jurnallar; 
 davriy matbuot ma'lumotlari; ma'lumot beruvchi adabiyotlar; 
 yirik firmalarning nashrlari; kompyuter tarmoqlarining resurslari.


129
Xaridor talabi va savdo kon'yunkturasining rivojlanishi haqidagi statistik 
axborotlarning eng muhim manbalaridan biri amaldagi statistika va buxgalteriya 
hisobi va hisobotlarining ma'lumotlari hisoblanadi. Talabni o’rganadigan 
xizmatlarning tashkiliy bo’ysunishi va faoliyati sohasiga bog’liq holda tahlil uchun 
birlamchi hisob va hisobot ma'lumotlari yoki davlat statistika organlari va boshqa 
vazirliklar va muassasalar tomonidan ishlab chiqilgan yig’ma statistik ko’rsatkichlar 
ishlatilishi mumkin. 
Aholining daromadlari va xarajatlari, xalq iste'molining ba'zi tovarlarini ishlab 
chiqarish, chakana savdoga tovarlarning kelib tushishi, tovar aylanuvining umumiy 
hajmi va tovar tarkibi, savdodagi tovar zaxiralari, chakana narxlarning o’zgarishini 
tavsiflaydigan ko’rsatkichlar tizimi keng miqyosda ishlatilishi mumkin. 
Ko’rsatkichlar tizimi ichida eng muhimi tovar aylanuvi va tovar zaxiralari 
haqidagi ma'lumotlardir. Bu ma'lumotlar tahlili talabning va savdo 
kon'yunkturasining rivojlanishidagi asosiy tendentsiyalarni aniqlash imkonini beradi. 
Ular asosida, odatda, tovar guruhlari bo’yicha amalga oshirilgan talabning miqdori va 
ichki guruhiy tarkibini o’rganadilar. Chakana tovar aylanuvi tarkibi bo’yicha 
materiallar juda yuqori qimmatga ega va ma'lum davr ichida uning tarkibi 
o’zgarishini o’rganishda tayanch bo’lib hisoblanadi. Ular, shuningdek, assortiment 
jihatidan sotilishlar hajmini tahlil qilishda asosiy rol o’ynaydi. Tovar aylanuvi 
tarkibining tahlili iste'molchilar talabining qondirilishini va tovarlar assortimenti qay 
darajada kengayishini aniqlashga yordam beradi. Statistik hisobot ma'lumotlariga 
ko’ra talabning rivojlanishidagi tendentsiyalar, alohida guruhlar bo’yicha uning 
tarkibidagi siljishlar, mavsumiy tebranishlar va hokazolar haqida fikr yuritish 
mumkin. 
Talabni o’rganish uchun aholining soni va tarkibi, yosh, jins va ijtimoiy 
strukturasidagi o’zgarishlarni tavsiflaydigan demografik statistikadan foydalanish 
mumkin. Talab haqidagi axborotning muhim manbai oilalar byudjeti statistikasi 
ma'lumotlari hisoblanadi. Byudjet tahlillarining materiallari turli xil ijtimoiy guruhlar 
va daromadliligi har xil bo’lgan guruhlardagi oilalarning xaridorlar va iste'molning 
strukturasi haqida fikr yuritish imkonini beradi. 
Talabning rivojlanish istiqbollarini baholash va uning tovar taklifi bilan 
muvozanatini tahlil qilish uchun xalq iste'moli tovarlarini ishlab chiqarish materiallari 
va ratsional iste'molning ilmiy asoslangan me'yorlaridan foydalanadilar. 
Buxgalteriya hisoboti talabni o’rganishda axborot sifatida to’laligicha 
ishlatilmaydi. Inventarizatsiya materiallari realizatsiya qilingan va shakllanayotgan 
talabni tahlil qilishda, tovar zaxiralari me'yorlarida, tovarlarni olib kelish bo’yicha 
shartnomalarni to’g’rilashda muvaffaqiyatli qo’llanilishi mumkin. 
Davriy matbuot, iqtisodiy va ishbilarmonlik yo’nalishdagi jurnal va gazetalar 
yordamida firmalar va tarmoqlar faoliyati haqida ko’pgina ma'lumotlarni berishi 
mumkin. Masalan, xalqaro mezonlar nuqtai nazaridan eng jiddiy ma'lumotlar har yili 
Amerikaning "Fortune" jurnalida yig’ma jadvallar ko’rinishida 500 ta amerikalik va 
500 ta noamerikalik firmalar bo’yicha chop etiladi. Firmalar sotilishlar hajmi 
bo’yicha qaysi mamlakat va sohaga tegishli ekanligini ko’rsatgan holda terib 
chiqiladi (ranjirlash). Shu erning o’zida oborotlar, aktivlar, foyda, xodimlar soni 
haqidagi ma'lumotlar keltiriladi. 


130
Qator gazetalar iqtisodiy muammolarga bag’ishlangan rubrikalarda 
firmalarning yillik hisobotlari bilan bir qatorda alohida mahsulotlar turlarining 
chiqarilishi haqida materiallar, eksport bitimlari, aktsiyalarni sotib olish, firmalarning 
qo’shilishi va tugatilishi haqidagi materiallarni nashr etadilar. Alohida nashrlar yoki 
iqtisodiy jurnallar va gazetalarga ilovalar ko’rinishida chop etiladigan axborotlar 
muhim rol o’ynaydi. 
O’zbekistonda chiqariladigan davriy nashrlar ichida "Pul, bozor, kredit", 
"O’zbekiston iqtisodiy axborotnomasi" jurnallari, "Soliq va bojxona xabarlari", 
"Bank axborotnomasi" gazetalarini, shuningdek, "Prestij", "Optovik" kabi ilovalarni 
ajratib ko’rsatishimiz mumkin. 
Telekommunikatsiyaviy, shu jumladan, tarmoqli xizmatlar axborot 
manbalarining alohida guruhiga kiradi. Firmalar haqidagi axborot ixtisoslashgan 
ma'lumotlar banki ko’rinishida taqdim etiladi. Jahonning ko’pgina mamlakatlarida 
ancha vaqtdan beri tijorat maqsadlarida dasturli mahsulotni ishlab chiqarish va 
sotishga ixtisoslashgan maslahat beruvchi, nashriyotchilik firmalari tomonidan 
yaratiladigan ma'lumotlar banklari (bazalari) faoliyat ko’rsatyapti. 
Foydalanuvchi axborotni ma'lumotlar bazasidan uni modem orqali uzatish yo’li 
bilan, shuningdek, kompaktdisklarda, faks orqali, axborot konferentsiyalari va 
forumlarda qatnashish yo’li bilan olishi mumkin. 
Iqtisodiyot, biznes va marketing sohasida axborotlarni to’plash, ishlov berish 
va taqdim etishga ixtisoslashgan amerikalik "Dun & Dradstreet" korporatsiyasi 
dunyodagi eng katta ma'lumotlar bazasiga ega. Ma'lumotlar bazasining asosiy 
mavzulari: AQSh kompaniyalari, ularning manzili, soha kodi, balans aktiv va passiv 
moddalarining talqini haqidagi axborot va ma'lumotlar, mazkur sohaning 
o’rtachalariga nisbatan moliyaviy ko’rsatkichlari, har bir sohaning etakchi 
kompaniyalari bo’yicha xalqaro elektron ma'lumotnoma (90 ta mamlakat bo’yicha 
200 mingdan ziyod ma'lumotlar), Amerikaning 60% dan ko’proq kompaniyalarining 
tovarlari va xizmatlari haqida 8,5 mln. dan ko’proq ma'lumotlar. 
Rossiyaning axborot bazalarini ishlab chiqaruvchilar o’rtasida Ishbilarmonlik 
axboroti agentligi (IAA) ko’zga tashlanadi. U MDH va Baltika mamlakatlari 
bo’yicha etakchi hisoblanadi. U har yili 10 dan ziyod geoinformatsion bazalarni 
yangilaydi va aniqlaydi, to’rt tilda 350 nomli ishbilarmonlik ma'lumotnomalarini 
chiqaradi, axborot ko’riklar-ma'lumotnomalarini va marketing tadqiqotlarini 
o’tkazadi. IAA ga tegishli bo’lgan "Biznes-karta" ma'lumotlar bazasi sobiq SSSR 
respublikalarining 110 mingta korxona, tashkilot va firma bo’yicha axborotga ega. 

Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   198




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin