Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
www.ziyouz.com kutubxonasi
8
Bu vajh ilaki, temurdin bo‘lur hisor manga,
Ne bilsun ul kishikim, chekmamish firoq tunki
Ki, ne sifat kechadur tiyra ro‘zgor manga.
Qochib adamg‘a
boray aqlu fahmu donishdin,
Vatan borinda bu yot el aro ne bor manga.
Buyurmag‘il yana sabr, ey tabib, tengri uchun
Ki, ushbu sharbat emas emdi sozvor manga.
Navoiydek qadidin qilsam o‘lgali ohang,
Biyik maqom topibon yasang mazor manga.
14
Chog‘irg‘a tushkali yo‘qtur qaroru xob manga,
Chu o‘tqa tushtum, emas ayb iztirob manga.
Hamisha mastu
xarob ul sifat yururmenkim,
Ko‘rub tahayyur etar olami xarob manga.
Boqib tabassum etar piri dayru mug‘bacha ham,
Bu dayr aro kular alqissa shayxu shob manga.
Chu mast edim, manga ta’sir qilmadi, garchi
Malul bo‘ldilar etmakdin ehtisob manga.
Duoi subh bila boda tarkin istarmen,
Tilar sabuh xumor aylabon, azob manga.
Nechaki maykada ichra ayog‘yalang,
yaqo chok,
Icharga durdi qadah har taraf shitob manga.
Ichursa jomi hidoyat, navo tuzub jome,
Navoiy, anda magar bo‘lg‘ay ijtinob manga.
15
Ul oy kularga erur, yuz ajab,
tarona manga,
Borisi qoshida maks etkali bahona manga.
O‘qi yaralarini ko‘ksum ichra asrarmen
Ki, har biri erur ul sho‘xdin nishona manga.
Zabonalar yaralardinki chiqti, holimni
Demakka hol tili bo‘ldi har zabona manga.
Bir oh o‘ti bila ishq ahlin uyla kuydurayin
Ki, qolmag‘ay kishi ishqi shariki yona manga.
Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
Dostları ilə paylaş: