Microsoft Word mumtoz faylasuflar hikmati ziyouz com doc



Yüklə 0,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə63/184
tarix03.10.2023
ölçüsü0,67 Mb.
#151940
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   184
Saida Jo\'rayeva. Haqiqat manzaralari. 96 mumtoz faylasuf

www.ziyouz.com
кутубхонаси
74
SYUN-SZI 
(Taxminan miloddan avvalgi 313-235 yillar)
Qadimiy Xitoy faylasufi Syun-tszi Chjao xoqonligida dunyoga keldi. Miloddan avvalgi 
266 yilda Chjaoni tark etib, Sin saltanatiga jo‘nadi va bu yerda xoqon Chjao-van hamda 
uning bosh vaziri Suy bilan hamsuhbat bo‘ldi. 
Miloddan avvalgi 264 yili faylasuf Si xoqonligiga kelib, «Szisya» akademiyasida dars 
bera boshlaydi va tez orada saltanatdagi eng ko‘zga ko‘ringan a’yonlar qatoridan joy 
olib, olimlarga boshchilik qiladi. 
O’ta mustaqillikka va fikrlarini ochiq-oydin aytishga odatlangani bois Syun-tszi 255 
yilda tuhmatga uchraydi. Natijada Si xoqonligidan Chu saltanatiga qarab yo‘l oladi va bu 
yerda Lanlin tumaniga hokim qilib tayinlanadi. 
Miloddan avvalgi 250 yilda Syun-tszi vazifasidan ozod etiladi va Chjao xonligiga qaytib 
boradi. Oradan ko‘p o‘tmay u Chu xoqonligi Lanlin viloyati hokimligi vazifasiga qayta 
tiklanadi. 
Miloddan avvalgi 238 yili faylasufning homiysi bo‘lmish Chun-shen viloyatining 
hukmdoriga suiqasd qilinadi. Syun-tszi noiloj davlat xizmatidan ketadi. U Lanlin 
viloyatida muqim qolib, shogirdlari bilan birgalikda «Syun-tszi» deb nomlangan asarini 
yozishga kirishadi. 
Hukmdorlaru vazirlar bilan dadil muloqotda bo‘lib, o‘z fikrini tap tortmay ayta olgan 
Syun-tszi hayotini qashshoqlik va faqirlikda o‘tkazadi... Zamondoshlari uning falsafiy 
salohiyatini munosib qadrlay olmaydilar. U hayotdan shu tariqa ko‘z yumadi. 
* * * 
O’tmishga sajda qilmang, kelajak uchun g‘am chekmang va tashvishli xayollarga berilmang! Kezi 
kelganda, fursatni qo‘ldan bermay ishga kirishing!.. — deb yozadi Syun-tszi. 
* * * 
Men kun bo‘yi o‘y surdim-u, ammo hatto eng qisqa fursatli tahsilchalik naf ololmadim. Oyog‘imning 
uchida ko‘tarilib, uzoqlarga ko‘z tikdim. Biroq yuksaklikdan yaqqol namoyon bo‘lguvchi sarhadlarni 
ko‘rolmadim. Chunonchi, baland joyga chiqib qo‘l silkigancha biror kimsani chaqirganingizda qo‘lingiz 
uzayib ketmasa-da, o‘sha odam uni uzoqdan ko‘ra oladi. Tovushingizni shamolning yo‘nalishiga 
moslab qichqirganingizda, bundan tovushingiz kuchayib qolmasa-da, tinglovchilar sizni aniq 
eshitadilar. Otlar qo‘shilgan aravaga tushganingizda oyoqlaringiz chopag‘on bo‘lib qolmaydi. Biroq siz 
bir necha ming chaqirim masofani qisqa fursatda bosib o‘tasiz. Qayiqda ketayotganingizda suzish 
borasidagi mahoratingiz oshmasa-da, katta va kichik daryolarni bemalol suzib o‘tasiz. Xulosa shuki
mukammal, komil inson dunyoga kelganda go‘yo o‘zgalardan farq qilmaydigandek tuyuladi. Ammo u 
qachon va qanday narsaga tayanishni yaxshi bilishi bilan boshqalardan ajralib turadi. 
* * * 
Inson baquvvatlik borasida ho‘kizdan ojizlik qilib, chopqirlikda otdan ortda qolsa-da, bu 
jonivorlarning har ikkisini o‘z izmiga bo‘ysundirib, ishlata biladi. Buning boisi nimada? Chunki insonlar 
ho‘kiz va otdan farqli o‘laroq hamjihatlikda yashash iqtidoriga egadirlar. Xo‘sh, insonlar nimaning 
evaziga hamjihatlikda yashaydilar? Buning siri insonlar o‘rtasidagi vazifalarning o‘zaro 
taqsimlanishidadir. Xo‘sh, bu taqsimlanish nimaning evaziga amalga oshiriladi? U burch tuyg‘usi 
evaziga amalga oshiriladi. 
* * * 


Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf 

Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin