Saida Jo\'rayeva. Haqiqat manzaralari. 96 mumtoz faylasuf
www.ziyouz.com кутубхонаси
211
San’at uchun biroz g‘amgin va yetarli darajada baxtsiz odamlar kerak.
* * *
Umri davomida faqat bir marta sevganlarni yengil-elpi odamlar deb hisoblayman. Ularning
sadoqati, doimiyligi – shunchaki odat yoki tasavvurning yo‘qligi belgisi, xolos.
SEVGI TAJRIBASI TO’G’RISIDA
… Men yuksak ehtirosdan xolis bo‘lishga va sovuqqon faylasuf sifatida erkin fikr yuritishga harakat
qilaman. Quyida sevgi deb atalmish dard bosqichlari vijdonan va aniq tasvir etilgan:
1) sevgi-ehtiros;
2) sevgi-mayl.
Sevgi-ehtiros bizni manfaatlarimizni qurbon qilishga majburlagan bir paytda, sevgi-mayl bunga
moslashishga undaydi;
3) jismoniy sevgi;
Insonning fe’l-atvori qanchalik sovuq va quruq bo‘lmasin, u 16 yoshida shu yo‘lga qadam qo‘yadi;
4) sevgi shuhratparastlik.
Tark etilgan oshiq manmanlik va g‘amginlik alamini tortadi, romanlarda tasvirlangan timsollar uni
hayajonga soladi va u o‘zini sog‘inch o‘rtayotgan oshiq deb biladi. Chunki shuhratparastlik doimo
yuksak ehtiros bo‘lib ko‘rinishga ishtiyoqmanddir.
* * *
Sevgi! Sen bizni bu dunyodagi qanday telbaliklardan zavqlanishga majbur etasan-a?!
* * *
Zamin bo‘ylab yoyilgan har qanday sevgi ayni bir qonuniyatga amal qilgan holda tug‘iladi, yashaydi
va o‘ladi.
* * *
Ishq bezgakka o‘xshaydi, u irodaga bog‘liq bo‘lmagan tarzda paydo bo‘ladi va so‘nadi.
* * *
Men qalb tubida ro‘y berayotgan narsalar to‘g‘risida so‘zlashni istayman.
Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf
www.ziyouz.com кутубхонаси
212
ARTUR SHOPENGAUER (1788-1860)
Olmon faylasufi Artur Shopengauer o‘ziga to‘q savdogar oilasida dunyoga keldi. U avval tijorat, tibbiyotdan saboq olib, keyin falsafani o‘rgana boshladi. 1809 yildan