oilasida tug‘ilib o‘sdi. U oiladagi 9 nafar farzandning to‘rtinchisi bo‘lgan. Kant bolalik va o‘smirlik chog‘larida tez-tez kasalga chalingani sababli nimjon, jizzaki hamda vahimachi edi. 1745 yilda u Kyonigsberg universitetining ilohiyot fakultetini tamomlagan. 1755 yildan to 1797 yilgacha shu yerda metafizika, mantiq, axloqiy falsafa, fizika, riyoziyotdan dars bergan. Umrining oxirigacha bo‘ydoq o‘tgan. 57 yoshida «Sof tafakkur tanqidi» deb nomlangan asosiy asarini yozib tugallagan. Uning quyidagi asarlari ma’lum: «Osmonning umumiy tabiiy tarixi va nazariyasi» (1755), «Mantiq» (1800), «Amaliy mantiq tanqidi» (1788), «Antropologiya» (1798). Bular Kantning eng yirik va mashhur asarlari sirasiga kiradi. Olim shaxsiy hayotida falsafiy masalalar xususida suhbatlashishni xush ko‘rmagan. Aftidan, u o‘zining tinglashga emas, faqat o‘qitishga qobiliyatli ekanini yaxshi anglagan. Hayotining har bir lahzasi muayyan tartibga solingan faylasuf har kech roppa-rosa soat 10 da uyquga yotgan, tonggi soat 5 da uyg‘ongan. U 30 yil davomida bir marta ham bu tartibni buzmagan. Roppa-rosa kechki soat 7 da sayrga chiqqan. Kyonigsbergda yashovchilar Kantga qarab soatlarini tekshirishgan. * * *
Falsafa sohasini quyidagi savollar bilan chegaralash mumkin:
1. Men nimani bila olaman? 2. Men nima qilmog‘im kerak? 3. Men nimaga ishonishim mumkin? 4.
Inson nima?
Birinchi savolga metafizika fani, ikkinchisiga axloq, uchinchisiga din va to‘rtinchisiga antropologiya
javob beradi. Yuqoridagi uch savol oxirgisiga kelib taqaladi.
* * *
Rad etilishdan cho‘chimaslik kerak. Boshqa narsadan – seni tushunmasliklaridan ehtiyot bo‘l.
* * *
Har bir fan faqat riyoziyot bilan inoqlashgandagina mukammallikka erishadi.
* * *
Jilla qursa, ilohiyot fakultetining: «Falsafa fakulteti – ilohiyot fakultetining oqsochi», — degan
mag‘rurona da’vosiga qo‘shilsa bo‘ladi. (Bu o‘rinda: «Oqsoch bekasining oldida mash’ala tutib yo‘l
boshlaydimi yoxud uning ortidan etaklarini ko‘tarib yuradimi?» – degan savol ochiq qoladi). Ishqilib
falsafa fakultetini yopib, og‘zini yumib qo‘yishmasa bo‘lgani.
* * *
Tashqi xotirjamlik faqat zohiran mavjuddir. Inson tabiatidagi pinhoniy shubhalar urug‘ini tag-tomiri
bilan bartaraf etmoq joiz. Biroq buning uchun biz avvalo bu kurtakka erkinlik va hatto ozuqa
berishimiz kerak. Shundagina u nish urib, ko‘zga ko‘rinadi va uni ildizi bilan yo‘qotish mumkin bo‘ladi.
* * *
E’tiqodga joy berish uchun bilimlarimni siqishtirishimga to‘g‘ri keldi.
* * *