Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
www.ziyouz.com kutubxonasi
4
Quyosh chiqqach, andoqki itkay nujum
Ko‘runmay, sen o‘lg‘ach ayon, anbiyo.
Urujungda
aynul yaqin ahlining
Ko‘ziga g‘uboring bo‘lib to‘tiyo.
Quyoshning shioi xututin Masih,
To‘quy olmayin hujranga bo‘ryo.
Sening millatingdin chu topib sharaf,
Saodat libosi kiyib ashqiyo.
Qilib toshu tufrog‘ni oltunki, bor
Sening korgohingda bu kimyo.
Sanga ummat o‘lmag‘ni istab rusul,
Vale biz sarafroz o‘lub holiyo.
Kelib
sidqing ollida siddiqlar,
Aningdekki, siddiqu ahli riyo.
Navoiy netar qoba qavsayn, agar
Topa olsa qoshnng kebi ikki yo.
7
Zihi, hiloling o‘lub oy boshig‘a tig‘i balo,
Bir olmasiz ikki yorg‘on senu quyosh masalo.
Tutub sanga chu mayi lutf soqiyi rahmat,
Shafoating urub ikki jahon eliga salo.
Risolating damidin shar’i ko‘zgusiga jilo,
Siyosating o‘tidin kufr rohibig‘a jalo.
Ham ahli ravzag‘a firdavs sensizin chahi vayl,
Ham ahli vayl ishi hajring o‘tida vovaylo.
Xumor dofii bo‘lg‘aymu
soqiyi kavsar,
Bu dayr ichinda mayi ishq ichmaganga to‘lo.
Tilimda zikringu ko‘nglumdadur xayoling, shukr
Ki, bori sensiz emas suhbatim xalou malo.
Navoiy o‘ldi, base, xoru past xas yanglig‘,
Sening yo‘lungda esa, bas, anga bu izzu alo.
Dostları ilə paylaş: