Microsoft Word menejment va marketing asoslari



Yüklə 0,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə122/198
tarix04.05.2023
ölçüsü0,86 Mb.
#107296
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   198
vEfcGSklhCfjrkpKkKID2c8tMuxwqssQNYIrFglH

14.2. Korxona mikro-muhiti 
Korxonaning mikro-muhiti tarkibiga ta'minotchilar, vositachilar, 
raqobatchilar, mijozlar (iste'molchilar) va aloqalar o’rnatiluvchi auditoriyalar kiradi. 
Biroq marketing faoliyatini uyushtirish jarayonida korxona qaramog’ida bo’lgan 
qismlarning manfaati ham hisobga olinishi zarur, shu jumladan, yuqori rahbariyat, 
moliyaviy xizmat, moddiy-texnika ta'minoti xizmati, ishlab chiqarish, buxgalteriya, 
ilmiy va konstruktorlik ishlari xizmati (23-chizma).
23-chizma. Korxonaning ichki muhiti (mikro-muhit
Korxonaning umumiy maqsad va vazifalari, strategiya va siyosati yuqori 
rahbariyat tomonidan aniqlanadi. Ta'minotchilar - bu kelishilgan shartnomalarga 
ko’ra firmani xom ashyo materiallari, jihozlar va texnik vositalar, komplektlovchi 
mahsulotlar, oziq-ovqat mahsulotlari va hokazolar bilan ta'minlab turuvchi 
korxonalar. Ular uch turga bo’linadi: eksklyuziv, qonun-qoidaga rioya qiladigan va 
chetki. Birinchilari - faqat mazkur firma bilan hamkorlik qiladilar, ikkinchilari - 
firmaga ham, uning raqiblariga ham xizmat qo’rsatadilar, uchinchilari - faqat 
raqobatchilar bilan ishlaydilar. Tabiiyki, eksklyuziv ta'minotchilarga etarlicha katta 
hajmdagi faoliyat sohasiga ega bo’lgan, bunday ta'minotchiga barqaror ishni 
ta'minlay olgan firma ega bo’lishi mumkin. Qonun-qoidaga rioya qiladigan 
ta'minotchilarga kelganda esa, ular bilan yaqin munosabatlarni saqlab turish kerak, 
chunki ular firma haqida ham, uning raqiblari haqida ham boy axborot manbai bo’lib 
maydonga chiqishi mumkin. 
Ta'minot tizimining tashkil etilishi jiddiy ravishda marketing jarayonlariga 
ta'sir ko’rsatadi va resurslarning kamchiligi, tovar jo’natishdagi uzilishlar, albatta, 
sotish hajmiga va pirovard korxonaning izzat obro’iga ziyon keltirishi mumkin. 
Vositachilar - mahsulotlarni sotish va siljitishda firmalarga yordam beruvchi 
bozor (kompaniya) sub'ektlari. Shu bilan bir qatorda ular firma haqida va o’zlari 
Moliyaviy 
xizmat 
Markеting
xizmati 
Rahbariyat 
Ilmiy ishlar 
xizmati 
Ishlab 
chiqarish 
Konstrukto
rlik ishlar 
xizmati
Moddiy 
ta'minoti 
xizmati 
Tеxnika 
ta'minoti 
xizmati 
Buxgaltеriya 


134
haqida ma'lumot tarqatish bilan shug’ullanadilar. Vositachilar savdo va transport 
tashkilotlari, reklama va marketing agentliklari, sotish bilan shug’ullanuvchi firmalar 
va moliya tashkilotlari bo’lishi mumkin. 
Savdo korxonalari, birinchidan, taqsimot kanallarini aniqlashda va, 
ikkinchidan, mijozlarni shakllantirishda ko’maklashadilar. Moliya vositachilari 
sifatida banklar, kredit va sug’urta kompaniyalari va boshqa moliya bitimlarini 
tavakkalchilikdan sug’urtalash ishlarini olib boruvchi tashkilotlar bo’lishi mumkin. 
Mijozlar bilan xushmuomala munosabatda bo’lish uchun korxona zamonaviy ishlab 
chiqarish texnologiyasini qo’llashdan tashqari yana marketing vositachilari bilan 
samarali hamkorlikda bo’lishi shart. 
Raqiblar mazkur firma faoliyat yuritayotgan bozorlarda xuddi shunday 
mahsulotni ishlab chiqarib qatnashadigan korxonalar (kompaniyalar)dan iborat. 
Kurash haqqoniy yoki g’irrom raqobat shartlari asosida amalga oshiriladi. Birinchi 
holda tannarxning pasayishi, mahsulot sifatining oshishi, firmaning obro’ izzatini 
ko’tarish, qo’shimcha xizmatlar sektorini kengaytirish va zamonaviy marketingning 
boshqa usullari qo’llanadi, ikkinchisida - demping, korruptsiya, shantaj, xom 
ashyodan, ish kuchidan, ta'minotchilardan mahrum qilish va hokazo. Rivojlangan 
mamlakatlarning ko’pchiligida raqobatchilikni g’irrom usullar bilan olib borish 
qonun tomonidan man etilgan. 

Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   198




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin