Saida Jo\'rayeva. Haqiqat manzaralari. 96 mumtoz faylasuf
www.ziyouz.com кутубхонаси
70
* * *
Faylasufning inson azob-uqubatlariga malham bo‘lolmaydigan so‘zlari quruq safsatadan o‘zga
narsa emas. Jismdagi kasallikni yo‘qotolmaydigan tabobatdan hech qanday naf bo‘lmaganidek,
qalbdagi xastalikka davo topolmaydigan falsafa ham befoydadir.
* * *
Sezgi hech qachon aldamaydi. (Epikur beqaror va yuzaki sezgini barqaror va umumiy sanalmish
fikrga qarama-qarshi qo‘yuvchi qadimiy falsafa aqidalarini rad etgan. U sezgini haqiqatning mezoni
deb hisoblagan.)
* * *
Aql-farosatdan mahrum holda baxtli yashagandan, aql-farosat bilan badbaxt bo‘lgan a’loroqdir.
* * *
O’tgan saodatli onlarini unutganlar qariyaga aylanadilar.
* * *
O’lim — eng dahshatli yovuzlik. Ammo buning bizga hech qanday daxli yo‘q. Chunki biz tirik
ekanmiz, o‘lim ham bo‘lmaydi, o‘lim yetib kelgach, biz g‘oyib bo‘lamiz.
* * *
Bizga kerakli narsalarni yengil, kerakmaslarini esa og‘ir qilib yaratgan dono tabiatga tahsinlar
aytamiz.
* * *
Erkinlik istaklarni jilovlash natijasida erishiladigan eng oliy ne’matdir.
* * *
Zaruriyat kulfatdir. Ammo zaruriyat bilan yashashning hech qanday zarurati yo‘q.
* * *
Aqlli, axloqli va adolatli bo‘lmay turib, ko‘ngildagidek yashash mumkin emas. Va aksincha,
ko‘ngildagidek yashamay turib, aqlli, axloqli va adolatli hayot kechirib bo‘lmaydi.
* * *
Navqironlarni emas, balki hayotini yaxshi yashab o‘tgan keksa odamlarni baxtli sanamoq lozim.
* * *
Barcha istaklar oldiga shunday savolni ko‘ndalang qo‘ymoq kerak: xo‘sh, istagim amalga oshgach,
men nimaga erishaman? Istagimga erisholmasam-chi?
* * *
Donishmand hech qachon befahmga aylanolmaydi.
* * *
Donolik hamma narsaning ibtidosi va buyuk ezgulikdir. Shu bois u hatto falsafadan ham
qimmatliroq.
* * *
Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf
www.ziyouz.com кутубхонаси
71
Insonlar yo hasad, yo ko‘rolmaslik, yoki nafrat tufayli bir-birining dilini og‘ritadilar. Dono kishi esa
aql-idrok ila bularning barchasidan ustun turadi. Donolikka erishgan odam hatto atayin urinsa ham
buning aksini qilolmaydi.
* * *
Hatto eng bo‘lmag‘ur qonun ham insonlar uchun zarurdir. Aks holda odamlar bir-birini g‘ajib
tashlaydi.
* * *
O’zingga bino qo‘ymay, dono, aql-zakovatli bo‘lishga intil.
* * *
Yiqilganni turg‘izmoq uchungina egil.
* * *
O’zgalarga qo‘rqinchli tuyulgan odamning qalbi ham qo‘rqinch hislaridan xoli emas.
* * *
Inson yo qo‘rquv, yoki intihosiz va behuda ehtiros tufayli baxtsiz bo‘ladi.
* * *
Donishmandgina she’riyat va musiqaga to‘g‘ri baho bera oladi.