yaxshi xotinlardir. (Niso surasi, 34-oyat)
Tarixda ana shunday mo‘mina, siddiqa, zohida, olima, obida ayollar juda ko‘p o‘tganki,
ulardan har birining tarixi, ibratli hayoti bir kitobga mavzu bo‘lguday. Qo‘lingizdagi
ushbu risolaga nomlari tarix qatlariga oltin harflar bilan yozilgan bir necha mo‘mina
ayollarning muxtasar qissalari jamlangan.
Bular insoniyatga Ishoq, Ismoil, Muso, Iso (alayhimussalom) payg‘ambarlarni tug‘ib,
tarbiyalab bergan Sora, Hojar, Ayorxo, Maryam kabi ulug‘ volidalar, baxtiyor onalar,
zolim Fir’avnning mo‘mina xotini Osiyo, birinchi va eng taqvodor so‘fiya Robi’a al-
Adaviyya, Abu Bakr Siddiqning qizlari Asmo, Hazrati Alining qizlari Zaynab, olima va
fozila ayol Nafisa binti Hasan kabilarning qissalaridir. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat etilgan
hadisda shunday marhamat qilinadi: " Payg‘ambarimiz bir kuni yerga to‘rtta chiziq
chizdilar va "Bu nima, bilasizlarmi?", deb so‘radilar. Sahobalar: "Alloh va Uning rasuli
bilguvchiroq", deb javob berishdi. Payg‘ambarimiz " Bular jannatning eng afzal ayollari -
Hadicha binti Huvaylid, Fotima binti Muhammad, Maryam binti Imron, Fir’avnning xotini
Osiyo binti Mazohimdir", deb javob berdilar. (Imom Ahmad rivoyati)
Mo‘mina onalarimizning, Allohga itoatda, toatda, qanoatda barchaga namuna bo‘lgan
ulug‘ ayollarimizning hayot yo‘llari, Haq yo‘lidagi fidoyiliklari va sadoqatlari
qiyomatgacha mo‘min-musulmonlar uchun ibrat bo‘lib qolaveradi, inshaalloh!
Dostları ilə paylaş: |