boshlab Germaniyadagi eng mashhur Gettingen dorilfununida o‘qidi. Tibbiyot, fizika, zoologiya, falakiyotshunoslik, tabiiy tarix, psixologiya, mantiq, inson miyasi anatomiyasi fanlarini o‘rgandi. 1811 yildan esa Berlin dorilfununida Fixte hamda Shleyermaxer ma’ruzalarini tinglab, falsafadan saboq oldi. Shopengauerda yoshligidanoq tushkunlik kayfiyati shakllana boshlagan. «Hayot – juda shubhali narsa va men umrimni u haqda fikrlash uchun bag‘ishlashga qaror qildim», — deb yozgandi faylasuf o‘zining hayotiy maslagi to‘g‘risida. Shopengauerning o‘ziga ishonchi juda yuksak bo‘lgan. U keksaygan chog‘ida ham xasisligi, so‘zlarining keskinligi va sabrsizligi bilan shuhrat qozongan. Hamkasblarining ta’kidlashicha, Shopengauer o‘ta sershubha odam bo‘lgan. Doimo atrofidagilar go‘yoki undan nimanidir yashirib, unga qarshi fitna uyushtirayotganidan gumonsirab yurgan. Shopengauerning Berlin dorilfununidagi dotsentlik faoliyati uzoq davom etmagan. Chunki u o‘z ma’ruzalarida boshqa faylasuflarni tahqirlab yodga olar yoki ularni umuman tilga olmasdi. 1825 yilda Shopengauer o‘qituvchilikni tashlab, Frankfurt-Mayn shahriga ko‘chib boradi va hayotining ko‘p qismini shu yerda o‘tkazadi. U ingliz, frantsuz, italyan va ispan tillarini mukammal bilgan. Shopengauer 30 yoshida «Olam iroda va tasavvur sifatida» deb nomlangan eng mashhur asarini yozgan. U birinchi bo‘lib «ruhiy halovat» atamasini qo‘llagan. «Eng oliy darajadagi turfa va davomiy huzur-halovat ruhiy halovatdir…» deb yozgandi faylasuf. Shopengauer kunning asosiy qismini ikki xonali uyidagi ish bo‘lmasida o‘tkazgan. Mutolaa – uning eng sevimli mashg‘uloti edi. Faylasuf bir umr bo‘ydoq o‘tgan. U yuqumli kasallik tufayli vafot etishdan o‘lgudek