Microsoft Word mumtoz faylasuflar hikmati ziyouz com doc



Yüklə 0,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə66/184
tarix03.10.2023
ölçüsü0,67 Mb.
#151940
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   184
Saida Jo\'rayeva. Haqiqat manzaralari. 96 mumtoz faylasuf

www.ziyouz.com
кутубхонаси
78
XAN FEY 
(Miloddan avvalgi 288-233 yillar)
Qadimiy Xitoy faylasufi Xan Fey Xan saltanatining aslzoda xonadonlaridan birida 
dunyoga keldi. U bolalik chog‘idanoq duduqlanib gapirardi. Keyinchalik Syun-tszining 
qo‘lida tahsil olib, Shan Yan, Shen Buxay, shuningdek, daosizm (xitoycha «dao» — qonun 
demak) ta’limoti bilan qiziqqan. 
Xan Fey o‘ziga qadar yashab o‘tgan ko‘plab yirik donishmandlar kabi legistik («legist» 
— lotincha «qonun» degan ma’noni anglatadi) dunyoqarash tarafdori bo‘lib, davlatni 
boshqarish muammolari bilan shug‘ullangan. «Qonunlar xalqning otasi va onasidir. 
Hukmdor va amaldorlar, oliy nasablilaru past tabaqadagilar — hamma qonunga birdek 
amal qilmog‘i lozim. Bu — buyuk boshqarish san’ati deb ataladi» degan g‘oyani yoqlagan. 
Xan Fey qonunni birinchi o‘ringa qo‘ygan Shan Yan («Qonunlar va farmoyishlar — 
xalqning hayoti va boshqaruvning asosidir»), hukmdorlik san’atini birinchi o‘ringa 
qo‘ygan Shen Buxay («Hukmdor qo‘li ostidagi amaldorlarni ishlata biladi va 
harakatlarining natijasi bilan o‘zgalarni lol qoldiradi»), ierarxiya (quyi 
mansabdagilarning yuqori mansabdagilarga bo‘ysunish tartibi) kuchini birinchi o‘ringa 
qo‘ygan Shen Dao («Axloqsizlarni itoatga keltirish uchun donishmandlikning o‘zi yetarli 
emas, ammo donishmandlarni egib olish uchun e’tiborli mavqening o‘zi yetarli») 
qarashlariga tayanib, boshqaruvning «uch quroli» va «ikki tayanchi» haqidagi ta’limotni 
ishlab chiqdi. 
 
* * * 
Qonunga rioya qilish, hokimiyatning amalda mavjudligi va boshqarish san’atidan foydalana bilish 
hukmdorning qo‘lidagi uch boshqaruv quroli bo‘lib, davlatdagi tartib-intizomning garovidir. 
Ulardan bittasini ham e’tiborsiz qoldirish mumkin emas. 
* * * 
Har bir qonunning ikki tayanchi bo‘lib, biri jazo, ikkinchisi mukofotdan iboratdir. 
* * * 
Xan Feydan uchta qo‘lyozma asar qolgan, ulardan biri «Yolg‘iz odamning nolishi» deb ataladi. 
Faylasuf bu asariga quyidagi g‘oyalarni singdirgan. 
Hech qachon hukmdor bo‘lmagan odamning shohga aql o‘rgatishi har kimga ham erish tuyulishi 
mumkin. Qani aytingchi, falakiyotshunos olim etikdo‘zning maslahatiga muhtojmi? Etikdo‘z maslahat 
berdi ham deylik, ammo uning aytganlari foydali va o‘rinli bo‘larmikan? Biroq boshqa tomondan olib 
qaraganda, «mushkulingni oson qiluvchi so‘zni hech qachon o‘zing uchun topib aytolmaysan», degan 
naql ham barchaga ma’lum-ku. Go‘yoki yorug‘ nurga yo‘g‘rilgan asl maslahatni faqat chetdan kutish 
mumkin. Xan Feyning bu ta’limoti bilan tanishgan aziz o‘quvchilarimiz o‘tkir zakovat sohibi 
Rustavelining: «Jangni chetdan turib kuzatgan har bir kishi o‘zini mohir lashkarboshi, deb xayol 
qiladi» degan so‘zlarini eslashayotgandir. Shuningdek: «Qanchalar uzoqlashsang, shunchalar yaxshi 
ko‘ra olasan», degan naql ham mavjud. 
Xan Feyning ikkinchi kitobi «Besh tekinxo‘r», uchinchisi «Xan Fey-tszi» deb nomlanadi. Faylasuf o‘z 
asarlarida hukmdorlarga shunday maslahatlar beradiki, ular hozirgi kunda ham o‘z qimmatini 
yo‘qotmagan. 
* * * 
Hukmdor hokimiyatni hech qachon, hech kim bilan bo‘lishmasligi lozim. Agar u amaldorlarga 
zarracha hokimiyat bersa, ular o‘sha zahoti bir zarra hokimiyatni yuz zarra hokimiyatga aylantiradilar. 


Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf 

Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin