Microsoft Word muminalar ziyouz com doc



Yüklə 156,53 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/62
tarix09.02.2022
ölçüsü156,53 Kb.
#52306
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   62
Fotimaxon Sulaymonqori qizi. Mominalar silsilasi

Maryamning tug‘ilishlari 

 

Shom shahrida, muborak Falastin yerida Bani Isroil nihoyatda iztirob va fasodga to‘la 



hayot kechirardi. 

 

Bani Isroilda ham solih insonlar bor edi. Ular haq dinning amrlarini targ‘ib etishardi, 



Masjidul Aqsoda ibodat qilishardi, Tavrot o‘qishardi. Qavmning solih Imron ibn Moton 

ibnul Maozir degan imomlari bor edi. Ularning nasablari Sulaymon ibn Dovud 

alayhissalomga borib taqaladi. 

 

Imron Bani Isroilning soliha ayoli Xanna binti Foquzga uylandi. Ular bir necha yil farzand 



ko‘rmadilar. Bir kuni Xanna daraxt tagida o‘tirgandi, daraxt ustidagi bir qush uchib kelib

inidagi bolasiga tumshug‘idagi taomni yedirdi. Buni ko‘rib Xannaning qalbi bolani 

qo‘msadi. Alloh taologa munojot etib, bir bola berishini so‘radi.  

 

Agar Alloh taolo farzand bersa, Baytul-Muqaddasga xizmat qilish uchun berishini niyat 



qildi. «(Ey Muhammad), Imronning xotini: «Parvardigorim, men qornimdagi narsani 

(homilani dunyo ishlaridan) ozod etib, Senga nazr qildim. Bas, (bu nazrimni O’z 

dargohingda) qabul ayla! Albatta Sen eshitguvchi, bilguvchisan», deganini eslang!» (Oli 

Imron surasi, 35-oyat). Xanna bir oz vaqtdan keyin homilador bo‘ldi, lekin Imron bola 

tug‘ilmasidan oldin vafot etdi. Xanna shiringina bir qiz tug‘di. Qizini nazrga atagani esiga 

tushdi, va’dasiga vafo qilishni niyat qildi. «Ko‘zi yorigach esa, bunday dedi: 

«Parvardigoro, men qiz tug‘dim, - holbuki, Alloh uning nima tuqqanini bilguvchiroqdir va 

(har qanday) o‘g‘il bu qiz kabi (bu qizning o‘rnini bosguvchi) emasdir, - «Va men unga 

Maryam deb ism qo‘ydim. Men bu qizga va uning zurriyotiga dargohingdan quvilgan 

shaytonning yomonligidan panoh berishingni Sendan iltijo qilaman» (Oli Imron surasi, 

Zb-oyat). Alloh taolo Xannaning duosini ijobat qildi. Maryam va o‘g‘lini shaytonning 

yomonligidan saqladi. 

 

Rasululloh (s.a.v.) dedilar: «Har bir odamni tug‘ilayotganida shayton ushlaydi, lekin 



Maryam va o‘g‘li bundan mustasno» (Muslim rivoyatlari). 

 


Yüklə 156,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin