Haqiqat manzaralari 96
mumtoz faylasuf
www.ziyouz.com
кутубхонаси
87
* * *
Qalbingizni sabr bilan qutqaring.
* * *
Sizga haqiqatni va yana haqiqatni aytaman: agar tuproqqa tushgan bug‘doy urug‘i unib chiqmasa,
yakkaligicha qolaveradi, agar tutib ketsa, katta xazinaga aylanadi.
* * *
O’zingizni bilmasangiz, qashshoqlikka duchor bo‘lasiz.
* * *
Baland tog‘ ustida qurilgan
mustahkam shahar qulamaydi, ammo sirli bo‘lolmaydi.
* * *
Eshak tegirmon atrofida aylanib, 1000 mil masofani bosib o‘tibdi. Uni bo‘shatganlarida avvalgi
joyidan qimirlamagani ko‘rindi. Shunday odamlar borki, ko‘p yuradilar-u, ammo
turgan joylaridan
siljimaydilar.
* * *
Havoriylar (Isoning shogirdlari) Iso alayhissalomdan so‘radilar:
— Bizning intihomiz qanday?
Iso alayhissalom shunday javob qaytardilar:
— Intihoni izlashdan avval ibtidoni topib oldingizmi? Zero, ibtido qaerda bo‘lsa, intiho ham o‘sha
yerdadir. Ibtidoni topgan odam saodatmanddir. Chunki u intihoni anglaydi va mangulikka doxil
bo‘ladi.
Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf
Dostları ilə paylaş: