kulib, haqoratlashgan. Suqrot hammasiga dosh bergan. Hatto bir kuni tepki yeganda ham chidab turavergan. Odamlar bundan ajablanishganda ularga qarata shunday degan: «Eshak tepsa, uni sudga berolmayman-ku!» Suqrot mohir raqqos bo‘lgan va bunday mashqni jismning salomatligi uchun foydali deb bilgan. U talabalarga og‘zaki saboq bergan va hech qanday yozma manba qoldirmagan. Timey ismli shogirdi: «Ey ustoz, nima sababdan dono fikrlaringizni qog‘ozga tushirmaysiz?» — deb so‘raganda, Suqrot: «Ey Timey, o‘lik hayvonlarning terisiga ishonching va tirik, barhayot fikrlarga ishonchsizliging juda mustahkam ekan», — deb javob bergan. 399 yil Suqrot bir yurtdoshining fitnasi tufayli fuqarolik me’yorlarini buzganlikda ayblanib, o‘lim jazosiga hukm qilingan va qatl etilgan. Sudda Suqrotning og‘zidan chiqqan so‘nggi so‘zlar shunday bo‘lgan: «Menga o‘lish uchun, sizga esa yashash uchun bu yerni tark etish fursati yetdi. Faqat buning qay biri afzalligi Xudodan o‘zga hech kimga ayon emas». Sudda 220 nafar odam Suqrotning aybsizligini yoqlab, 280 nafar kishi esa unga qarshi ovoz bergan. O’sha davrdagi qoidaga ko‘ra, o‘limga mahkum etilganlarga belgilangan vaqtda zaharli tsikuta (zaharli suv o‘simligi, bodiyoni rumi, zangpoya deb ham ataladi) o‘simligini ezib ichirishgan. ... Suqrot ruhining eson-omon boqiy dunyoga rixlat etishini Tangridan fikran so‘rab, xotirjamlik va osonlik bilan zahar to‘ldirilgan idishni bo‘shatadi. Tegrasidagi do‘stlari yig‘lab yuborishadi. Faylasuf ularni tinchlantirib, sukunatda hayot bilan vidolashishi kerakligini uqtiradi. U bir oz yurib, oyoqlari og‘irlashgach, turma burchagidagi yog‘och chorpoyaga cho‘ziladi. Keyin: «Kriton, biz Asklepiydan xo‘roz qarzmiz. Xo‘rozni qaytaring, yodingizdan chiqmasin», — deydi shogirdiga. Bu Suqrotning