Microsoft Word menejment va marketing asoslari


Rahbarning yozishni bilishi



Yüklə 0,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə93/198
tarix04.05.2023
ölçüsü0,86 Mb.
#107296
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   198
vEfcGSklhCfjrkpKkKID2c8tMuxwqssQNYIrFglH

Rahbarning yozishni bilishi - bu faqat savodli yoza bilishni emas, balki fikrni 
qisqa va ravon, davlat tilida badiiy, sodda bayon qilish demakdir. Rahbarlikda bu o’z 
qarorini bo’ysinuvchiga etkazish uslubidir. Ishlab chiqarishni boshqarishda yozish 
mumkin bo’lgan hamma narsani yozib qo’yishi kerak, degan qoida amal qiladi. Bu 
bo’ysinuvchiga yozilganlarga qarab o’z xatti-harakatini aniq tekshirib borish, 
rahbarga esa qarorning bajarilishini nazorat qilib turish imkoniyatini beradi. 
Rahbar o’ziga axborot tayyorlovchi xodimlar mehnatini tashkil eta bilishi, 
ulardan omilkorlik bilan foydalanishi kerak. Noto’g’ri, past qiymatli axborot tufayli 
yomon boshqaruv qarori qabul qilishdan ehtiyot bo’lishi, eng muhimi unga 
kelayotgan axborotlarni saralab olishi darkor. Funktsional xizmat xodimlari, 
yordamchilar, referentlar rahbarga eng zarur axborotlarni tekshirib berishi maqsadga 
muvofiq bo’ladi.
11.4. Kommunikatsiya va kommunikatsion jarayon 
Kommunikatsiya - bu kishilar o’rtasidagi o’zaro axborot almashuvidir. 
Rahbarlar qilayotgan hamma ishlar axborotlarning samarali almashishini talab qiladi. 
Yaxshi yo’lga qo’yilgan kommunikatsiya ish muvaffaqiyatini ta'minlaydi. So’rovlar 
shuni ko’rsatadiki, 73% amerikalik, 85% yapon, 63% angliyalik rahbarlar, 
kommunikatsiya, qo’yilgan maqsadga erishish yo’lidagi bosh to’siq deb 


102
hisoblaydilar. Yana bir boshqa so’rovga ko’ra 2000 turli kompaniyaning 250 ming 
xodimi korxonalarda axborot almashish eng qiyin masaladan biri deb biladilar. 
Umuman har bir rahbar 50 dan 90% gacha vaqtini kommunikatsiyaga 
sarflaydi. Shu sababli, shuni tasdiqlash mumkinki, menejer faoliyatining 
samaradorligi eng avvalo kommunikatsiya samaradorligiga, ya'ni: 
 kishilar bilan yakkama-yakka suhbat olib borish qobiliyati; 
 telefonda so’zlashuv qobiliyati; 
 rasmiy xujatlarni tuzish va o’qiy olish qobiliyati; 
 majlislarda qatnashish madaniyati kabilarga bog’liq. 
Korxona (tashkilot) kommunikatsiyasi - bu o’ta murakkab, ko’p bosqichli 
tizim bo’lib, o’z tarkibiga nafaqat tashkilot ichidagi, shuningdek uning tashqarisidagi 
axborot almashuvini ham oladi (16-chizma). 

Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   198




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin