Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
www.ziyouz.com kutubxonasi
293
Piri mayxona domi izzu alo.
May bila ko‘nglum o‘ldi
uyla masal
Ki, topilmas aning kebi, masalo.
Gar Navoiyg‘a
avval ayladi lutf
Dilbari, so‘ngra zulm ayladilo.
Yo HARFINING YaG‘MOYLARINING YuZ KO‘RGUZMAKLARI «FAVOYID»DIN
575
Ey yuzung ustida ter gulbargi uzra shabname,
Lek har bir qatradin bo‘lub guliston olame.
Qatradin olam guliston bo‘lmag‘i tong yo‘qki, bor
Bahri rahmat orazing bog‘ig‘a tushkan shabname.
Gul nedin yer
tutti el boshida solu mehrdek,
Topmamish bo‘lsa riyozingning shamimidin shame.
Ko‘kka chun eltib malak raxshing g‘uborin topmayin,
Zuhra andoq surmai, Kayvon aningdek parchame.
Yo‘q ajab, otingg‘a gar muhri nubuvvat bo‘lsa xatm
Kim, nubuvvat halqasida yo‘q seningdek xotame.
Sochqay erdi chashmai
xurshiddin hayvon suyi,
Hamdaming bo‘lsa edi Isoi ruhulloh dame.
Chun Navoiy na’ting ayturg‘a tilar bo‘lg‘ay ilm,
Ne ajab gar bo‘lsa bot olimlar ichra a’lame.
576
Chu har dam ul pariy begona bo‘lg‘ay,
Yaqindurkim, kishi devona bo‘lg‘ay.
Shabiston ichra sen ul sham’senkim,
Kavokib davrida parvona bo‘lg‘ay.
Ko‘rub xolingni bildimkim, qurutqon
Shikibim mazra’in bu dona bo‘lg‘ay.
Mayi la’lingdin ulkim, bo‘ldi ranjur,
Anga dorush-shifo mayxona bo‘lg‘ay.
Ne yer bo‘lg‘ay dema ming g‘amg‘a
manzil
Ki, gar bo‘lg‘an bizing vayrona bo‘lg‘ay.
Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
Dostları ilə paylaş: