Saida Jo\'rayeva. Haqiqat manzaralari. 96 mumtoz faylasuf
www.ziyouz.com кутубхонаси
147
* * *
Qo‘rquvning o‘zidan ko‘ra qo‘rqinchliroq narsa yo‘q.
* * *
Tabiat ustidan hukmronlikni mo‘‘jiza deb ataymiz. Ammo bu «mo‘‘jiza» odatda boshimizga faqat
kulfat yog‘diradi.
* * *
Inson tafakkuriga qanot emas, balki uni qaltis sakrash va parvozdan asrovchi qo‘rg‘oshin
bog‘lamoq joiz.
* * *
Makkor odamlar ilmni nazar-pisand etmaydilar, soddadil odamlar undan hayratga tushadilar,
donolar esa ilmdan foydalana biladilar.
* * *
Bilimsizlik kuchaygani sayin shubha-gumon orta boradi.
* * *
Mutolaa insonni bilimdonlik sari, suhbat topqirlik sari yetaklaydi. Yozish esa aniqlikni ta’minlaydi.
* * *
Avval shaxsan o‘zi yovuzlikning barcha sir-asrorlarini tadqiq etmagan sofdil va batartib odam hech
qachon vijdonsiz va nodon odamlarni qayta tarbiyalay olmaydi. Chunki tuban va vijdonsiz kishilar
sofdillik va batartiblikni odamlarning tajribasizligi hamda go‘lligi oqibati deb tushunadilar.
* * *
Odamlar biror yangilik yaratishdan avval vaqtdan o‘rnak olishsa, yaxshi bo‘lardi. Chunki vaqt eng
buyuk o‘zgarishlarni ham asta-sekin, sezdirmay amalga oshiradi. Aks holda, har qanday yangilik
kutilmagan tasodifga aylanib qoladi. Yana shuni aytish joizki, har qanday yangilik doimo kimgadir
baxt, kimgadir kulfat keltiradi.
* * *
Zo‘ravonlik yo‘g‘rilgan choralar zamirida yovuzlik yotadi.
* * *
Barcha ezgu fazilatlar insonni illatlar iskanjasidan xalos etadi, lekin faqat jasurlik fazilatigina insonni
taqdir hukmidan asrab qolishga qodir.
* * *
Insonning asl tabiatini yolg‘iz qolganda aniqlash oson. Chunki ayni shu damlarda u o‘zidagi yasama
xo‘jako‘rsinlik niqobini olib tashlaydi. Insonni yana g‘azab otiga minganda yaxshi bilib olasiz. Chunki u
bu onlarda o‘z qoidalarini unutib qo‘yadi. Insonning asliyatini yangi sharoitga tushib qolganda bilib
olsa ham bo‘ladi, chunki bunday damlarda uning odatlari o‘z kuchini yo‘qotadi.
* * *
Baxtdan lazzatlanish – buyuk saodat. Baxtni o‘zgalarga tuhfa etish esa undan ham buyukroq
ezgulikdir.
* * *
Davlati kamayishini istamaydiganlarning xarajati daromadining yarmidan, davlati ko‘payishini
Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf
www.ziyouz.com кутубхонаси
148
istovchilarning xarajati esa daromadining uchdan bir qismidan oshmasligi kerak.
* * *
Inson o‘zi afzal ko‘rgan narsalarning haqiqatligiga ko‘proq ishonadi.