Haqiqat manzaralari 96
mumtoz faylasuf
www.ziyouz.com
кутубхонаси
205
orasida muammo yotadi.
* * *
Nafrat faol norozilik tuyg‘usi, hasad esa, aksincha, sust norozilik hissidir. Shu
bois hasadning qisqa
fursatda nafratga aylanishidan hayratlanmaslik kerak.
* * *
Hammaga birdek yoqish istagi eng kulgili istakdir.
* * *
Chorak soat davomida tovlanib turgan kamalakni payqamay qo‘yadilar.
* * *
Aql bilan muhabbat o‘rtasida hech qanday umumiylik yo‘q!
* * *
Yaxshilikni yo‘qotish – kam yo‘qotish, nomusni yo‘qotish – ko‘p yo‘qotish, mardlikni yo‘qotish –
hamma narsani boy berish demakdir.
* * *
Yashash uchun g‘alaba qozonishni o‘rgan.
* * *
Dadil fikrlar shashka o‘yinidagi oldingi qator donalari vazifasini bajaradi: ular halok bo‘lsa-da,
g‘alabani ta’minlaydi.
* * *
Vaqt nafaqat odamlar, balki yodgorliklar ustidan ham hukmronlik qiladi.
* * *
Inson uchun faqat birgina baxtsizlik mavjud. U ham bo‘lsa, hayotga hech bir foydasi tegmaydigan
yoki mehnatdan chalg‘itadigan g‘oya bilan band bo‘lish.
* * *
Hamma narsani zudlik bilan qaytadan boshlash istagi insonning o‘ziga xos xususiyatidir.
* * *
Har bir faoliyatni u uzoq davom
etishi va hatto orzuga, hayot tarziga aylanishi kerak bo‘lgan
taqdirda ham bayram bilan boshlamaslik joiz. Faqat eson-omon nihoyasiga yetkazilgan ishnigina
bayram qiling. Ishni tantana bilan boshlash ishtiyoqimizni oshiruvchi va keyingi sa’y-harakatlarimizda
yo‘ldosh bo‘luvchi g‘ayrat hamda kuch-quvvatimizni so‘ndiradi.
* * *
Eng qiyin narsa nima? Bu siz uchun eng oson tuyuladigan ish: ya’ni shundoqqina ko‘z oldingizda
turgan narsalarni ko‘rishdir.
Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf
Dostları ilə paylaş: