Haqiqat manzaralari. 96 mumtoz faylasuf [uzsmart.uz]
www.ziyouz.com кутубхонаси
49
* * *
Antisfen meni ozod qilgan kundan boshlab men qullikdan qutuldim.
Bu qanday ro‘y berdi? Antisfen menga o‘zimga tegishli va begona narsalarni ajrata bilishni o‘rgatdi.
Boylik, mol-davlat meniki emas; tug‘ishganlarim, qarindosh-urug‘larim, do‘st va qadrdonlarim, shon-
shuhrat, shuningdek, do‘stlar bilan muloqot — barchasi menga begona.
«Xo‘sh, sen nimaga egalik qilishing mumkin? Shuni bilgilki, faqat tasavvurlaringgina o‘zingga
tegishlidir, — degandi Antisfen. — Ular mutlaqo ozod va erkin. Hech kimga bo‘yin egmaydi. Hech kim
ularga xalaqit berib, seni istagingdan o‘zgacha harakat qilishga majbur etolmaydi».
* * *
Aflotundan «Inson — patlardan xoli ikki oyoqli jonivordir», degan ta’rifni eshitgan Diohen
xo‘rozning patini yulib tashlaydi-da, Akademiyaga keltiradi va shunday xitob qiladi: «Mana,
Aflotunning odami!» (Shundan so‘ng odamning ta’riflariga «Enli tirnoqli jonivor», degan ibora ham
qo‘shilgan ekan).
* * *
Sevgini ochlik yengadi, agar och qolishga kuchingiz yetmasa, sirtmoqni bo‘yningizga iling, tamom-
vassalom.
* * *
Risoladagidek yashamoq uchun yo aqlga, yo sirtmoqqa ega bo‘lmoq lozim.
* * *
Diohen muhim narsalar haqida mulohaza yuritganda odamlar unga quloq solmay o‘tib
ketaveradilar. Shunda u qushga o‘xshab chug‘urlay boshlaydi. Atrofida behisob odamlar to‘planadi.
Shunda faylasuf to‘planganlarning bo‘lmag‘ur narsalar ketidan yugurib, muhim narsalar uchun esa
hatto joylaridan jilmasliklarini aytib, izza qiladi.
* * *
Diohen bir xasisdan sadaqa so‘radi. Uning ikkilanib turganini ko‘rgan faylasuf dedi: «Muhtaram zot,
men sendan non uchun sadaqa so‘rayapman, sag‘ana uchun emas!»
* * *
Diohendan falsafadan qanday naf ko‘rgani haqida so‘raganlarida, u quyidagicha javob berdi:
«Hech bo‘lmaganda taqdirning har qanday burilishlariga tayyor turishni o‘rgandim!»
* * *
«Mening falsafa bilan ishim yo‘q», deguvchi kimsaga Diohen shunday degandi: «Yaxshi yashash
haqida qayg‘urmas ekansan, yashashdan ne maqsad?»
* * *
Diohenni tilshunoslarning Odissey musibatini tadqiq etib, o‘zlarinikidan voqif emasliklari,
musiqachilar asboblarining torlarini sozlab, o‘z axloqlarini tuzata olmasliklari, riyoziyotchilarning esa
osmondagi Oy va Quyoshni kuzatib, oyoqlari ostida nima borligini ko‘rmasliklari hayratga solardi.
* * *
Bir bolaning hovuchlab suv ichayotganini ko‘rgan Diohen xaltasidan piyolasini oldi-da: «Bola
oddiylik bobida mendan ham o‘zib ketdi», — deb tashlab yubordi.