ammo tushunarsiz narsalar vositasida tushuntirish usulidan foydalandi.
Masalan, u vaqtning mohiyatini shunday tushuntiradi:
Vaqt — harakatning masofasidir.
Zenon g‘ayrioddiy tarzda hayotdan ko‘z yumgan. Bir kuni u qoqilib, yerga yiqiladi-da,
bu holni yuqoridan yuborilgan ogohlantirish va chaqiruv deb hisoblaydi hamda o‘sha
zahoti o‘zini o‘zi bo‘g‘ib o‘ldiradi.
* * *
«Donishmanddan o‘zga hech kim hech narsani bilmaydi», deb yozgandi Zenon. U o‘zining bu fikrini
harakat orqali tushuntirgan. Ya’ni, barmoqlari yozilgan qo‘liga ishora qilib: «Bu timsol alomati» deydi.
Keyin barmoqlarini sal bukib, shunday deydi: «Bu rizolik alomati», nihoyat barmoqlarini musht qilib
tugib: «Bu esa anglash alomati» deydi va o‘zining bu o‘xshatmasiga katalepsis deb nom beradi.
So‘ngra chap qo‘lini uzatib, o‘ng mushtini qattiq siqib: «Mana bu donishmanddan o‘zga hech kim
erisholmaydigan bilimdir», — deb so‘zini tugatadi.
* * *
Falsafani tirik mavjudotga qiyoslash mumkin, — deb yozadi Zenon. — Chunonchi, suyaklar va asab
tizimi mantiq ilmi bo‘lsa, et axloq ta’limotidir. Jon esa tabiiyot (fizika)dir. Falsafani yana tuxumga ham
o‘xshatish mumkin: po‘sti — mantiq, ichidagi oq suyuqlik qatlami — axloq, o‘rtadagi sarig‘i esa —
tabiiyot. Falsafa ilmini yaxshi muhofazalangan va aql bilan boshqariladigan bir shaharga ham
qiyoslamoq o‘rinli bo‘lur edi.
* * *
Hech bir yovuzlik hurmatga sazovor bo‘lolmaydi. Yovuzlik — bizda qudrat, yuksalish, ezgulik
Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf
www.ziyouz.com
кутубхонаси
73
tuyg‘ulari uyg‘onishiga bir to‘siq, xolos.
* * *
Xudo mangudir. U olamdagi har bir narsani jamiki moddiyat vositasida yaratgan.
* * *
Bizning ruhimizga ko‘plab tasavvurlar jo etilgan.
* * *
Jon sakkiz qismdan tarkib topgan. Uning besh qismi ko‘rish, eshitish, hid bilish, ta’m bilish va
sezish hislaridan iboratdir. Oltinchisi — ovoz, yettinchisi — nasl qoldirish qismlari bo‘lib, sakkizinchisi
esa boshqaruvchi qism deb ataladi. Bu qism xuddi sakkizoyoq singari qolgan yetti qismini boshqaradi
va ulardan foydalanadi.
* * *
Tabiat bilan totuvlikda yashamoqlik, ezgulik bilan yakdil bo‘lmoqlik demakdir.
* * *
Biz tashqi olamni tuyg‘ularimiz ila qabul etib, aqlimiz ila anglashga qodirmiz.
* * *
So‘z buyumlarni belgilash uchun odamlar o‘zaro kelishib qabul qilgan ifoda bo‘lmay, so‘zlarning o‘zi
buyumlar va buyumlarning tabiatiga ko‘ra belgilangandir.
* * *
Erkinlik — donishmandlargina yetishishi mumkin bo‘lgan bir holat. Qolganlar uchun esa u
noma’lum va yetib bo‘lmas manzildir.
* * *
Manmanlikdan ortiq adabsizlik bo‘lmaydi.
* * *
Ilm egallash asnosidagi eng keraksiz narsa dimog‘dorlik, eng zarur narsa esa vaqtdir.
* * *
Do‘st bizning ikkinchi «men»imizdir.
* * *
Bir ezma odamga Zenon shunday degan ekan: «Bizga ko‘proq eshitib, kamroq so‘zlash uchun
ikkita quloq va bittagina og‘iz ato etilgan».
* * *
Faylasuf o‘z nutqini aqli bilan bezab so‘zlamog‘i joizdir.
* * *
Falsafa turli-tuman mevali daraxtlar bilan to‘liq bog‘ga o‘xshaydi. Mantiq bu bog‘ning devori bo‘lsa,
tabiiyot (fizika) uning daraxtlari, axloq esa pishib yetilgan mevalaridir.
Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf
Dostları ilə paylaş: |