— Ne sababdan ustozing Arastuni otang Sulton Faylaqus (Filipp)dan ham a’lo
ko‘rasan?
Shoh Iskandar shunday javob qaytaradi:
— Otam mening jismimni tarbiyalab, osmondan yerga olib tushdi. Ustozim Arastu esa
mening ruhimni tarbiya qilib, yerdan osmon qadar yuksaltirdi.
Arastu peshonasiga sochini tushirib, kalta soqol qo‘yib yurgan. Zamondoshlarining
guvohlik berishicha, lablari chetidagi doimiy kinoyali tabassum natijasida paydo bo‘lgan
ajinlar Arastu o‘zini faylasuf Aflotunning shogirdi, deb bilishidan darak berardi. Arastu
yunon ilm-fani qo‘lga kiritgan bilimlarni egallash borasida Aflotunni hatto shoh
Iskandardan ham ustun qo‘ygan.
Miloddan avvalgi 336 yilda Arastu Afina shahrida o‘zining xususiy maktabini ochdi. Bu
ilmgoh kurash maktablari qatorida va Afinaning shimoliy darvozasidagi Likey
maydonlariga tutash yerda joylashgandi.
Arastuni hayajonga soluvchi muammolar favqulodda qiziqarli va teran edi. Masalan,
inson eng avvalo o‘zini sevishi kerakmi yo boshqanimi, degan savol uni ko‘p o‘ylantirardi.
O’zini ko‘proq sevgan odamni xudbinlikda ayblaydilar. Boshqa tomondan olib qaralganda
esa, inson avvalo o‘zining eng yaqin do‘sti bo‘lgan kimsani ko‘proq qadrlashi va sevishi
lozim, deyiladi. Vaholanki, har bir odamning o‘zidan o‘zga sadoqatli do‘sti bormi olamda?
Demak, inson avvalo o‘zini hurmat qilishi va sevishi lozim, deb fikr yuritadi Arastu.
Agar faylasuf Zenon Eleyskiy Arastuga zamondosh bo‘lganida shu so‘zlari uchun unga
ta’zim qilishi turgan gap edi.
Arastu havas qilarli darajada o‘tkir zehn sohibi bo‘lgan.
U 445270 satrdan iborat 28 ta kitob yozgan. Faylasufning
«Metodika», «Metafizika»,
«Jon haqida», «Poetika», «Osmon haqida», «Fizika», «Ritorika», «Sevgi haqida»,
Dostları ilə paylaş: |