Saida Jo\'rayeva. Haqiqat manzaralari. 96 mumtoz faylasuf
hukm qiladilar. 1600 yilning 17 fevralida Italiyaning buyuk farzandi Brunoni gulxanda yondiradilar. «O’tda yoqmoqlik — inkor etmoqlik emas!» Bu so‘zlar alanga iskanjasida qolgan Brunoning so‘nggi nidosi edi. * * *
Bruno shunday deb yozgandi: «Menga ko‘pincha sen o‘z qarashlaring bilan olamni
to‘ntarmoqchisan, deyishadi. Ammo aslida to‘nkarilgan olamni o‘z holiga qaytarishning nimasi
yomon?»
* * *
Xudo — cheksizlik ichra cheksiz. U har narsada va har yerda zohirdir.
* * *
Olamlar ham tug‘iladi va o‘ladi. Ular mangu emas va doimo o‘zgarishda. Chunki ular o‘zgarishga
mahkum qismlardan tuzilgan.
* * *
Biz to‘xtovsiz ravishda o‘zgarib boramiz. Chunki bizdagi eski atomlar o‘rnini yangisi egallaydi.
* * *
Ruh har bir narsada mavjud va jonli narsaga aylanish imkoniyatidan mahrum bironta zarracha
yo‘q.
* * *
Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf
www.ziyouz.com кутубхонаси
143
Har qanday davomiylik intihosiz ibtido, ibtidosiz intihodir. Demak, har qanday davomiylik cheksiz
lahza, ibtido va intihoning bir xilligi in’ikosidir.
* * *
Tabiiyotshunoslarning aytishicha, eng katta va buyuk tezlikning harakatsizlikdan farqi yo‘q.
Harakatsizlik eng katta, hadsiz tezlikdagi harakatdir.
* * *
Sezgi tasavvurga, tasavvur — tafakkurga, tafakkur — aql-idrokka, aql-idrok fikrga evriladi.
* * *
Sezgi cheksizlikni ko‘rolmaydi. Shu bois sezgilardan buni talab qilmaslik kerak. Sezgi vositasida
cheksizlikni ilg‘ashni xohlovchilar ko‘z bilan Xudoni va mohiyatni ko‘rishga intiluvchilarga o‘xshaydilar.
* * *
Faylasuflik qilishni istovchi avvalo hamma narsaga shubha bilan qaramog‘i joiz.
* * *
Insonning Yerdagi hayoti — urush holatidan o‘zga narsa emas. Chunki u dangasalarning
nochorligini yengishi, yuzsizlikni jilovlashi, dushman zarbasidan ogoh bo‘lishi lozim.