Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf
www.ziyouz.com
кутубхонаси
61
tomonidan boshqariladilar. Fuqarolar o‘z boshqaruvchilarini boqadilar. Fuqarolarni boshqaruvchilar
fuqarolar tomonidan ta’minlanadilar.
* * *
9-qoida. Inson tabiatidagi ezgulikning yo‘qolishiga yo‘l qo‘ymaslik.
Hosil mo‘l bo‘lmagan yil ko‘plab o‘g‘il farzandlar va ukalar bag‘ritosh bo‘lib qoladilar. Bu
bag‘ritoshlik Koinot tomonidan ularga berilgan tabiiy sifatlarga bog‘liq emas. Balki ochlik ularning
qalblarida yovuzlikning uyg‘onishiga sabab bo‘ladi.
* * *
10-qoida. Fuqaroni ezgulikka yo‘llash.
Inson tomonidan sodir etilgan yovuzlik uning tabiiy sifatlariga bog‘liq emas.
* * *
Qadimgi Xitoy faylasuflaridan yana biri Gao-tszi: «Inson tabiati jo‘sh urgan suv oqimiga o‘xshaydi.
Unga sharqdan yo‘l ochsang — sharqqa tomon oqadi, g‘arbga bursang, g‘arb tomon shoshadi. Suv
oqimi sharq va g‘arbning farqiga bormaganidek, inson tabiatini ham ezgulik va yorug‘lik kabi
sifatlarga ajratib bo‘lmaydi», — degandi.
Men-tszi bu fikrga shunday e’tiroz bildiradi: «Chindan ham suv sharq va g‘arbni ajratolmaydi.
Ammo u past-balandning farqiga boradi-ku! Suv pastga qarab oqqanidek, inson ham tabiatan
ezgulikka intiladi.
Quyiga tomon oqishni istamaydigan suv bo‘lmaganidek, insonlar orasidan ham ezgulik
tilamaydigan odamni topish mumkin emas. Agar suvni urib, harakatga keltirsangiz, u boshingiz uzra
ko‘tariladi. Bordi-yu, yo‘lini to‘sib harakatga keltirsangiz, u tog‘lar qadar yuksaladi. Bu holatlar suvning
tabiatiga bog‘liq holda sodir bo‘ladimi? Yo‘q. Ular tashqi kuch ta’siri ostida, sun’iy ravishda yuz beradi.
Insonni ham ta’sir o‘tkazib, yovuzlikka undash mumkin. Chunki uning tabiati ham suvga o‘xshaydi.
* * *
Inson tabiatan olijanobdir.
Dostları ilə paylaş: