- 64 -
Mavzu: Power Point dasturida ishlash
Reja:
1. Power Point dasturi haqida tushuncha
2. Slayd va taqdimot haqida
Microsoft PowerPoint
(toʻliq nomi -
Microsoft Office PowerPoint
, inglizcha:
power point - ishonarli hisobot) - taqdimotlar yaratish va ularni tomosha qilishga
moʻljallangan dastur boʻlib, Microsoft Officening bir qismi hisoblanadi va Microsoft
Windows, macOS tizimlarida ishlash imkoniyatiga ega. Power Pointda yaratilgan
taqdimotlar proyektor yordamida katta ekranlarda yoki katta oʻlchamli televizion
ekranlarda koʻrishga moʻljallangan.
PowerPoint yaratish fikri Berkli oliygohi talabasi Bob Gaskins (Bob Gaskins)da
paydo boʻladi. 1984-yil Gaskins Forethoyyhyught firmasiga qoʻshildi va Dennis Ostin
(Dennis Austin) ismli dasturchini ishga yollaydi. Bob va Dennis harakatlarini
birlashtirishadi va Presenter dasturini yaratishadi. Dennis dasturning original
versiyasini Tom Rudkin bilan yaratadi. Keyinchalik Bob dastur nomini PowerPoint deb
oʻzgartirishga qaror qiladi.
1987-yil PowerPoint 1.0 Apple Macintosh tizimi uchun namoyish etiladi. U oq-
qora formatda ishlagan. Keyinchalik Macintoshning rangli koʻrinishlari paydo boʻlgan
va dasturning ham rangli versiyasi yaratilgan. PowerPointning ilk versiyalarida dastur
tarkibiga koʻk jildli kitob shaklidagi yoʻriqnoma kiritilgan, ammo bu biroz qimmatga
tushishi munosabati bilan Forethought elektron yoʻriqnomaga oʻtishga qaror qiladi.
1987-yil Forethought va PowerPoint Microsoft tomonidan $ 14 mln.ga sotib
olinadi.
1990-yil Microsoft
Office paketi toʻplamidagi Windows uchun
versiyasi
namoyish qilindi. 2002-yildan boshlab Office XP PowerPointning paydo boʻlishi bilan
u Office paketidan alohida ham tarqatilishi mumkin edi.
Microsoft Power Point - univеrsal, imkoniyatlari kеng bo’lgan, ko’rgazmali grafika
amaliy dasturlari sirasiga kiradi va matn, rasm, chizma, grafiklar, animatsiya effеktlari,
ovoz, vidеorolik va boshqalardan tashkil topgan slaydlarni yaratish imkonini bеradi.
- 65 -
Dasturdagi asosiy tushunchalar bu - slayd va prеzеntatsiya tushunchalaridir.
Slayd - ma'lum bir ulchamga ega bo’lgan muloqot varaqlari xisoblanadi. Unda
biror
maqsad
bilan
yaratilayotgan
namoyish
elеmеntlari
joylanadi.
Slaydlar
kеtma-kеtligidan
iborat
tayyor
ko’rgazmani
kompyutеr
ekranida,
vidеomonitorda, katta ekranda namoyish qilish mumkin.
Prеzеntatsiya(taqdimot) - yaratilayotgan slaydlar turkumi va uni namoyish etish
uchun bеriladigan fayl nomi.
Taqdimotlar quyidagi (prefiks yordamida) koʻrinishlarda saqlanishi mumkin:
.ppt — PowerPoint taqdimoti
.pps — faqatgina PowerPoint taqdimoti
.pot — PowerPoint modeli
Dostları ilə paylaş: |