Microsoft Word muminalar ziyouz com doc



Yüklə 156,53 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/62
tarix09.02.2022
ölçüsü156,53 Kb.
#52306
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   62
Fotimaxon Sulaymonqori qizi. Mominalar silsilasi

www.ziyouz.com kutubxonasi 

15

Xayrli hudhud 

 

Bilqis va uning qavmi quyoshga ibodat qilishardi. Allohdan boshqaga sajda etishardi. 



Sulaymon alayhissalom Shomda edilar. Ularning qo‘llarida katta davlat bor edi. Inson va 

jinlar bo‘ysunishib, xizmatlarini bajarishardi. Qushlar tilini bilar edilar. Bir kuni Sulaymon 

alayhissalomning askari hudhud askarlar ichida ko‘rinmay qoldi. U Yamanga ketgan edi. 

U yerda malika va qavmini ko‘rdi. Ularning quyoshga ibodat qilayotganlaridan, Allohdan 

boshqaga sajda etayotganlaridan hudhud xafa bo‘ldi. Sulaymon alayhissalom askarlari 

orasida hudhudni ko‘rmaganlari uchun uning qaerdaligini so‘radilar. «Agar uzrsiz ketgan 

bo‘lsa, azoblayman», dedilar. «U qushlarni ko‘zdan kechirib (ularning orasida hudhudga 

ko‘z tushmagach): «Nega men hudhudni ko‘rmayapman, balki u (mendan beizn) g‘oyib 

bo‘lguvchilardandir?! Albatta men uni qattiq azob bilan azoblarman yo so‘yib 

yuborurman yoki u menga (o‘z uzrini bayon qilib) ochiq hujjat keltirur», dedi» (Naml 

surasi, 20-21-oyatlar). Bir oz vaqtdan so‘ng hudhud keldi. oyib bo‘lganligi sababini 

undan so‘radilar. «Sulaymon dedi: «Sen rost so‘zladingmi yoki yolg‘onchilardan 

bo‘ldingmi, ko‘rurmiz» (Naml surasi, 27-oyat). 

 

Ulug‘ maktub 

 

Sulaymon alayhissalom Bilqisga maktub yozdilar: «Bismillahir rohmanir rohim! 



Sulaymon ibn Dovuddan Bilqis - Saba’ malikasiga! «Sizlar menga kibr-havo qilmay, 

huzurimga bo‘yinsungan holingizda kelingiz!» (Naml surasi, 31-oyat)». 

 

Maktubni yozib bo‘lib hudhudga dedilar: «Mana bu maktubimni olib borib ularga 



tashlagin, so‘ngra ulardan chetlanib kuzatgin-chi, nima (javob) qaytarar ekanlar» (Naml 

surasi, 28-oyat). Tumshug‘ida maktubni tishlab hudhud uzoq yo‘lga tushdi. Shomdan 

Yamanga - malikaning qasriga yetdi. 

 

Bilqis o‘z xonasida uxlayotgan edi. Uni qo‘riqchilar hushyorlik bilan qo‘riqlar ekan. Xonasi 



qulf! Eshiklar, derazalar qulf! Lekin kichkina darcha ochiq ekan! Hudhud malikaning 

hujrasiga darchadan kirdi. Malika shirin uyquda edi. Uning ko‘rpasi ustiga xatni tashladi. 

Malika cho‘chib uyg‘ondi. «Kim bu xatni olib kirdi, nega hech kim sezmadi?» deya fikr 

qildi. So‘ng darchaga qaradi, hudhudni ko‘rdi. Maktubni ochib o‘qidi. Bildiki, Shom 

podshohi Sulaymon ekan, u Islomga kirishni taklif qilibdi. U yagona Allohga imon 

keltirishga chaqiribdi! O’ylab qoldi. Davlatining baobru erkaklari va vazirlari bilan bir 

qarorga kelishni, ular bilan maslahatlashishni rejalashtirdi. 

 


Yüklə 156,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin