4-mavzu. Anvar Obidjon hayoti va ijodi. Dilshod Rajabov, Abduruhmon Akbar va Kavsar Turdiyevalar ijodida uslubiy izlanishlar Reja



Yüklə 245,2 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix23.05.2023
ölçüsü245,2 Kb.
#120970
4-mavzu



4-mavzu. Anvar Obidjon hayoti va ijodi. Dilshod Rajabov, Abduruhmon 
Akbar va Kavsar Turdiyevalar ijodida uslubiy izlanishlar 
Reja: 
1. Anvar Obidjon hayoti va ijodi 
2. Dilshod Rajabov, Abduruhmon Akbarning bolalar adabiyotidagi o’rni 
3. Kavsar Turdiyeva ijodida uslubiy izlanishlar 
 
Anvar Obidjon (1947) 
Anvar Obidjon Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanining Poloson qishlog‘ida 
1947 yilning 25 yanvarida xizmatchi oilasida tug‘ilgan. 
1964 yilda o‘rta maktabni tugatgach, Samarqand moliya texnikumida, 1969-
1971 yillarda jamoa xo‘jaligida hisobchi, klub mudiri, tuman gazetasi, 
viloyat radiosida turli vazifalarni bajardi, Toshkent Davlat universitetining 
jurnalistika fakultetini sirtdan tamomladi. 1981 yildan boshlab u Toshkentga 
ko‘chib kelib, «Yosh gvardiya» nashriyotida, «Yosh kuch», «Mushtum» 
jurnallarida ishladi.
«Cho‘lpon» nashriyotida bosh muharrir bo‘lib ishlagan. Hozir O‘zbekiston 
televideniesida muharrir bo‘lib xizmat qilmoqda. 
Anvar Obidjon bolalar adabiyotiga dastlab «Ona Yer», «Bahromning 
hikoyalari» to‘plamlari orqali shoir sifatida kirib keldi va mavjud ijodiy 
an’analardan foydalangan holda o‘ziga xos yo‘l tanladi.
«Bulbulning cho‘pchaklari», «G‘alati maktublar», «Kumush uy», 
«Gurungdagi gaplar», «Ajoyibxona», «O‘zimizning ansambl», «Ignalarim 
chiroyli», «Mening kollektsiyam», «Shirin so‘ylar jajjivoylar», 
«Kalamushlar kemasi», «Siz eshitmagan qo‘shiqlar», «Dalalardan 
bolalarga», «Osmondan tushgan sozanda» turkum she’rlari fikrimizga 
dalildir.
Uning «Ona yer» (1974), «Masxaraboz bola» (1980), «Olovjon va uning 
do‘stlari» (1983), «Bahromning hikoyalari» (1984), «Ey, yorug‘ dunyo» 


(1983), «Ketmagil» (1985), «Bezgakshamol» (1985), «Juda qiziq voqea» 
(1987), «Oltin yurakli avtobola» (1988), «Dahshatli Meshpolvon» (1990) 
kabi she’riy, nasriy kitoblari chop etildi. 
Bulardan tashqari, adibning «Qo‘ng‘iroqli yolg‘onchi», «Pahlavonning 
o‘g‘irlanishi» Anvar Obidjon so‘nggi yillarda «Ramazon va Gulmat 
hangomasi» (1992), «Meshpolvonning janglari» (1994), «Alisher ila Husayn 
yoki uch dono va o‘g‘ri» (1996), «To‘tiqush», «Topsang hay-hay...» kabi 
qissa, pyesa va she’r, dostonlarini ham yaratdi.
U«O‘zbekiston xalq shoiri» unvoniga sazovor bo‘lgan (1998). 
ANVAR OBIDJON. ODOBLI BO‘LISH OSONMI? (HIKOYA) 
Mittigina, quvnoqqina, yebto‘ymasgina bir sichqoncha bor ekan. U suyukli 
onajonisi bilan birga qishloqdagi eng baland, eng ko‘rkam uyning eng 
chuqur kavagida yashar ekan. 
Bir kuni onajonisi to‘lpoq Sichqonchaning burniga burnini ishqab 
erkalatibdi-da: “Mana, oyoq paylaring pishib, tiling sayroqlanib, tashqariga 
o‘zing chiqib o‘ynasang o‘ynagudek bo‘lib qolding, endi sal esingni yig‘ib 
ol, odobli bo‘l”, deb nasihat qilibdi. 
– Esim-ku joyida, chunki qaysi ovqat shirinligini yaxshi bilaman, – debdi 
Sichqoncha o‘zini maqtab. – Ammo odobli ko‘rinish uchun nima qilishim 
kerak, oyijonim? 
– Kichkintoylarning odobi, birinchi o‘rinda, qanday salom berishidan 
bilinadi, – deya javob qaytaribdi onajonisi. – O‘zingdan kattaroqlarni 
uchratganda, chiroyli jilmayib: “Assalomu alaykum”, desang, ular ham 
senga ochiq yuz bilan boqib: “Vaalaykum assalom”, deyishadi. Keyin 
ichlarida “nihoyatda odobli bola ekan, ota-onasiga ming rahmat”, deb 
qo‘yishadi. 
Buni eshitib, Sichqonchaning zavqi jo‘shib ketibdi. Qoyilmaqom salom 
berib, birovlardan tezroq rahmat eshitgisi kelibdi-da, shosha-pisha 
tashqariga yo‘l olibdi. 


Kavakdan chiqiboq, unga chaqchayganicha tikilib turgan bo‘g‘irsoqsimon 
Mushukka yo‘liqibdi. Sichqoncha shum baroqqa jilmayib qarab, “Assalomu 
alaykum, Miyovpochcha!” degan ekan, uning ko‘zidagi yovuzlik birdaniga 
so‘nibdi va sal tamshanib qo‘yib: “Vaalaykum asalomuv-v...Umring uzoq 
bo‘lsin. O‘taver”, debdi. 
Birinchi duodan ko‘ngli tog‘dek ko‘tarilgan sichqoncha quvonchdan 
irg‘ishlab-irg‘ishlab borayotib, cho‘qqisoqol qari Echkiga duch kelib 
qolibdi. 
– Assalomu alaykum, Echkivoy buva, – oldingi o‘ng oyog‘ini ko‘ksiga 
bosibdi Sichqoncha. 
- Me-e-alaykum assalom, – deya qiroat bilan alik olibdi echki. – Kam 
bo‘lma, bo‘tam. Otangga rahmat. Agar qorning och bo‘lsa, ke, manavi 
dumbulning chetidan ozgina kemirib ol. 
Sichqonchaning dumbuldan qittak totib ko‘rgisi kelgan bo‘lsa-da, yanayam 
odobli ko‘rinish uchun nafsini tiyib: “Tashakkur, Echkivoy buva, hali ishim 
ko‘p. Kun yorug‘ligida boshqalargayam salom berib chiqishim kerak”, 
debdi. Oppoq soqoli shamolda bayroqchadek hilpirayotgan qari Echki uning 
ortidan havas bilan tikilib qolibdi. Balki, “eh, qaniydi, mening nevaralarim 
ham shunaqa shirintoy chiqib, hammadan duo olib yursa”, deb o‘ylagandir. 
Yoshu keksa o‘rtasida qandaydir tenglik, o‘zaro mehr-oqibat, bir-biriga 
yaxshilik tilash kayfiyatini yuzaga keltiruvchi mo‘‘jizali “salom-alik” 
Sichqonchaning ko‘nglini tobora yashnataveribdi, yangidan-yangi tanishlar 
orttirish, samimiy chehralarni ko‘proq ko‘rish umidida oldinga qarab 
boraveribdi. Makkapoya tugab, uvatdagi o‘tloqqa chiqib kelganida, o‘siq 
sho‘ralar orasida kosasining ichiga bekinvolib uxlayotgan toshbaqaga ko‘zi 
tushibdi. Sichqoncha zarracha ikkilanmay, o‘sha shirali ovozda “assalomu 
alaykum, Toshbaqa tog‘a”, debdi. Toshbaqa esa uyg‘onmabdi. 
Sichqoncha Toshbaqaning boshi qaysi tomondaligini bilolmay, kosaning 
tevaragida uch-to‘rt marta aylani chiqibdi. Oxiri tavakkaliga bir tarafda turib 
olib: “Assalomu alayko‘-o‘-m, Toshbaqa tog‘a! Hoy, sizga salom 


beryapman, tog‘ajon, alik olmayapsiz-ku. Ho‘, Toshbaqa tog‘a, yana bir 
marta assalomalayko‘-o‘-m! Qachon alik olasiz? Yuragim g‘ash 
bo‘pketyapti, tog‘ajon!” – deya xuddi eshikni qoqqandek, Toshbaqaning 
kosasini mushtida taqillatib javrayveribdi. Bir payt Toshbaqa kosaning 
narigi yog‘idan boshini chiqarib, uyqusiragancha vaysab beribdi: 
- Obbo-o, bu dunyoda tinchroq joy qolmabdi shekilli... Hov, kim u hadeb 
orqa tomonimga salom berayotgan? 
Sho‘rlik Sichqoncha xijolat bo‘lib, lip etganicha o‘zini o‘tlarning bag‘riga 
uribdi. Yalanglikka yetib boriboq, zo‘r tomoshaning ustidan chiqib qolibdi. 
Shu hovlida yashovchi maymoq it – o‘zining aytishiga qaraganda, yuzdan 
oshiq “jahon urushlari”da qatnashib, yetmish to‘qqiz joyidan yarador 
bo‘lgan shovvoz To‘rtko‘z qo‘shni Olapar bilan suyak uchun jang olib 
borayotgan ekan. 
Shunday jangovar hayvonga salom bermay o‘tsam, katta odobsizlik bo‘lsa 
kerak, deb xayolidan kechiribdi Sichqoncha va ularga yaqinroq borib, 
yoqimtoy tovushda: “Assalomu alaykum, pahlavon To‘rtko‘z!” – debdi. Itlar 
unga parvo qilmay tishla-tishlani davom ettirishibdi. Sichqoncha ham bo‘sh 
kelmabdi, changga belangan kuyi, ularning tevaragida pizillab, goh u 
yoqdan, goh bu yoqdan baqirib-chaqirib salom beraveribdi: 
– Assalomalaykum! Hey, To‘rtko‘z, assalomalaykum! Bu qanaqasi, quloq 
bormi o‘zi? Hey, assalomalaykum deyapman! Salomga alik qani? Bunaqa 
qilish yaxshimas! Assalomalaykum deb turibman-a! 
Shunda To‘rtko‘z Olaparning yelkasidan tishlab uzoqroqqa otib yuboribdi-
da, to dushmani o‘zini o‘nglab olguncha, orada Sichqonchaga o‘qrayib: 
“Vov alaykum! Ko‘ngling tinchidimi, qutildimmi? Bor, yo‘qol endi!” – deb 
irillabdi, so‘ng qaytadan olishuvga kirishibdi. 
Kutilmagan bunday sovuq muomaladan Sichqoncha dong qotib qolibdi, 
to‘satdan xo‘rligi kelib, yuragi to‘liqib ketibdi. Yum-yum yig‘laganicha 
ortga qaytayotganida, yarim yo‘lda yana qari Echkiga to‘qnash kelibdi. 
Echki bu yig‘i-sig‘ining sababini surishtirgan ekan, Sichqoncha, hiqillab-


hiqillab, Toshbaqa va To‘rtko‘z bilan bo‘lgan voqealarni oqizmay-tomizmay 
aytib beribdi. 
Sichqonchaning arzini tinglab bo‘lgach, Echki shunday debdi: 
– Xafa bo‘lma, bo‘tam. Keyingi safar qulayroq vaqtda uchrashib qolsang, 
ular salomingga albatta alik olishadi, sendan xursand bo‘lishadi, maqtashadi. 
O‘zgalarga birinchi bo‘lib salom berish juda xosiyatli ish. Ammo, 
salomlashish shart bo‘lmagan holatlar ham uchrab turadi. Ota-onang 
yumushlardan bo‘shab, xotirjamroq turgan chog‘da shu to‘g‘rida seki-i-n 
gap ochsang, tushuntirib berishadi. 
Ko‘pni ko‘rgan Echkining bu gapini eshitib, Sichqonchaning ko‘ngli xiyol 
taskin topibdi. Iniga qaytarkan: “O‘zgalarga salom berish shart bo‘lmagan 
paytlar ham bo‘lar ekan-da? Ular qanday holatlar o‘zi?” – deb o‘ylay 
boshlabdi, bularni onajonisidan so‘rab bilib olishni dil-diliga tugib qo‘yibdi. 
1996 yil 
DILSHOD RAJAB (1964) 
http://ziyouz.com/rasmlar/poets/dilshod_rajab.jpgO‘zbek bolalar 
she’riyatining iste’dodli yoshlaridan biri Dilshod Rajab (Rajabov) 1964-yil 
Buxoro viloyati Shofirkon tumani Denov qishlog‘ida ziyoli oilada tug‘ildi. 
1982-yil 4-o‘rta maktabni oltin medal bilan bitirib, Nizomiy nomidagi 
Toshkent davlat pedagogika universitetining filologiya fakultetiga o‘qishga 
kirgan. 
Dilshod Rajabning ilk she’ri 5- sinfda o‘qigan kezlari „Gulxan“ jurnalida 
chiqqan. Ayni paytgacha uning „Qorqiz sovg‘a keltirdi“ (1990), 
„Hazilkashlar davrasida“ (1991), „Otamning bog‘i“ (1996), „Daryo ko‘ngil“ 
(1997), „Jilvon o‘g‘loni“ (2001), „Alifbo“ (2001), „Sanoq“ (2002) 
to‘plamlari chop etilgan. 


Dilshod Rajab badiiy ijodni ilm bilan birga olib borib, o‘tgan asrning 80-
yillarida o‘zbek bolalar she’riyatida poetik mahorat masalasidan nomzodlik 
ishini yoqlagan. 
Dilshod Rajab O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, filologiya fanlari 
nomzodi.
OSHQOVOQNING SHIKOYATI 
O‘ylamasdan bir gapni 
Aytaverar Mirsaid, 
Men bekorga pushtada 
Yotmayman-ku ishshayib, 
Xo‘p mazali qilaman 
Odamlaming oshini, 
Nega menga o‘xshatar 
Norbo‘taning boshini. 
QISHKI YURISH 
Nima bizga qish-chilla, 
Chiniqqanmiz poiatday. 
Izgirin qilichiga 
Qalqon bizning ko‘kraklar. 
Yoi olamiz maktabga 
Ayozdan qo‘rqmay, olg‘a! 
Gijirlaydi g‘azabdan 
Qishning tishi — oq qorlar. 


QARASH 
Kungaboqar chindanam 
Menga juda yoqadi. 
U doim yomgiikka, 
Yuksaklikka boqadi. 
Lekin hamma ham unga 
Shu ko‘z bilan qaramas. 
Ba’zilar bor hayotda 
Fikri-zikri qorin, nafs. 
Farqi yo‘qdir ularga 
Qay tomonga boqishi. 
Ular uchun muhimi 
Pistasini chaqishi. 
TANDIRGA HAZIL 
Sen borki, non — hayot bor, 
Jon tandirjon, oima san. 
Lekin, lekin bunchalar 
Og‘zi ochiq boimasang. 
Kuyib-pishib qolasan, 
Qiynab shirin joningni, 
Uzib olib ketarlar, 
Og‘zingdagi noningni. 
QO‘YNING SHIKOYATI 


Echkivoy bilan yashash— 
Rosti, tegdi jonimga. 
Bigizday shoxlarini 
Niqtab turar qornimga. 
Yem-hashakning yaxshisin— 
Tanlab, avval u yeydi. 
Bir gap desam, shoxlarin— 
O‘qtalib, „jim boi“, deydi. 
Ne ham derdim, ko‘naman, 
Buncha zolim boimasa?! 
Qiyin ekan yashamoq— 
Boshda shoxing boimasa! 
PIYOLANING HAZILI 
Choynak, do‘stim, ne uchun 
Burning doim osmonda? 
Haa, bilaman, og‘zingga 
Quyib turar Qumg‘onlar. 
Lekin menga kerilma, 
Jilmasdan shu o‘rnimdan 
Ichganingni barini 
Tortvolaman bumingdan. 
ABDURAHMON AKBAR (1962-2015) 
Abdurahmon Akbar Toshkent yaqinidagi Niyozbosh qishlog’ida 1962-
yilning 22-aprelida tavallud topgan. 


1986-yildan yangi tashkil etilgan „Yulduzcha“ (bugungi Cho’lpon nomidagi 
nashriyot-matbaa ijodiy uyi)da ish boshladi va shu dargohda muharrir 
vazifasida ishlab kelgan.
Chop etilgan kitoblari: „Kichkintoy va paxtaoy“ (M. Qodirov bilan 
birgalikda, 1987), „So‘zlovchi yomg‘ir“ (I. Donish, D. Shokirovlar bilan 
birgalikda, 1990), „Ehtiyotkor toshbaqa“ (1991), „Yozning tug‘ilgan kuni“ 
(1992), „Kuylayotgan bog‘“ (1994), „O‘yinqaroq bulutcha“ (1996), 
„O‘rdakcham“, „Jonli savatcha“ (2005), „Uyquchining tushlari“ (2006). 
SO‘ROV 
Yaproqlarning boshin silading, 
Daraxtlarga o‘rgatding o‘yin. 
Bulutlami „yum-yum“ yig‘latding, 
Buzib qo‘yib nogahon „to‘yin“, 
Shamol, bitta yuzingni ko‘rsat. 
Goh uvlaysan, goh chiyillaysan, 
Seni kimdir quvlarmi bu payt? 
Kayfiyating bilmay hayronman, 
Xursandmisan, xafamisan, ayt, 
Shamol, bitta yuzingni ko‘rsat. 
Yelayapsan, jivirlar buloq, 
Kelayapsan, shivirlar yaproq, 
Nima bo‘lar o‘zing ko‘rsatsang, 
Nahot yuzing shuncha badqovoq? 
Shamol, bitta yuzingni ko‘rsat. 
Bir qarasam, yo‘qqa o‘xshaysan, 
Bir qarasam, o‘xshaysan borga. 
Tanib qo‘yay seni ham axir, 


Bir bor xo‘p de, men qilgan zorga, 
Shamol, bitta yuzingni ko‘rsat! 
KITOBNI KO‘P O‘QIYDIGAN UKAM 
Kitobni ko‘p o‘qiydigan ukam 
Nimagadir juda ham kamgap. 
Kitobni ko‘p o‘qiydigan ukam 
She’rlar yozar onamga atab. 
Kitobni ko‘p o‘qiydigan ukam 
O‘yga tolar ba’zida uzun 
Va shivirlar: — Hali kelmabdi 
Suvlar suvga o‘xshaydigan kun. 
Kitobni ko‘p o‘qiydigan ukam 
Bir kun menga shundayin dedi: 
—Oq mo‘ynali qalpog‘ingiz ham 
Quyon edi, joni bor edi. 
— Bunaqangi jumboq gaplarni 
Qaydan o‘ylab topasan? — desam, 
Bosh chayqar-da, „uf“ tortib qo‘yar, 
Kitobni ko‘p o‘qiydigan ukam. 
YOMG‘IR 
Tunlari kuladigan 
Gullar ekan yulduzlar. 
Ko‘zga ko‘rinmas ekan 
Shu boisdan kunduzlar. 


Oftob bilan Oymoma 
Ota-yu ona ekan. 
Bolalarin boshida 
Doim parvona ekan. 
Bolalari kim dersiz 
Kun va Oyni sizlar ham. 
Menga ishonavering, 
Ular Bulutlar desam. 
Bulutlar ham bizlardek 
O‘ynar, uxlar, tush ko‘rar. 
Dengiz-u ummonlarda 
Cho‘milmoqni xush ko‘rar. 
Bas, suvdan chiqing, deya 
Koyimasa ham hech kim, 
Yuvar yuz-qo‘llarini 
Ular goh chala-yarim. 
Bundan ranjib Oftobjon 
Egniga peshband tutar. 
Farzandlarin bir joyga 
To‘planishlarin kutar. 
Bulutvoylar g‘o‘ldirab, 
Yo‘talishsa ham „quv-quv“, 
Ularning ust-boshidan 
Quyosh quyar tinmay suv. 
Ko‘ngli to‘lsa-ku xo‘p-xo‘p, 
Yo‘qsa: quyar tunda Oy. 
Natijada tevarak 
Bo‘lib ketar ho‘l va loy... 
Uydan chiqmay shu kezlar 
Derazadan bo‘ylaymiz. 


Eng qizig‘i, bu suvni 
Biz yomg‘ir deb o‘ylaymiz. 
SHOIR DADAM HAQIDA SHE’RIY HIKOYALAR 
1. DADAMNING QALBI 
Armon uyasimish dadamning qalbi. Dadamning qalbida 
kularmish sevinch. Dadamning qalbida ummon bor emish. 
Bor emish dadamning qalbida ilinj. Yozgan uch-to‘rt she’ri 
dadam qalbining topgan quvonchi-yu, ozori emish. 
Dadamning yuragi dunyo ko‘rmagan sonsiz fikrlarning 
mozori emish... 
2. DADAMNING FIKRI 
Bazmga borsa bas, dadam har safar, uyga qaytar minib 
jahl otiga: — Onasi, ko‘nglingga olma-yu ba’zan, hech 
qoyil qolmayman ayol zotiga. To‘yni xo‘p qizdirdi bugun 
ham biri, ajratolmay qoldim men mastmi, u mast. Qiliqlari 
degin biram beo‘xshov, o‘ynab o‘ynamaydi, sakrab 
sakramas. Yoshi ham o‘n beshda bo‘lsa keragov. Qayerdan 
bildingiz deysanmi buni? Uchrashuv o‘tkazgan qay bir 
maktabda ko‘rgandek boiuvdim qaysi bir kuni. Bunaqa 
xonaki „san’atkor“larda imon doim qahat, andisha qahat. 
Ularning ko‘ziga boqib o‘qiyman azaldan birgina „pul“ 
so‘zin faqat. Yozib bolarkanmi ko‘zlarga yozuv? Dadam 
zo‘r lofchi-da, degan bir o‘yda, „Lazgi“ga eshilib raqs 
tushayotgan ikki o‘yinchini kuzatdim to‘yda. O‘yinin 


kuzatdim orqa, oldidan, uzoqdan, yaqindan, xullasi, rosa. 
Ko‘zlariga tikib sinchkov ko‘zlarim, nihoyat, chiqardim 
shunday xulosa. „Pul“ dcgan yozuvni o‘qimasam-da, biroz 
to‘g‘ri chiqdi dadamning so‘zi. Odamga g‘alati qararkan ular, 
boshqacha kularkan ularning ko‘zi... 
3. ARI 
Devor buzdik dadam ikkimiz. Necha fasl yog‘ib yomg‘ir, 
qor, necha daf a qolib qarovsiz, nurab, cho‘kib qolgandi devor. 
O‘sha, devor buzgan kunimiz havo salqin, g‘oyat tund edi, 
Ustki paxsa qulagach, dadam:— O‘g‘lim, qara, arilar, — 
dedi. So‘nayotgan gulxan cho‘g‘larin sochgandayin shamol 
har tomon, ini shikast topgan arilar uchishardi vizillab nolon. 
— Ehtiyot boi! — dedi-yu dadam, uyga chopdi to‘xtatib 
ishin. Ammo sanchib ulgurgan edi tirsagimga bir ari nishin. 
Ko‘kda qovoq uygan bulutlar shu payt sovuq tomchi 
tashlashdi. Nazarimda uysiz arilar xuddi mendek „yigiay 
boshlashdi“. Goh devomi, goh inlarini timirskilab (ehtimol 
quchib), alamzada arilar oxir qaylaigadir ketdilar uchib... 
Oson kechdi keyin ishimiz. Og‘riqni ham unutdim tamom. 
Jazosini olgan aridek, „taslim“ bo‘ldi devor batamom. Ish 
tugarkan kamzulin yechib, taskin bergan bo‘ldilar dadam: 
— Talanganman sendekligimda bundan katta arilarga ham. 
Dadam yana allanelar deb, surar ekan inni nariga, meni 
jonim og‘riy boshladi qoiim chaqib oigan ariga... 
4. SUPACHA 
Azim tuti bo‘lgan bu uyning ko‘chaga qaragan betida, 


odamlar-la doim serqatnov yoiakchaning shundoq chetida, 
bo‘lar ekan mo‘jaz supacha. Unga sholcha, ko‘rpacha solib, 
ammajonim oiirarkanlar salomlarga aliklar olib. Cho‘kka- 
larkan dadam ham ba’zan, (ko‘proq ishdan uyga qaytgan 
dam) —/Bollaringning og‘zi tegsin, — deb, tut tutarkan 
so‘rashib ammam. Hayot hayot ekan-da qarang, ammamiz 
ham fursati yetib, oiibdilar yorug‘ dunyodan urugiarin 
dilin yosh etib. Uchida ham, yettisida ham, qirqida ham, 
hatto yilida, supachaga o‘tirib dadam duolar o‘qibdi dilida. 
Qaysi bir kun razm solsalar devor yoni emish tep-tekis. 
Odamlar ham sezmasmish ajab — supachadan qolmagan- 
mish iz. Bir necha kun faromush bo‘lib, joy topolmay 
qo‘yarga o‘zin, tillaridan qo‘ymadi dadam „fosiq“ so‘zin, „supacha“ so‘zin. 
Fosiqlik ham asli g‘am ekan. Tashrifi tez ekan bu 
g‘amning. O‘z bolasi buzib tashlabdi supachasin Oygul 
ammamning. 
5. DADAMNING HAZILI 
Mehmon kelib qolishin ta’kidlab dadam, jo‘nab ketdi 
ishiga shoshib subhidam. Birozdan so‘ng onam ham 
tushdilar yo‘lga: — U-bu narsa olarman, ilinsa qo‘lga. Bamo 
dedi peshbandin egniga tutib: — Bu ahvolda mehmonni 
boimaydi kutib. Hovliga bir qaranglar, uyga bir qarang. 
Alg‘ov-dalg‘ov hammayoq, hammayoq kir, chang. 
Yulduzxon, sen ayvonni polin artib chiq. Obdastaga 
suv toidir, hozirla sochiq. O‘tinlardan qalab qo‘y, tandirga, 
Omon. Xamir oshsa, yopamiz hademayin non. Qo‘ylaring- 
ga, Bahodir, qarab tur, qarab. Uyaltirib qo‘ymasin basma- 
bas ma’rab... 


Xullas, uyga qaytguncha onam va dadam, yumushlami 
bitkazib, bo‘ldik xotirjam. Bu orada o‘n quloch yerni ham 
chopdik. Oshxonani oqlashga fursat, vaqt topdik. Katta uyga 
yozdik so‘ng katta dasturxon. Biroq kelavermadi biz kutgan 
mehmon. Hayron edikbu holga, topolmasdik so‘z. Quvontira 
olmasdi dasturxon ham ko‘z. Uyga boshlab kiraman 
mehmonni shodon, deya chiqdi ko‘chaga ikki bor Omon. 
Qah-qah otib, kulvorib dadamlar nogoh, hamma „sir“dan 
bizlarni etdilar ogoh: 
— Bilgim keldi judayam qodirsiz nega. Qolmas ekan 
sevindim, uyim beega. Yolg‘onimni sirayam olmanglar 
ogir. Rahmat, Yulduz — oy qizim, rahmat, Bahodir. Qani, 
oshga qaranglar, oiirmanglar jim. Bugun „mehmon“ 
o‘zimman, BOLAJONLARIM. 
Kavsar Turdiyeva 
Bolalar shoirasi Kavsar Turdiyeva 1958-yil 6-avgustda Toshkent shahrida 
ziyoli oilasida tug‘ildi. 
1975-yili Chilonzor tumanidagi 201-maktabni oltin medal bilan tugatdi va 
ToshDU (Hozirgi O‘zbekiston Milliy universiteti)ning jurnalistika 
fakultetiga o‘qishga kirdi. So‘ng Leningrad (Hozirgi Sankt-Peterburg) davlat 
universitetida o‘qishni davom ettirdi (1981). 
Kavsar Turdiyeva O‘zbekiston fanlar akademiyasi Alisher Navoiy nomidagi 
til va adabiyot instituti aspiranturasida tahsil oldi. Toshkent Davlat 
pediatriya tibbiyot institutida o‘qituvchi bo‘lib ishladi. Hozir shu institutda 
kafedra mudiri lavozimida xizmat qiladi. K. Turdiyeva yoshligidan bolalar 
adabiyotiga qiziqdi. Ilk she’ri o‘quvchilik yillari “Tong yulduzi” gazetasida 


bosildi. Birinchi kitobi “Varrak” 1983-yili nashr etildi. Shundan so‘ng 
“O‘ynayapman, o‘ylayapman” (1987), “Qush bo‘lib uchgan ona” (1994), 
“Raqamlar bo‘ylab sayohat” (2002) kitoblari bosmadan chiqdi. 
Bolalar dramaturgi sifatida “Toshkesaklar mamlakatida” degan sahna asarini 
yaratdi. U Samarqand qo‘g‘irchoq teatri tomonidan sahnalashtirilib, 
qo‘g‘irchoq teatrlar festivalida 1-o‘rinni oldi. 
“Botu nidosi” (2004), “Mitti qo‘g‘irchoqboz” (2007), “Quvnoq alifbo 
olamiga sayohat” (2008), “Sog‘inchlar sochilgan bekatda” (2011), “Dunyoni 
saqlang, bolalar” (2012) kabi she’riy to‘plamlari o‘quvchilar qo‘liga yetib 
bordi. 
Kavsar Turdiyeva ssenariychi sifatida faol ishlamoqda. Chunonchi, 
“Zumrasha” (1997–2001) kinojurnalida uning ssenariylari asosida o‘nga 
yaqin lavhalar suratga olingan. U uch yuzdan ortiq qo‘shiqlar muallifi, 
o‘zbek va rus tillarida ijod qiladi. K. Chukovskiy, S. Marshak, L. Barbas, R. 
Farhodiy she’rlarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan. 
2009-yilda adabiyot yo‘nalishi bo‘yicha “Eng ulug‘, eng aziz” tanlovining 
g‘olibi bo‘ldi. 2010-yil yakunlari bo‘yicha “Bolalarning sevimli shoirasi” 
nominatsiyasini qo‘lga kiritdi. 
VATAN IQBOL KUTAR 

G‘ayrat bo‘lib, shiddat bo‘lib, 
Asov hayot toshar. 
Daryo bo‘lib, ziyo bo‘lib, 


Shoshil togiar osha. 
Jumboqlarga javob bo‘lib, 
Moziy hikmat aytar. 
Hikmat bo‘lib, qudrat bo‘lib, 
Uni sen ham qaytar. 
Naqarot: 
Menda, senda, bizda, 
Har bir o‘g‘il-qizda. 
Yagonadir Vatan, 
Asra uni har dam. 
Mendan, sizdan, bizdan, 
Barcha o‘g‘il-qizdan 
Vatan iqbol kutar, 
Bizga imkon tutar. 
II 
G‘uncha bo‘lib, kuchga toiib, 
O‘ynab, kulib yashna. 
Bilim sari, ilm sari, 
Intil bo‘lib tashna. 
Yurtning shonin, porloq nomin, 
Tug‘dek baland ilgin. 
Jahon bilsin, havas qilsin, 
Sen ham shuni bilgin. 
(N a q a r o t) 
III 
Yillar ichra, yoilar ichra, 


G‘animatdir hayot. 
Ozod yurtni, obod yurtni, 
Bizdan olsin avlod. 
Ajdodlaming porloq ruhi 
Najot so‘zin aytar, 
Nidolarin, sadolarin 
Yo‘riq qilib aytar. 
(Naqarot) 
USTOZLAR 
Sizgadir yo‘ldoshlar, 
Ezgulik, bardoshlar. 
Izingiz olqishlar e’zozlar, 
Daftarlar qatida, 
Mehrlar yodida, 
Nur bo‘lib yashaysiz, ustozlar. 
Siz bergan odobdan, 
Go‘yoki oftobdan, 
Bahorga aylanar ayozlar. 
Har sinf xonada, 
Mehribon onaday, 
Bizlarni qarshilar ustozlar. 
Ko‘tarib qaddimiz, 
Yozdirib xatimiz, 
Qoralab ko‘p daftar, qog‘ozlar, 
Deb, mitti daholar, 
Bizlami baholar, 
Har fursat baholar ustozlar. 


Ulg‘ayar nihollar, 
Yechilar savollar, 
Sevinchlar topadi qiyoslar
O‘tsa ham arazlar, 
Sizda yo‘q g‘arazlar. 
Sizda ko‘p havaslar, ustozlar. 
Fan degan o‘lkaga, 
Bilimni yelkaga, 
Siz ortgach, qilamiz parvozlar, 
Har kichik sarhadda, 
Quvonib albatta, 
Bizlarga qaraysiz, ustozlar. 
Bu kunlar tush bo‘lib, 
Uchirma qush bo‘lib, 
Sog‘inchdan titrasa ovozlar, 
Mehrlar yo‘lkasi, 
Ma’rifat o‘lkasi 
Sizlami eslatar, ustozlar. 
MENDAN AZIZ SHIPPAK 
Suvga tushib shippagim 
Suzib ketdi birpasda. 
Topmay uning daragin, 
Bosh egib qaytdim asta. 
Bo‘ldi rosa to‘polon, 
Qiynalib ketdim yomon. 
Akam olib xipchinni, 
Qo‘rqitib ham qo‘ydilar. 


Dadam hech bir gapirmay, 
Qovoqlarin uydilar. 
Opam esa dedilar: 
„Noinsofga bir qarang — 
Xayf senga yangi kiyim, 
Yuraver oyoqyalang“. 
Hatto mehribon onam, 
Shippagingni top, dedi. 
Uni topmaguningcha, 
Ket, eshikni yop, dedi. 
Uydagilar mehri ham, 
Chiqqandayin chippakka. 
Juda keldi havasim, 
Mendan aziz shippakka. 
BO‘LING HARFGA HURMATDA 
Alifbeda nechta harf, 
O‘yla, aqling qilib sarf! 
Go‘yo ko‘z-u burni bor, 
Har bir harfning o‘rni bor. 
Har bir harf buyuk erur, 
Har biri juda zarur. 
Adashtirmagin zinhor, 
Savod senga bo‘lsin yor. 
Bir harf o‘zgarsa agar, 
„Ko‘r“ to‘satdan bo‘lar „kar“. 
Adashtirsang „i“ni bir, 
„Kar“ bo‘lib qoladi „kir“. 


„B“ harfsiz gavjum „bozor“, 
Keltirar dilga „ozor“. 
Yugurgan chopqir „jayron“, 
Bir harf deb bo‘lar „vayron“. 
Hatto sog‘lom, kuchli „fil“, 
Harf o‘zgarsa bo‘lar „sil“. 
„Pul“ aylanadi „kul“ga, 
„Tol“ aylanadi „tul“ga. 
Hattoki shirin „bola“, 
„B“ harfsiz bo‘lar „ola“. 
Shunday holga bo‘ldim duch, 
Bitta harfdan hatto „kuch“, 
O‘zgardi-yu, bo‘ldi „puch“, 
„P“ qochdi-yu, qoldi „uch“. 
Qish yozdi bir so‘zni „muz“, 
Bahor to‘g‘riladi „buz“. 
Qish yana yozdi „ayoz“, 
„A“siz „ayoz“ issiq „yoz“. 
Har bir harf shunaqa „zo‘r“, 
Ishonmasang sinab ko‘r. 
Degin: sho‘rva buncha „zo‘r“, 
Bir harf bilan udir „sho‘r“, 
Harfi o‘zgarsa biroq, 
„Qovoq“ ham chinni „tcvoq“. 
Bir harf deb butun „qishloq“, 
Bo‘lib qoladi „pishloq“. 
„Kun“ aylanadi „tun“ga, 
Ishonmaysanmi bunga? 
Axir bo‘lar „torga os“, 
„D“ o‘zgarsa „dorga os“. 


Neni osamiz torga, 
Kimni osamiz dorga? 
„D“ harfi aytar shartta, 
— Savodsizni, albatta! 
Osmasak ham yozamiz, 
Kitob qilib bosamiz. 
Yalinmasin ham hatto, 
Boshqa qilmasin xato. 
Shunday ekan, azizlar, 
Savodli bo‘ling sizlar! 
Va boiinglar, albatta, 
Har bir harfga hurmatda. 

Yüklə 245,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin